Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 28-turida “Manchester Siti” 6-mart, yakshanba kuni “Manchester Yunayted”ni qabul qildi.
Uchrashuvda tezkor gol kuzatildi: “shaharliklar” 5-daqiqada Kevin de Bryuynening kiritgan to‘pidan so‘ng hisobni ochdi. 22-daqiqada Jeydon Sancho muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay belgiyalik futbolchi dublni rasmiylashtirgan holda yana mezbonlarni oldinga olib chiqdi.
68-daqiqada Riyod Mahrez oradagi farqni oshirdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida jazoirlik futbolchi ham dubl muallifiga aylandi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti” ochkolarini 69 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikda davom etmoqda. “Manchester Yunayted” esa 47 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi.
APL
28-tur bahsi
6-mart, yakshanba
“Manchester Siti” — “Manchester Yunayted” 4:1
Gollar: 1:0 – 5 de Bryuyne, 1:1 – 22 Sancho, 2:1 – 28 de Bryuyne, 3:1 – 68 Marez, 4:1 – 90+1 Mahrez.“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Stounz, Lyaport, Joau Kanselu, de Bryuyne (Gundo‘g‘an, 80), Bernardu Silva, Rodri, Grilish, Foden, Mahrez.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Telles, Pogba (Reshford, 64), Fred, Maktominey, Brunu Fernandesh, Sancho, Elanga (Lingard, 64).
Ogohlantirish: Maguayr (63).
Izoh (0)