Polsha 40 dan ortiq rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi. Bu haqda manbalarga tayanib, Onet portali yozmoqda.
Diplomatlar “Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyatlari” tufayli chiqarib yuboriladi. Polsha razvedka xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, ular josuslik bilan shug‘ullangan.
Polsha ichki xavfsizlik agentligining rasmiy vakili agentlik mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga 45 kishini chiqarib yuborish talabi bilan murojaat qilganini tasdiqlagan.
Rossiya elchisi Sergey Andreyev Polsha tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning Polshadagi diplomatik vakolatxonasida jami 50 dan ortiq diplomat ishlaydi.
Izoh (0)