• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Mashhurlar hayotini ijro etishda nafaqat xarakteri, balki tashqi jihatdan ham ularga o‘xshagan aktyorlar (foto)

    Aktyor bo‘lish — tomoshabinni filmdagi qahramon haqiqiy odam ekanligiga ishontirish san’ati demakdir. Ammo butun dunyoga ma’lum bo‘lgan shaxsni tasvirlash yanada qiyinroq. Bunda aktyorlarning ham, vizajistlarning ham iste’dodi muhim ahamiyatga ega. Axir ikkinchisining yordamisiz tarixiy shaxslar bilan tashqi o‘xshashlikka erishish qiyin bo‘lardi.

    Ledi Gaga Patrisiya Rejani rolida (“Guchchi uyi”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Film ijodkorlari Patrisiyaning tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatidagi mayda elementlarga ham e’tibor berishgan. Aktrisaning tashqi qiyofasini iloji boricha o‘xshatish kerak edi, shuning uchun ular haqiqiy Patrisiya qanday gapirgani, sochlarini qanday bo‘yagani va lablarini qanday chizganini o‘rganib chiqishgan.

    Adam Drayver Mauritsio Guchchi rolida (“Guchchi uyi”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ko‘zoynak va soch turmagi bilan aktyor Mauritsioga ancha o‘xshagan. Guchchi xuddi shunday soch turmagi va ko‘zoynak taqib yurgan.

    Jared Leto Paolo Guchchi rolida (“Guchchi uyi”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Suratdagi Jared Letoni deyarli tanib bo‘lmaydi. Paolo bilan maksimal darajada o‘xshashlikka erishish uchun grim stolida bir necha soat o‘tirish kerak edi. Bundan tashqari, ular, taxminan, 3 hafta davomida tayyorlangan bosh uchun maxsus qoplamadan foydalangan.

    Kristen Styuart malika Diana rolida (“Spenser”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Butun jamoa aktrisaning qiyofasi ustida ishladi. Operatorlar uni yanada o‘xshatish uchun maxsus yorug‘lik yordamida ma’lum bir rakursdan suratga olishdi. Ko‘pgina kadrlarda Kristen orqa tomondan suratga olingan — bu ham kerakli effektga erishishga yordam berdi. Tasvirni yaratishda vizajistlar va stilistlar katta hissa qo‘shgan. Misol uchun, aktrisa uchun aynan malika Diana kiygan kiyimlar yaratilgan.

    Jek Farting shahzoda Charlz rolida (“Spenser”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jek Farting britaniyalik aktyor, shahzoda Charlz kabi Londonda tug‘ilgan. Ehtimol, bu unga o‘z xarakterini real tasvirlashga yordam bergandir. Bu aktyorning birinchi biografik roli emas. U avvalroq Jon Lennon rolini ham o‘ynagan.

    Granit Rushiti Zlatan Ibragimovich rolida (“Men Zlatanman”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Zlatan Ibragimovich — zamonaviy futbolning mashhur shaxslaridan biri. Film futbolchi hayotining bir necha davrlari haqida hikoya qiladi, shuning uchun uni turli aktyorlar ijro etadi. Asosiy rolni o‘zi ham bir vaqtlar futbol o‘ynagan Granit Rushiti o‘ynagan.

    Shirli Makleyn Koko Shanel rolida (“Koko Shanel”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Shirley Makleynning Koko Shanel kabi bo‘ysunmas va eksantrik xarakterga egaligi ularni birlashtirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Shirli yoshligidanoq Shanelning muxlisi bo‘lgan. Lekin o‘sha paytlarda brend mahsulotlarni sotib olishga qurbi yetmagan, shuning uchun qalbakilaridan foydalangan.

    Kichik Robert Dauni Charli Chaplin rolida (“Chaplin”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Aktyor oldidagi vazifa oson emas edi. Charli Chaplinga o‘xshab ko‘rinish va o‘zini tutish uchungina emas, balki uni hayotining turli davrlarida tasvirlash ham kerak edi. Negaki film Chaplinning 19 yoshidan 83 yoshgacha bo‘lgan hayoti haqida hikoya qiladi.

    Teron Ejerton Elton Jon rolida (“Roketmen”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Asosiy vazifa Eltonning karikaturasini yaratish emas, balki grim yordamida musiqachining hayoti mohiyatini yetkazish edi. Buning uchun Teron mayda detallargacha ahamiyat bergan.

    Uill Smit Muhammad Ali rolida (“Ali”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Uill Smit dastlab Muhammad Ali obrazini gavdalantira olishiga shubha qilgan. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u tarixni buzib ko‘rsatishni istamagan. Ammo bokschi Alining o‘zi va uning oilasi shaxsan Smitdan bu rolni u ijro etishini so‘ragan.

    Riz Uizerspun Iyun Karter Kesh rolida (“Chegaradan chiqish”)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Riz o‘zining “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan mazkur rolini iliqlik bilan eslaydi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u xonanda obraziga to‘liq tusha olgan va bu film uning hayotida alohida iz qoldirgan.

    Mavzuga doir:

    • Muvaffaqiyatga erishish uchun qisqa muddatda katta vazn yo‘qotgan mashhurlar (foto)
    • “Bunday paytda suhbatdoshingning gaplarini eshitishga ham kuch topa olmaysan”. Tug‘uruqdan keyingi depressiyani boshdan kechirgan jahon yulduzlari (foto)
    • Ledi Gaga, Robert De Niro va o‘z restoraniga ega boshqa Gollivud yulduzlari (foto)

    07.03.2022, 19:30   Izoh (0)   30138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turetta sindromi va boshqa kamyob kasalliklarga chalingan jahon yulduzlari (foto)

    07.03.2022, 15:57

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlarining loyihadan keyingi hayoti: Uzerli, Ergench va boshqa aktyorlar hozir qayerda?

    07.03.2022, 12:09

    Muvaffaqiyatga erishish uchun qisqa muddatda katta vazn yo‘qotgan mashhurlar (foto)

    06.03.2022, 20:16

    Gollivud aktrisasi Mila Kunis ukrainaliklarga 30 million dollar pul yig‘ib berishga qaror qildi (video)

    06.03.2022, 17:19

    Amerikalik aktyor Shon Penn Ukrainani piyoda tark etdi

    06.03.2022, 13:44

    “Bunday paytda suhbatdoshingning gaplarini eshitishga ham kuch topa olmaysan”. Tug‘uruqdan keyingi depressiyani boshdan kechirgan jahon yulduzlari (foto)

    05.03.2022, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.