AQSH sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda CNN xabar bergan.
Madlen Olbrayt 1997–2001-yillarda Bill Klinton prezidentlik davrida AQSH davlat kotibi lavozimida faoliyat olib borgan.
AQSH davlat departamentida ishlashidan ilgari Olbrayt mamlakatning BMTdagi doimiy vakili sifatida faoliyat yuritgan.
Ayol tashqi siyosatda NATOning kengayishini taklif etgan, alyansning genotsid va millatchilik qirg‘inlarini to‘xtatish uchun Bolqondagi urushga aralashuvi zarurligini ta’kidlagan, shuningdek butun dunyoda yadro quroli tarqalishini kamaytirish yuzasidan mulohazalar bildirgan.
Avval 2021-yil oktabr oyida AQSH sobiq davlat kotibi Kolin Pauell vafoti, shuningdek 2022-yil boshida Yevropa rahbari David Sassoli vafot etgani haqida xabarlar berilgan.
Izoh (0)