Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 30-turida “Roma” 20-mart, yakshanba kuni “Latsio”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq Temmi Abraham “bo‘rilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 22-daqiqada angliyalik hujumchi dublni rasmiylashtirdi.
Bo‘lim yakunlanishi arafasida Lorenso Pellegrini jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ikkinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi.
O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov bu o‘yinda zaxirada qoldi.
“Roma” ushbu g‘alaba evaziga ochkolarini 51 taga yetkazib, “Latsio”ni (49) ortda qoldirgan holda beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.
A Seriya musobaqa jadvali, o‘yinlar taqvimi va to‘purarlar ro‘yxati shu yerda — ko‘rish.
A Seriya
30-tur bahslari
20-mart, yakshanba
“Roma” — “Latsio” 3:0
Gollar: 1:0 – 1 Abraham, 2:0 – 22 Abraham, 3:0 – 40 Pellegrini.“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Zalevski (Vinya, 74), Mxitaryan, Serjiu Oliveyra (Veretu, 81), Kristante, Pellegrini (Bove, 87), Abraham.
“Latsio”: Strakosha, Marushich, Acherbi, Luis Felipe, Hyusay (Ladzari, 52), Leyva (Kataldi, 65), Luis Alberto, Milinkovich-Savich, Pedro, Immobile, Felipe Anderson (Romero, 65).
Ogohlantirishlar: Pedro (43), Gabarron (43), Karsdorp (48), Manchini (53), Leyva (61), Zalevski (73), Serjiu Oliveyra (78).
Izoh (0)