• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Rustam Akromovni xotirlab. Xirosima—1994 dagi g‘alaba va mutaxassisning og‘ir o‘tgan so‘nggi yillari haqida

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Rustam Akromov 15-fevral kuni vafot etdi. O‘zbek futboli tarixidagi eng yirik va yagona g‘alabani qo‘lga kiritgan jamoaga ustozlik qilgan Akromov endi yorug‘ olamda yo‘q. Quyida Rustam Akromovning xotirasiga bag‘ishlab, Xirosima—1994 dagi unutilmas g‘alaba yodga olinadi va mutaxassisning og‘ir o‘tgan so‘nggi yillari haqida so‘z yuritiladi.

    Yengilmas murabbiy

    Foto: O‘FA matbuot xizmati

    Foto: O‘FA matbuot xizmati

    1948-yilning 11-avgustida Toshkent viloyatida tug‘ilgan Akromov futbolchilik faoliyati mobaynida “ASK Politotdel” (1967—1973) va “Paxtakor” (1967—1973) klublarida to‘p surgan. Murabbiylik faoliyatini esa Moskvaning “SSKA” klubi yoshlar jamoasida boshlagan. Mutaxassis keyinchalik “USM Jazoir” klubi (1990-1991) klubiga o‘tgan. 1992-yilda Jazoir terma jamoasiga ustozlik qilgan. 1994-yilda esa “Paxtakor” klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan.

    O‘zbekiston mustaqillikka erishib, futbol terma jamoasi tuzilganida unga Rustam Akromov bosh murabbiy etib tayinlanadi va uning oldiga jamoani shakllantirish vazifasi qo‘yiladi. Akromov yangi tuzilgan jamoa bilan dastlab, 1992-yilda Markaziy Osiyo davlatlari Kubogida sovrindor bo‘ladi. 1994-yilda esa Mustaqillik Kubogida (unda ham Markaziy Osiyo davlatlari qatnashgan) zafar quchadi. Shuningdek, 1994-yilda yuqorida qayd etilganidek, uning qo‘l ostida mamlakat futboli tarixidagi eng yirik va ayni paytda yagona bo‘lgan sovrinni ham qo‘lga kiritiladi.

    Foto: O‘FA matbuot xizmati

    Foto: O‘FA matbuot xizmati

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Akromov terma jamoa rulida 11 ta o‘yin o‘tkazib, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan — 10 g‘alaba va bir durang.

    Ushbu qoniqarli natijalardan so‘ng Rustam Akromov va Birodar Abduraimov boshchiligidagi jamoa oldiga Yaponiya mezbonligida o‘tgan musobaqada munosib ishtirok etish vazifasi qo‘yiladi.

    Moliyaviy holati havas qiladigan darajada bo‘lmagan va yaqindagina mustaqillikka erishgan davlat delegatsiyasiga unchalik ham yaxshi muomalada bo‘linmaydi. Terma jamoaning o‘zi esa jiddiy qabul qilinmaydi, favoritlar qatoriga kiritilish borasida esa hech qanday gap bo‘lishi mumkin emasdi.

    Terma jamoa musobaqada Saudiya Arabistoni, Malayziya, Gonkong va Tailand bilan birga B guruhidan joy oladi.

    Imkoniyatlari yuqori baholanmagan terma jamoa kutilmaganda guruhdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan keyingi bosqich masalasini hal qiladi. To‘plar nisbati esa 15:5 ni tashkil qiladi.

    Chorak finalda Akromov shogirdlariga A guruhida 2-o‘rinni egallagan Turkmaniston vakillari raqiblik qiladi. Markaziy Osiyo derbisi maqomida o‘tgan bellashuvda Farhod Magomedov sardorligidagi jamoa turkmanlarga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi ­— 3:0.

    Yarim finalda terma jamoaga o‘tgan bosqichda mezbon Yaponiyani yenggan Janubiy Koreya to‘qnash keladi. O‘zbekiston jiddiy sinov va raqibga duch keladi. Butun o‘yin davomida koreyslar ustunlikka ega bo‘ladi, biroq o‘sha kuni ularga Yuriy Sheykin darvozasini ishg‘ol etish nasib etmaydi. O‘zbekiston esa asosan himoyada vaqt o‘tkazadi va raqibning xato qilishini kutib harakat qiladi. Raqib ustunligida o‘tgan bahs taqdirini Azamat Abduraimovning chamasi 40 metrlardan yo‘llagan ajoyib zarbasi hal qilib beradi. Abduraimovning zarbasi dastlab unchalik ham kuchlidek tuyulmaydi va to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga borayotgandek taassurot uyg‘onadi, biroq to‘p so‘nggi pallada o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, to‘rdan o‘rin oladi.

    Shu tariqa Akromov jamoasi sensatsion tarzda musobaqaning hal qiluvchi o‘yiniga yo‘l oladi. Bu natija o‘sha davrda ham O‘zbekistonda, ham xorijda juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgani alohida qayd etishga arziydi. Butun o‘zbek xalqi terma jamoa va uning qahramonligi haqida gapira boshlaydi.

    1994-yilning 16-oktabrida esa final o‘yinida jamoa o‘sha paytda kuchli hisoblangan Xitoy bilan to‘qnash keladi. Xitoy A guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, final yo‘lida Saudiya Arabistoni va Kuvayt termasini mag‘lub etgandi.

    Finalda ham kutilganidek Xitoyning imkoniyatlari yuqori baholanadi. Biroq bellashuvda hisob O‘zbekiston terma jamoasi tomonidan ochiladi: Mirjalol Qosimovning jarima zarbasidan ayyorona uzatmasidan keyin Igor Shkvirin o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yadi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Sergey Lebedev oradagi farqni oshiradi.

    Shundan so‘ng Rustam Akromov jamoasi hujumkorlikni pasaytirib, himoyaga e’tibor qarata boshlaydi, biroq bu jamoaning zarariga ishlaydi va xitoyliklar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ladi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oladi.

    Ikkinchi 45 daqiqalikning dastlabki qismida o‘zbekistonlik futbolchilar 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, penaltini Azamat Abduraimov muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay chin yurti vakillari yana hisobni qisqartiradi. O‘yin yakuniga yetishi arafasida esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Shuhrat Maqsudov uchrashuvga nuqta qo‘ygan golga mualliflik qiladi.

    Shu tariqa O‘zbekiston yana bir qahramonlikni amalga oshirib, finalda Xitoyni mag‘lubiyatga uchratadi va musobaqaning oltin medallarini o‘ziniki qiladi.

    Ushbu g‘alabadan keyin terma jamoa ustozi Rustam Akromov “Shuhrat” medali bilan taqdirlanadi va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy” unvoniga sazovor bo‘ladi.

    Shu-shu O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqa musobaqalarda g‘alaba qozonmagan.

    Rustam Akromovning keyingi faoliyati

    Keyinchalik murabbiy 1995-yilda Hindiston terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi va ma’lum yutuqlarga erishadi. 1997-yilgacha Hindiston terma jamoasida ishlagan Akromov 1998-yilda OFKning texnik direktori etib tayinlanadi. Bundan tashqari u O‘zbekiston futbol federatsiyasida terma jamoalar markazi texnik direktori lavozimida ishlagan. 2003-yilda Markaziy Osiyo davlatlarining futbol mutaxassislari orasida birinchi bo‘lib, FIFAning “Oltin belgi”sini oladi. 2010-yilda esa unga xuddi shunday belgini OFK ham taqdim etadi. Akromov to‘rtta — o‘zbek, ingliz, fransuz va rus tillarida erkin so‘zlasha olgan. Rustam Akromov hayoti davomida futbolga oid 30 dan ortiq asar, 100 ga yaqin ilmiy maqola va 6 ta kitob yozgan.

    Foto: O‘FA matbuot xizmati

    Foto: O‘FA matbuot xizmati

    Og‘ir kechgan so‘nggi yillar

    Umrining katta qismini sportga, xususan, futbolga bag‘ishlagan mutaxassis hayotining so‘nggi yillarida og‘ir kasallikka duchor bo‘ladi. “Championat.asia” nashriga ko‘ra, u insultni boshdan o‘tkazib, yotoqdan tura olmaydigan holga kelib qolgan. Akromov 2015-yil Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogidan keyin ruhan siqilish holatiga tushadi, natijada ushbu kasallikka chalinadi.

    Buning natijasida Rustam Akromov hatto boshqalarni tanimaydigan darajaga kelib qoladi. U harakatsiz holatga kelib, yurishda qiynaladi, o‘rnidan tursa ham juda sekin qadam tashlab yurgan va oxirgi paytlarda yotoqqa mixlanib qolgan.

    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, futbol professoridan oxirgi kunlarda faqat uning qizi xabar olib turgan.

    16.02.2022, 08:14   Izoh (0)   22975
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL. “Manchester Yunayted” Ronaldu gol urgan o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishdi

    16.02.2022, 03:13

    YChL. “PSJ” Kilian Mbappening so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga “Real”ni yengdi, “Manchester Siti” “Sporting”ni tor-mor etdi

    16.02.2022, 03:06

    Pekin—2022. Medallar reytingida Norvegiya yetakchi, AQSh — 3, mezbonlar esa oltinchi o‘rinda

    16.02.2022, 00:48

    Andres Inyesta “Barselona”ga qaytishga tayyorligini aytdi

    15.02.2022, 20:00

    Mbappedan de Bryuynegacha. YChL 1/8 finalining eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa

    15.02.2022, 19:01

    Futbolchilarning 75 foizi Jahon Chempionatini har 2 yilda o‘tkazilishiga qarshi ekani ma’lum bo‘ldi

    15.02.2022, 18:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.