• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryolik tadbirkor banklardan yarim milliarddan ortiq mablag‘ini ololmagach, aholiga tarqatilgan chorva mollarini tortib olmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor Gulmurod Berdiyev aholini chorva krediti bilan ta’minlab, Nishon tumanidagi xonadonlarga yetkazib berilgan chorva pullari — 650 million so‘mini ololmay sarson bo‘lmoqda. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan tadbirkorning aytishicha, u aholiga tarqatilgan chorva mollarini qaytarib olishga borganda esa aholi noroziligiga sababchi bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Bank pulimni bermagach, odamlarga bergan molimni qaytarib olib bo‘lsa-da, xarajatlarimni qoplashim kerak-ku. Men ham xarajatlarimga kuyib qolmasligim lozim. Mening ham oilam, ishchilarim bor”, — deydi tadbirkor Gulmurod Berdiyev.

    Gulmurod Berdiyev.

    Gulmurod Berdiyev.
    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorning aytishicha, u “Agrobank” va “Mikrokreditbank”ning Nishon tumani filiallarining kafolat xatlari evaziga 20 dan ortiq xonadonga 650 million so‘mlik naslli chorva mollarini yetkazib bergan. Ammo oradan bir yil muddat o‘tsa-da, tadbirkorning puli to‘lab berilmagan.

    Foto: “Daryo”

    Chorva mollari qaytarib olinishiga qarshilik bildirayotgan Normat Boboqulov mollarga yem-xashak berib boqayotganini, qilingan xarajatlariga kuyib qolmaslik uchun chorva mollarini qaytarish niyati yo‘qligini aytmoqda.

    “Nega endi qilingan shuncha mehnatim va xarajatimga kuyib qolishim kerak. Men davlatning arzon, kam foizli deb aytgan chorva kreditini olganman. Avvalo kreditni bermasliklari kerak edi, berishdimi, nega unda pulini to‘lab berishmaydi”, — deydi Normat Boboqulov.

    Foto: “Daryo”

    “Boyqo‘rg‘on pahlavoni” xususiy korxonasi mas’uli Gulmurod Berdiyevning aytishicha, bank rahbarlari tadbirkor mablag‘ini “bugun beramiz, ertaga beramiz”dan nariga o‘tishmayapti.

    Tadbirkordan 20 million so‘mlik qora mol xarid qilgan Dilmurod Bekmirzayevning aytishicha, u bir yil davomida qora mollarni semirtirib, ularning yemishi uchun ancha mablag‘ xarajat qilgan. U tadbirkor molini qaytarib olsa, nafaqat tadbirkorni, bankni ham sudga bermoqchi.

    Dilmurod Bekmirzayev.

    Dilmurod Bekmirzayev.
    Foto: “Daryo”

    “2021-yilning aprel oyida 20 million so‘m mablag‘ evaziga ikki bosh ho‘kiz sotib olgandim. Men bu mollarni semirtirib, ancha boqdim. Yemishi uchun ko‘p mablag‘ sarf qildim. Nega endi, semirtirib, tayyor bo‘lgan molimni birovga topshirishim kerak? Biz davlat siyosatiga ishonib, arzon va kam foizli chorva kreditidan olgandik. Endi esa bunaqa tomosha bo‘lyapti. Buni nazoratga oluvchi mas’ullar bormi?”, — deydi Dilmurod Bekmirzayev.

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkordan mol xarid qilgan yana bir fuqaro Nasiba Ismatova esa sotib olgan sigiri buzoq tug‘ganini, mollari ko‘paygach, uni tortib olishga harakat qilishayotganini adolatsizlik deb bilishini aytmoqda.

    “Sotib olgan molim buzoqladi. Tuyoqlar soni ko‘paydi. Bunga yetib kelguncha men ancha mehnat qildim, xarajat qildim. Nega endi mollarim tuyoqlari soni ko‘payganda, uni tadbirkorga berib yuborishim kerak? Bank rahbariyatiga murojaat qilib, tadbirkorning pulini o‘z vaqtida to‘lab berishlarini so‘rayman. Iltimos, tadbirkor bizni bezovta qilmasin”, — deydi Nasiba Ismatova.

    Nasiba Ismatova.

    Nasiba Ismatova.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2021-yilning 15-dekabr kuni “Agrobank”ning Nishon tumani filialidan chorva kredit olgan Sobir Abdullayevning ma’lumot berishicha, u ta’minotchidan o‘z vaqtida chorva mollarini olgan bo‘lib, ayni kunda ularning parvarishi bilan shug‘ullanmoqda.

    Sobir Abdullayev.

    Sobir Abdullayev.
    Foto: “Daryo”

    “Davlat siyosatiga ishongan fuqarolar bizga imkoniyat qilib berildi, deya foizi kam kreditlarni olib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirmoqda. Aynan men ham oilaviy tadbirkorligimni rivojlantirish uchun bankka murojaat qilib, kredit olgandim. Rahbarlardan xalqning shu ishonchini suiiste’mol qilmasliklarini, tadbirkorga o‘z vaqtida mablag‘ini to‘lab berishlarini so‘ragan bo‘lardim. Mening esa qaytarib beradigan molim yo‘q. Hech kimga olgan mollarimni qaytarib bermoqchi emasman”, — deydi Sobir Abdullayev.

    Foto: “Daryo”

    Mazkur masala yuzasidan “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan bank mas’ullari muammo tez orada yechimini topishini aytgan bo‘lsa-da, oradan uch-to‘rt oydan ortiq muddat o‘tishiga qaramasdan “ana hal qilinadi, mana hal qilinadi”, degan masala hamon yechimsiz qolmoqda.

    Mazkur masala yuzasidan fikr bildirgan “Agrobank” mas’ullaridan birining aytishicha, bunday paytda fuqarolar bankka murojaat qilishi kerak. Qachonki, bank rahbariyatiga murojaat qilib, kredit shartlari bajarilishi so‘ralsa, muammo yechim topadi.

    16.02.2022, 16:27   Izoh (0)   36308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash uchun chorva va parrandalar tarqatish tajribasi yo‘lga qo‘yiladi

    16.02.2022, 16:12

    “Avvallari darsliklar murakkab, akademik tilda yozilardi. Bu o‘quvchini fandan, maktabdan bezdirdi” — Respublika ta’lim markazi tayyorlagan darsliklar chindan yang...

    16.02.2022, 15:59

    Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi ilmiy-ekspert kengashida ma’qullandi — Madaniy meros agentligi

    16.02.2022, 15:43

    O‘zbekistonda aholini go‘sht bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zgarish qilmagan tuman hokimlari ishdan olinishi mumkin

    16.02.2022, 15:34

    Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda go‘sht, sut va tuxum mahsulotlariga talabni qondirishda birorta hudud rahbarida aniq tasavvur yo‘qligini tanqid qildi

    16.02.2022, 15:10

    “Navoiy ko‘chasida tramvay bo‘lmaydi” — Toshkent shahar hokimligi

    16.02.2022, 15:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.