O‘zbekistonda 2022-yilning fevral oyida 17 ming 824 ta nikoh holati qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 1 ming 478 taga ko‘p. Hududlar kesimida eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan — 1 ming 883 ta. Ikkinchi o‘rindagi Qashqadaryo viloyatida Samarqanddagidan bitta kam nikoh tuzilgan 1 ming 882 ta. Uchlikni 1658 ta nikoh holati bilan Xorazm viloyati yakunlagan. To‘liq ro‘yxat quyida:
- Qoraqalpog‘iston – 1427 ta;
- Andijon viloyati – 1314 ta;
- Buxoro viloyati – 1153 ta;
- Jizzax viloyati – 663 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 1882 ta;
- Navoiy viloyati – 449 ta;
- Namangan viloyati – 1042 ta;
- Samarqand viloyati – 1883 ta;
- Surxondaryo viloyati – 1558 ta;
- Sirdaryo viloyati – 383 ta;
- Toshkent viloyati – 1424 ta;
- Farg‘ona viloyati – 1538 ta;
- Xorazm viloyati – 1658 ta;
- Toshkent shahri – 1450 ta.
2022-yilning 7-mart soat 18:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda doimiy yashovchi ayollar soni 17 million 587 ming 908 nafarga yetgan. Ma’lum qilinishicha, ayollar mamlakat doimiy aholisining 49,7 foizni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston bo‘yicha yanvar oyida jami 1 ming 437 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan. Shundan qiz bolalar 49,5 foizni, o‘g‘il bolalar 50,5 foizni tashkil etgan.
Izoh (0)