Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 50 dan ortiq davlat investitsiya kiritmoqda. Bu haqda Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori o‘rinbosari Aleksey Sim ma’lum qildi.
Xitoy 2,2 mlrd dollarlik investitsiya bilan O‘zbekistondagi eng yirik investor davlat bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, Rossiya — 2,1 mlrd dollar, Turkiya (1,18 mlrd dollar), Germaniya (800,7 mln dollar), Janubiy Koreya (137,4 mln dollar) kabi davlatlar O‘zbekistonga investitsiya kiritgan.
Xitoy va Rossiya — O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlari
2021-yilda Rossiya Xitoyni ortda qoldirib O‘zbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkoriga aylangan edi.
Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilda 7,5 mlrd dollarni, Xitoy bilan esa 7,4 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Rossiya O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda — 2 309 korxona. Ikkinchi o‘rinda Xitoy (1 927), uchinchida — Turkiya (1 882).
Izoh (0)