• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xalqaro mehnat tashkiloti monitoring qilganida bolalarning onasiga yordam berish uchun paxtaga chiqqan holatlari ham bo‘ldi” — Tanzila Norboyeva

    10-mart kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha tuzilgan dasturga asosan xalqaro matbuot-brifing uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov va xorijlik ekspertlar ishtirok etdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Tadbirda Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qildi. Cotton Campaign koalitsiyasi mazkur qarorni 2021-yilda O‘zbekistonda paxta yig‘im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan qabul qildi.

    Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda prezidentining qat’iy siyosiy irodasi tufayli mamlakat hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida, jumladan, bolalar va majburiy mehnatga barham berish borasida aniq natijalarga erishishga muvofiq bo‘lgani haqida aytdi.

    Ta’kidlanishicha, qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazani mustahkamlash, xalqaro standartlarni implementatsiya qilish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, institutsional bazani rivojlantirish, tizimli monitoring va tadqiqotlar olib borish hamda fuqarolik jamiyati va ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish yo‘nalishlarda tizimli ishlar olib borilgan.

    O‘zbekiston mehnat bozorida demografik bosim yuqori bo‘lgan mamlakatdir. Hozirgi vaqtda mehnatga layoqatli aholi soni 20 millionga yaqin, ish bilan bandlar soni 15 mln, ishga muhtojlar soni 1 mln 300 ming kishini tashkil etadi. Har yili 500 mingdan ortiq yoshlar katta hayotga qadam qo‘yadi va ish izlaydi.

    Bu masalaning samarali yechimi sifatida O‘zbekiston tomonidan XMT ko‘magida Bandlik milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlik kengayib borayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Ma’lumki, 2020-yilgacha uzaytirilgan 2014—2016-yillarda munosib mehnat mamlakat dasturi muvaffaqiyatli va to‘liq amalga oshirildi.

    Hamkorligimizni rivojlantirib, 2021—2025-yillarga mo‘ljallangan munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturini imzoladik. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, O‘zbekiston BMT tizimi islohoti doirasida qo‘yilgan yangi talablarni hisobga olgan holda davlat dasturini birinchilardan bo‘lib ishlab chiqdi.

    Tanzila Norboyeva, Senat raisi
    Ta’kidlanishicha, yangi dasturda paxta sektorida majburiy va bolalar mehnatidan tashqari, quyidagi strategik masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilgan:
    • mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish;
    • bandlik va munosib mehnat imkoniyatlarini kengaytirish;
    • aholining eng zaif qatlamlarining sifatli va inklyuziv ta’lim va ijtimoiy himoyadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish,
    • ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklarning institutsional salohiyatini mustahkamlash.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Paxta yetishtirish va yig‘im-terim jarayonlarini mexanizatsiyalash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Paxta terish mashinalari yordamida paxta xomashyosining qariyb 12 foizi terib olindi (2020-yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizni tashkil etgan). Paxta terimini mexanizatsiyalash ishlarini davom ettiramiz.

    Prezident qarori bilan yaqin uch yilda xorijdan keltirilgan paxta terish kombaynlari va ularning ehtiyot qismlari bojxona to‘lovlari va qayta ishlash to‘lovlaridan ozod etildi.

    Paxta terimchilarining maoshiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2021-yilda 1 kilogramm qo‘lda terilgan paxta xomashyosi uchun to‘lov 2015-yilga nisbatan qariyb 10 barobar oshirildi.

    Monitoring va ish haqini oshirish kabi chora-tadbirlar o‘tgan yillarda majburiy mehnatdan foydalanishni kamaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Biroq shunga qaramay aynan qat’iy siyosiy iroda va iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi islohotlarga kompleks yondashuv O‘zbekistonda tizimli majburiy mehnatga butunlay barham berishga olib keldi.

    Tanzila Norboyeva, Senat raisi

    Bundan tashqari, jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan savol-javobda “ko‘pchilik insonlar mehnatda chiniqqanligi” aytilib, “xorijiy mamlakatlarda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilishi” to‘g‘risida so‘raldi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Senat raisi mazkur savolga javob berar ekan, “18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar bola hisoblanishini” eslab o‘tdi.

    Shu yoshgacha biz bolalarni majburlab, maktablarni yopib, hammani paxta dalasiga chiqarib yuborsak, aynan shu majburiy mehnatga kiradi. Bolalarni mehnatga chiniqtirish masalasi esa mutlaqo boshqa masala. Bola daraxt eksa, o‘zi uyini tozalasa, maktab hududida qandaydir darslardan tashqari ishlarni qiladi — bular majburiy mehnatga kirmaydi. O‘z xohishi bilan bu ishlarda qatnashishi mumkin. Bu ham mehnat, lekin yengil mehnat.

    Avval qanday bo‘lar edi? Barcha maktab, kollej, litseylar, oliy o‘quv yurtlarining eshiklari qulflanardi, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari bosh bo‘lib hamma paxtaga chiqib ketar edi. Ular asosiy ishini qilishmas edi, borib paxta terar edi. Hozir bu narsalarga mutlaqo chek qo‘yildi. Chunki bola bilim olishi kerak. Majburiy mehnat jismoniy jihatdan unga zarar, paxta terish zararli mehnatga kiritilgan. Shuning uchun O‘zbekiston bu narsaga juda qattiq turibdi.

    Xalqaro mehnat tashkiloti monitoring qilganida onamga yordam beraman, deb bolalar paxtaga chiqqan holatlari ham bo‘ldi. Lekin bu narsaga hozir yo‘l qo‘yilishi kerak emas. Bola o‘qishi, rivojlanishi kerak.

    Tanzila Norboyeva, Senat raisi

    Ta’kidlanishicha, “O‘zbekistonning monitoring o‘tkazayotgan nodavlat, notijorat tashkilotlari yoki fuqarolik jamiyati institutlarini bemalol boshqa davlatlarga borib monitoring o‘tkazish salohiyatiga ega bo‘lishgan”.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Bular hozir hammaga qanday qilib monitoring qilish mumkinligini o‘rgata oladi. Nafaqat paxtachilikda, boshqa sohalarda, masalan, qurilishda ham, bozorlarda ham majburiy mehnat bo‘lishi mumkin. Ular hamma sohalarni o‘rganib, kundalik ma’lumotlarni hukumatga aytib tursa, biz tezkor choralarni ko‘rib borsak, qonunimizni ko‘rib chiqamizmi, shu tezroq bitadi.

    Avval biz paxtani xomashyo sifatida 1 milliard dollarga eksport qilardik. O‘zbekistonda umuman ishlab chiqarish yo‘q edi. Hammasi xomashyo sifatida ketar edi, keyin o‘zimizning paxtamizdan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yana o‘zimizga yetib kelardi. Hozir prezidentimizning siyosati — paxtani eksport qilmaslik, ishlab chiqarishning hamma zanjirini O‘zbekistonda qilishdan iborati. 2–3 yildan beri paxta xomashyo sifatida umuman eksport qilinmayapti, ishlab chiqarishning hamma bosqichlarini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yganmiz. Buning uchun 120 tadan ortiq klasterlarimiz bor. Avval paxta bir milliardga eksport qilingan bo‘lsa, hozir tayyor mahsulot 3 milliard dollardan oshib ketdi. Va keyingi 4–5 yil ichida 50 milliardlik eksport qilishni rejalashtiryapmiz.

    Tanzila Norboyeva, Senat raisi

    Bundan avval O‘zbekiston odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish reytingida ko‘tarilgani hamda Cotton Campaign O‘zbekiston 2020-yilgi paxta terimida majburiy mehnatga barham berishda “sezilarli yutuqlar”ga erishganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbek paxtasi tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatdan хoli bo‘ldi — Xalqaro mehnat tashkiloti

    10.03.2022, 21:40   Izoh (0)   18088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2023-yildan boshlab magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

    10.03.2022, 21:25

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    10.03.2022, 20:47

    Toshkentda “Rakat” mahallasidagi hovli MIB tomonidan 3 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    10.03.2022, 20:24

    Yevropada katta miqdorda o‘g‘irlik sodir etgan xalqaro qidiruvdagi shaxs O‘zbekistonda qo‘lga olindi

    10.03.2022, 19:22

    “O‘zgidromet” 8 ta viloyatda 16-martgacha kuchli shamol va momoqaldiroq bo‘lishi sabab aholini ogohlantirdi

    10.03.2022, 18:50

    Toshkentdan Qozon va Novosibirsk shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi

    10.03.2022, 18:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda sun’iy bachadonga ega robot ishlab chiqiladi

    Ilm-fan | 18 avgust, 12:28

    Indoneziyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 18 avgust, 12:13

    Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va bola O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 12:05

    O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 11:57

    AQSHda sharshara ortidagi g‘orga tushib ketgan erkak qutqarildi (video)

    Dunyo | 18 avgust, 11:44

    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

    Reklama | 18 avgust, 10:30

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 18 avgust, 11:18

    Apple ulushi qisqardi: Uorren Baffet yangi kompaniyalarga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritdi

    Dunyo | 18 avgust, 11:15

    “Supermen” va “Yulduzlar jangi” filmlari yulduzi Terens Stemp vafot etdi

    Kino | 18 avgust, 11:00

    FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati formatini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

    Sport | 18 avgust, 10:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.