Kiyevdagi yog‘och barrikadalar, ishdan chiqarilgan rus harbiy texnikasi, alanga ichidagi Xarkov —urushning 29-kunidan fotoreportaj
Ukrainada urush boshlanganiga bir oy to‘ldi. Xarkov o‘qqa tutilmoqda: bosqinning birinchi kunidan boshlab shahar mudofaa holatida. Ukraina harbiylari Berdyansk portiga harbiy texnika yetkazib bergan rus “Orsk” desant kemasi cho‘kib ketgani haqida xabar berdi. Kiyev ko‘chalarida barrikadalar. Urush boshlanganidan beri Kiyevda 75 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, deydi poytaxt meri Vladimir Klichko. Meduza 24-mart kuni urush zonasidan olingan fotosuratlarni jamladi.
Urush paytida bomba boshpanasiga aylangan Xarkov metrosidagi odamlarFoto: AP Photo
Kiyevdagi nazorat-o‘tkazish punktida turgan ukrainalik harbiylarFoto: AP Photo
Kiyevdagi yog‘och barrikadalarFoto: EPA
Ukraina harbiy xizmatchilari raketa parchasini ko‘tarib ketmoqda. Ularning ortida vayron qilingan bino. KiyevFoto: AFP
Ukrainalik askar Xarkovda halokatga uchragan rus bronetransportyorini ko‘zdan kechirmoqdaFoto: AP Photo
Front chizig‘ida durbin bilan turgan ukrainalik askar, Kiyev viloyatiFoto: Reuters
Berdyansk portidagi yong‘indan tutun chiqmoqda. Ukraina harbiy-dengiz kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda Rossiya Qora dengiz flotining yirik desant kemasi yo‘q qilinganFoto: Reuters
Yon tomoniga “Z” harfi — Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi” ramzi tushirilgan zirhli transportyordagi askarlar, MariupolFoto: Reuters
Mariupolda Ukrainaning “Azov” bataloni askarlari tomonidan qurilgan avtobus barrikadalariFoto: Sopa Images
Vayron bo‘lgan uydan narsalarini olib chiqayotgan erkak. JitomirFoto: AFP
Yarador ukrainalik askar gospitalga olib kirilmoqda, KiyevFoto: Getty Images
Rus armiyasi tomonidan vayron qilingan uy xarobalari orasida yurgan erkak, XarkovFoto: AP Photo
Yonayotgan uylarning alangasidan yorishib ketgan Xarkov osmoniFoto: AFP
Izoh (0)