Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov UFC shon-shuhrati zalidan o‘rin oldi. Bu haqda 5-mart (Toshkent vaqti bilan 6-mart tongi) kuni o‘tkazilgan UFC 272 musobaqasida ma’lum qilindi.
“Burgut UFC shon-shuhrati zaliga qo‘ndi. Habibni shon-shuhrat zalidan joy olgan 2022-yildagi dastlabki jangchi bo‘lgani bilan tabriklaymiz”, — deyiladi UFC xabarida.
Nurmagomedov so‘nggi jangini 2020-yilning oktabrida Jastin Getjiga qarshi o‘tkazgan va shundan keyin faoliyatini yakunlagandi.
So‘nggi bor UFC shon-shuhrat zalidan ikki vazn toifasining sobiq chempioni Jorj Sen-Pyer joy olgandi. Shuningdek, yangi davr janfchilari orasida Maykl Bisping, Rashad Evans, Yuraya Faber, Bi Jey Penn va Forest Griffin kabi yakkurashchilar ushbu maqomga erishgan.
Izoh (0)