Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan ikki uchrashuv 22-fevral, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Chelsi” o‘z maydonida “Lill”ni mehmon qildi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Kay Haverts hisobni ochdi. 63-daqiqada Kristian Pulishich londonliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Chelsi” “Lill”ni ishonchli hisobda mag‘lub etib, javob bahsi oldidan imkoniyatlarini oshirib oldi.

“Yuventus” Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi bilan bahs olib bordi. O‘yinning 1-daqiqasida Dushan Vlahovich gol urgan bo‘lsa, 66-daqiqada Dani Parexo muvozanatni tikladi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

Har ikkala qarama-qarshilikning javob bahslari 16-mart sanasiga belgilangan.

Yevropa Chempionlar Ligasi

1/8 final, dastlabki bahslar

22-fevral, seshanba

“Chelsi” Angliya – “Lill” Fransiya 2:0

Gollar: 1:0 – 8 Haverts, 2:0 – 63 Pulishich.

“Chelsi”: Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen, Alonso (Sarr, 80), Kovachich (Loftus-Chik, 51), Kante, Ziyosh (Saul, 60), Pulishich (Verner, 80), Haverts.

“Lill”: Leo Jardim, Chelik, Fonte, Botman, Tiagu Jalo (Gudmundsson, 76), Andre, Sheka, Sanshesh (Ben-Arfa, 81), Onana (Yilmaz, 65), Bamba, Devid (Jegrova, 81).

Ogohlantirishlar: Loftus-Chik (83), Ben Arfa (87).

“Vilyarreal” Ispaniya – “Yuventus” Italiya 1:1

Gollar: 0:1 – 1 Vlahovich, 1:1 – 66 Parexo.

“Vilyarreal”: Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno (Trigeros, 79), Pedrasa (Estupinyan, 79), Pino, Kapu, Parexo, Dia, Lo Chelso, Chukvueze (Yeremi Santos, 90), Danjuma (Dia, 90).

“Yuventus”: Shensni, Aleks Sandro (Bonuchchi, 46), Danilo, de Ligt, De Shilyo (Pellegrini, 87), Kuadrado, Rabyo, Lokatelli (Artur, 71), Makkenni (Zakariya, 81), Morata, Vlahovich.

Ogohlantirishlar: Ruli (73), Rabyo (73).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda