• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moliya

    O‘zbekistonda dollar kursiga nima bo‘lyapti?

    Avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi keskin ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi. 2020-yil aprel oyidan beri birinchi marta dollar kursi bir kunda 100 so‘mdan ko‘proq oshdi. Banklar dollarni 11 385 so‘mdan sotishni boshladi. 

    Yil boshidan buyon so‘m 4,5 foizga qadrsizlangan. Bu sezilarli ko‘rsatkich — 2021-yilda jami 3,4 foiz bo‘lgan edi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekistonda dollar kursini kim va qanday belgilaydi?

    1997-yildan 2017-yillargacha O‘zbekistonda rasmiy valyuta kursi sun’iy belgilanar edi – bu importni subsidiyalashda eksport tarmoqlariga (asosan paxta va oltin) soliq solish uchun amalga oshirilardi.

    Bunga parallel ravishda “bozor kursi” mavjud edi. Mazkur kurs asl holatni aks ettirgan va shu sababli rasmiy kursdan ikki baravar ko‘p bo‘lgan.

    2017-yilning kuzidan beri rasmiy kurs ham bozor asosida belgilana boshlandi. O‘shandan beri O‘zbekistonda dollar kursi talab va taklif hajmiga, shuningdek, jahondagi, xususan, asosiy savdo hamkorlardagi (Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston) vaziyatga bog‘liq.  

    Talab

    Valyutaga talab — bu kompaniyalar va aholiga kerakli bo‘lgan dollar miqdori. Kompaniyalar asosan O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan texnologiyalar va mahsulotlar importi uchun dollar sotib oladi:

     

    Jadval: Markaziy bank

    Jadval: Markaziy bank

    Aholi esa odatda pul jamg‘arib qo‘yish, yirik xaridlarni (masalan, uylar ko‘pincha dollarda sotiladi) amalga oshirish uchun valyuta sotib oladi.  Avvalgi yillarda talab qanday shakllangan edi:

    Taklif

    Valyutaning taklifi bu kompaniyalar, aholi, banklar, Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qancha dollar sotganidir:

     

    Jadval: Markaziy bank

    Jadval: Markaziy bank

    Bozorning muhim qismi — mehnat migrantlari tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro o‘tkazmalar. Ular O‘zbekistondagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni qondirishga imkon beradi.

    Masalan, 2021-yilda O‘zbekistonga 8,1 mlrd dollar o‘tkazilgan. Bu pullarning bir qismini o‘zbekistonliklar banklarga sotadi, ular esa o‘z navbatida ularni bozorga olib chiqishadi.

    Shunday qilib, O‘zbekistonda dollar kursiga import, eksport, shuningdek, xalqaro o‘tkazmalar ko‘rsatkichlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

    Dollar hozir nima uchun o‘smoqda?

    Talab hajmi taklif hajmidan ortib borgani uchun dollar ko‘tarilmoqda. Bunday vaziyat birinchi marta emas. Yaqqol misol — 2019-yilning avgust oyi. O‘shanda so‘m shunchalik qadrsizlanib ketgan ediki, Markaziy bank naqd valyutani sotib olishga ruxsat bergan edi. 

    2022-yil boshidan beri valyuta bozoridagi vaziyat barqaror bo‘lib kelgan edi – dollar kursi oshgan bo‘lsa ham, bu unchalik keskin bo‘lmagan. Biroq barchasi fevral oyi oxirida Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush boshlangandan keyin o‘zgardi.

    Davlat statistika qo‘mitasi va Markaziy bank fevral yoki mart oyi (urush boshlangan keyin) uchun ma’lumotlarni hali taqdim qilmadi. 

     

    Ammo oldin dollar kursining O‘zbekistonda qanday o‘zgargani hisobga olinadigan bo‘lsa, urush boshlanishi sabab migrantlar, eksport va boshqa manbalardan valyuta tushumlari hajmi qisqargan bo‘lish kerak edi.

    Eksport va import Ukraina bilan savdo aloqalari deyarli to‘liq to‘xtagani, Rossiya bilan savdo-sotiq esa qiyinlashgani bois tushib ketgan bo‘lish kerak edi. Bu O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi.

    Bundan tashqari, urush logistika va ta’minot zanjiriga salbiy ta’sir ko‘rsatib, natijada, mahsulotlar ushlanib qoladi yoki yarim yo‘lda qolib ketadi.

    Rubl qadrsizlanishi oqibatida migrantlar endi dollarda kamroq pul topayotgani sabab, O‘zbekistonga amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari qisqargani bo‘lish kerak edi.

    Rubl, tenge yoki lira qadrsizlanishi odatda so‘mning ushbu valyutalariga nisbatan real almashuv kursning mustahkamlanishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, o‘zbek eksportchilarining raqobatbardoshligi pasayib, talab va taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 

    Bundan tashqari, Rossiya ham, Qozog‘iston ham yaqinda valyuta olib chiqishga cheklovlarini joriy qildi. Ikkala mamlakat ham O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklaridir, shunday ekan bu bozorda dollar taklifning qisqarishiga olib kelishi kerak edi.

    Shunday qilib:

    • rubl va boshqa valyutalarning keskin qadrsizlanishi mahalliy eksportchilar mahsulotlari narxini yanada oshiradi va ularning valyuta tushumlarini kamaytiradi;
    • ichki bozorda mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarning narx-navo raqobatbardoshligi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan pasayadi. Bu esa ushbu mamlakatlar importini rag‘batlantiradi hamda valyutaga bo‘lgan qo‘shimcha talabni yaratadi;
    • jismoniy shaxslarning xalqaro pul o‘tkazmalarining asosiy oqimini tashkil etuvchi boshqa mamlakatlar valyutasi va rublning qadrsizlanishi ushbu o‘tkazmalar hajmining qisqarishiga olib keladi. 

    Bularning barchasi so‘mning boshqa valyutalarga, shu jumladan AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishiga olib keldi:

    Endi nima bo‘ladi?

    So‘m qadrsizlanishi birinchi marta emas. O‘tgan yillarda ushbu jarayon tashqi omillarning ta'sirini yopdi va milliy iqtisodiyotning o‘zgaruvchan tashqi sharoitlarga moslashishiga yordam bergan edi.  

    Xususan, eksport va xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha valyuta tushumi hajmining qisqarishi xavfi ularning so‘m ekvivalentini oshirish hisobiga ma’lum darajada kamayadi.

    So‘m devalvatsiyasi narxlar darajasiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bankning hisob-kitoblariga ko‘ra, bir foizlik qadrsizlanish yillik inflyatsiyaning 0,2 foiz punktga tezlashishiga olib keladi. Sodda qilib aytganda, narxlar oshadi.

    O‘tgan yillarda tashqi omillar ta’sirini kamaytirish uchun, Markaziy bank pul-kredit siyosatiga o‘zgartirishlar kiritgan edi. 

    Markaziy bank boshqaruvining eng yaqin yig‘ilishi 17-mart kuni bo‘lib o‘tadi, shunda aniq qaysi choralar qo‘llanilishi ma’lum bo‘ladi.

    16.03.2022, 15:41   Izoh (0)   61012
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 5 million so‘mdan ko‘p rasmiy oylik oladiganlar soni ma’lum bo‘ldi

    15.03.2022, 15:10

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari: nimalar o‘zgardi?

    11.03.2022, 12:22

    Rossiyada 10-martdan boshlab Visa va Mastercard kartalari ishlashdan to‘xtaydi. Buni O‘zbekistonga nima aloqasi bor? 

    09.03.2022, 15:34

    Rossiyadan pul o‘tkazmalariga endi nima bo‘ladi va bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

    07.03.2022, 21:24

    “Valyutafurushlarning hiyla-nayranglari va xaridlarning keskin oshishi” — O‘zbekistonda rubl bilan nimalar bo‘lmoqda?

    04.03.2022, 20:32

    Inqirozda oltin sotib olish tavsiya etiladi. O‘zbekistonda buni qanday qilish mumkin?

    04.03.2022, 18:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.