Angliya Kubogi yarim final juftliklari aniqlandi.
Unga ko‘ra, musobaqaning 1/2 final bosqichida “Manchester Siti” “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi.
“Liverpul” bundan oldingi bosqichda “Nottingem Forest”dan ustun kelgandi (1:0), “shaharliklar” esa 1/4 finalda “Sauthempton”ni mag‘lub etgan (4:1).
Boshqa yarim finalda “Midlsbro”ni mehmonda 2:0 hisobida mag‘lub etgan “Chelsi” “Everton” (4:0) to‘sig‘idan o‘tgan “Kristal Pelas” qarshi maydonga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, yarim final bahslari 16-aprel sanasiga belgilangan. Musobaqaning amaldagi g‘olibi “Lester”dir.
Izoh (0)