“Real”, “Barselona” va “Yuventus” AQShda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi mumkin, deya xabar qilmoqda ESPN.
Yevropa Superligasi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchi klublar yozda o‘rtoqlik o‘yinlari tashkillashtirmoqchi. “Milan” esa musobaqaning to‘rtinchi jamoasi sifatida taklif etiladi.
Uchrashuvlar o‘tkaziladigan joy hali aniqlanmagan, ammo u AQShning g‘arbiy qismida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Bir nechta shahar o‘yinlarni qabul qilishga qiziqish bildirgan.
“Real”, “Barselona” va “Yuventus” koronavirus pandemiyasi sabab ko‘rgan zararlarini shu musobaqa orqali qoplashga umid qilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)