Osiyo mintaqasida futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashi doirasida o‘yinda Yaponiya terma jamoasi 24-mart, payshanba kuni Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Kaoru Mitoma dubl qayd etdi.
Shu tariqa Yaponiya B guruhida ochkolari sonini 21 taga yetkazdi va mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Avstraliya esa 15 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Avstraliyaning mag‘lubiyatidan so‘ng Saudiya Arabistoni 19 ochko bilan Jahon Chempionatiga yo‘l olgan Osiyoning 4-mamlakatiga aylandi.
Avvalroq, Janubiy Koreya va Eron JCh—2022 yo‘llanmasini muddatidan avval hal qilgandi.
JCh—2022 saralashi, OFK
9-tur bahslari
24-mart, payshanba
Avstraliya — Yaponiya 0:2
Gollar: 0:1 — 89 Mitoma, 0:2 — 90+4 MitomaAvstraliya: Rayan, King, Degenek, Seynsberi, Grant, Mabil (Tilio, 69), Metkalf (Jeggo, 46), Stensness (Folami, 90), Boyl (Maklaren, 84), D’yuk (Fornaroli, 68), Hrustich
Yaponiya: Gonda, Nagatomo (Nakayama, 64), Yoshida, Itakura, Yamane, Minamino (Mitoma, 84), Endo, Morita, Tanaka (Haraguchi, 84), Ito, Asano (Ueda, 64).
Ogohlantirishlar: Nagotomo (10), Metkalf (15), Stensness (54).
Izoh (0)