• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Avvallari darsliklar murakkab, akademik tilda yozilardi. Bu o‘quvchini fandan, maktabdan bezdirdi” — Respublika ta’lim markazi tayyorlagan darsliklar chindan yangimi?

    2021–2022-o‘quv yili uchun Respublika ta’lim markazi O‘zbekistondagi 1—2-sinf o‘quvchilariga yangi avlod darsliklarini taqdim etdi. Mavzulashtirilgan, eski darsliklardan farq qiladigan, tamomila o‘zgartirilgan, turli suratlar, illyustratsiyalar bilan boyitilgan va spiralsimon tarzda o‘qitiladigan kitoblar o‘quvchilar e’tiboriga havola etilgan. Xo‘sh, yangi avlod darsliklari mutaxassislar ta’kidlaganidek, butunlay yangimi?

    Shuhrat Sattorov

    Respublika ta’lim markazi direktori

    2020-yilda davlatimiz rahbari, Xalq ta’lim vazirligi tomonidan tubdan metodikani, mazmunni yangilash, yangi avlod darsliklarini yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. XX asr vaqtga asoslangan yoki dalillarni yod olishga yo‘naltirilgan ta’lim bilan o‘ziga xos bo‘lgan. Lekin bugungi kunda ta’lim butun dunyoda o‘rganish natijalariga asoslangan. Ya’ni o‘quvchi darslikdagi, dasturdagi biror mavzuni o‘rganolmadimi, yana o‘sha mavzuni o‘qiydi. Bizga o‘xshab soatlarga bo‘lib berilmagan. O‘quvchi o‘rgansa-o‘rganmasa, keyingisiga o‘tib ketaveramiz. Natijada bola tushunmagani sayin darsni yomon ko‘ra boshlaydi. O‘z-o‘ziga nisbatan bahosi pasayib ketadi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Eng katta muammo ham shunda. Endi faqat yod olishga emas, balki kompetensiyalarga asoslangan deyilyapti butun dunyoda, ya’ni ko‘nikmalarga. O‘quvchi nimanidir bilsin va nimanidir qila olsin. Bu shunchaki yod olishga mo‘ljallangan kontent emas, darslik va dars ham yod olishga yo‘naltirish emas.

    Sinfxonada o‘qituvchi emas, o‘quvchi hukmron bo‘lsin. O‘quvchining mustaqil faoliyati ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. O‘qituvchi esa yo‘naltirib turadi. Bu nimaga olib keladi? Oxir-oqibat bu o‘quvchining ertaga hayotga ham tayyor bo‘lishiga turtki beradi. Ya’ni u sinfxonada tanqidiy fikrini bildira olsa, ijodiy fikrlasa, jamoa bo‘lib ishlashni o‘rgansa, muammoga yechim topolsa, unda to‘g‘ri qaror qabul qilish, yangi g‘oyani ilgari surish, fan nuqtai nazaridan dunyoni o‘z ko‘zi bilan anglash ko‘nikmalari shakllanadi.

    O‘quvchining aynan mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, ya’ni ko‘proq amaliyotga yo‘naltirilgan yangi milliy o‘quv dasturi loyihasini 2020-yildan boshlab ishlash boshlangan edi. Bunga jami 246 nafar mutaxassis jalb etilgan. Har bir fanni aynan tag-tubi, mohiyati bilan yangilaydigan yangi dastur sifatida buni oldindan ko‘ra oldik.

    Sevara G‘iyosiddinova

    Respublika ta’lim markazi Kimyo fani metodisti, “Tabiiy fanlar” darsligi muallifi

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    – YUNESKO bilan hamkorlikda yaratdik barini. U yerdagi olimlar ham jalb etilgan. Oliy va maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablardan amaliyotchi o‘qituvchilardan yig‘ilgan jamoalar ish olib boryapti. Biz ulardan-da qiziqroq mashg‘ulotlar yaratsak, o‘quvchilarimiz darsliklarni sevib o‘qiydi. To‘g‘ri, albatta, bu bor fan edi. Faqat avvallari ko‘proq e’tibor nazariy bilimga qaratilgandi. Endi qoida yoki formula bilan o‘quvchiga o‘rgatolmas ekanmiz.

    Harakat mavzusiga to‘xtaldim hali. Bu harakat mavzusi hayotiy jarayonda. Men uni faqatgina formula yoki qoidalar bilan bersam, o‘quvchiga qiziq bo‘lmaydi. Masalan, o‘quvchi kitobdan ko‘chirib, keyin vazifani bajarardi. Bu yerda hozir aynan birinchi, ikkinchi sinf o‘quvchilari uchun daftarlar tashkil etildi. O‘quvchi ko‘chirishi uchun vaqtini sarflamaydi.

    Shuhrat Sattorov: Bundan 17–20 yil avval oxirgi marta darsliklar yangilangan bo‘lsa, o‘sha vaqtlarda ular qanday yozilardi? Ochig‘i, muallifning ixtiyori asosida yozilardi. Ya’ni muallif nimani yaxshiroq, ko‘proq bilsa, o‘sha narsa kengroq yoritilgan darslikda. Butun fan o‘sha muallifning qobiliyati, dunyoqarashiga ergashgan. Butun millat ergashgan bunga. Shunaqa holatlar bo‘lganki, hattoki afsus mana shu mualliflar shogirdlarining ilmiy ishlarini darsliklarga boricha kiritgan holatlar kuzatilgan. Bu nimaga olib keldi? Darsliklarimiz murakkab tilda yoziladigan bo‘ldi. Akademik til — bu maktab uchun asosiy tilga aylanib qoldi. Natijada, biz fanni yaxshi ko‘rish, sevib o‘qish o‘rniga fanni yomon ko‘ra boshladik. Qoidalarga to‘lib ketdi hayot. Lekin bu qoida orqali biz hayotga kimni tarbiyalay oldik?

    Muhriddin Avezov

    Olmazor tumanidagi 278-maktabning Geografiya fani o‘qituvchisi, “Tabiiy fanlar” darsligi muallifi

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    – Xalqaro tajribalar o‘rganilganda, butun dunyoda boshlang‘ich sinflarda hattoki beshinchi, oltinchi sinflarda ham science — tabiiy fanlar darsligi o‘qitilishining guvohi bo‘ldik. Ularda e’tibor biologiya, geografiya, fizika, kimyo fanlarini bir-biriga bog‘liq holatda, ya’ni integral ravishda o‘qitishni maqsad qilgan. Bu birinchi jihati.

    Ikkinchisi, bu yerdagi mavzularni o‘qitishda spiralsimon yondashuvga e’tibor qaratilgan. Ya’ni mavzular ketma-ket o‘tib-o‘tib ketiladi, bo‘ldi, u boshqa takrorlanmaydi emas. Masalan, birinchi sinfda o‘qitilgan mavzular ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va hokazo sinflarda qaytariladi.

    Mavzulardagi ma’lumotlar hajmi, mazmuni, yildan-yilga takomillashib, boyib, yanada kengayib va o‘sha ilm-fanga yo‘naltirilgan bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bu yerda bitta mavzuning ichida ham biologiya, geografiyaga oid bilimlar, ham fizika, ham kimyoga doir bilimlar integral tarzda berib boriladi.

    Bola tevarak-atrof, borliqni yaxlit tasavvur qila oladi. Ilgari biz bo‘lak-bo‘lak qilib tushuntirgan bo‘lsak, endi xuddi shu atrof-borliqni u bitta yaxlit tabiat ekanini yaxshiroq anglab yetishi uchun harakat qilamiz.

    Ba’zi ma’lumotlar og‘zaki yoki matn ko‘rinishida yozilmagan kitobda. Lekin illyustratsiyalar shunaqa joylashtirilganki, undan mazmun kelib chiqadi. Kichik tadqiqotlar joriy etildi. Ya’ni o‘quvchi faqat hamma narsani o‘qib-o‘rganmaydi. Balki shu kichik tadqiqotlarni bajarish orqali undan o‘zi mustaqil xulosalar chiqaradi.

    Shuhrat Sattorov:

    – Darsliklardagi eng katta muammo nimada edi? Nimaga biz darsliklardan shu qadar sovib qoldik? Chunki ularning aksarini o‘quvchini bilmagan, maktabga kirmagan mualliflar yozishgan.

    Bugun biz tarozini teng qo‘ydik. Tadqiqotlar, xalqaro tajriba bir yoqda, o‘zimizning o‘qituvchilar tajribasi, bolalarimiz qiziqishi, manfaatini himoya qiladigan muallimlar jamoasi tarozining ikkinchi pallasida.

    Biz dasturlarni chiroyli qilib yangiladik-da darsliklar yangilanmadi, o‘qituvchilar yangilanmadi. Chunki bizning sharoitda o‘qituvchilar to‘liq darsliklarga bog‘lanib qolishgan. Darslik ustoz uchun yagona qolip vazifasiga aylangan, bugun ham shu vazifani bajarmoqda. Endigi maqsadimiz — mana shu an’anani to‘xtatish. Ya’ni o‘qituvchi endi mana bu yerdagi dastur asosida harakatlanishi kerak.

    Sa’dulla Quronov

    Respublika ta’lim markazi metodisti, “Ona tili va o‘qitish savodxonligi” darsligi muallifi

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    – Har bitta darslik yozayotgan jamoaning ichida mana shu Kembrij darsliklarini yozgan va xalqaro trener bo‘lib kelayotgan xorijlik ekspertlar bor. Ularning ishtirokida darsliklarni yozamiz. Shunchaki o‘zimiz yozmaymiz. Avval dars olamiz. Trenerlik qilishadi bizga.

    Hozirgi ona tili qanaqa? Ona tili deb bo‘lmaydi, bu fan ona tili ham emas, o‘qish ham emas. Bu fan yaxlit ona tili va o‘qish savodxonligidir. Bu to‘rtinchi sinfgacha amalda bo‘ladi. Birlashtirildi. Biz ona tilini o‘qishdan ajratib kelganmiz. Lekin ona tilini bilishi uchun bola o‘qishni bilishi kerak. Ikkovi bir-biri bilan bog‘liq. Ona tilini mukammal bilgan inson to‘rtta ko‘nikmani o‘zlashtirishi kerak: o‘qib tushunish-tinglab tushunish-yozish- nutq.

    Eng katta muammolardan biri — DTM testlari bo‘lgan. Grammatikaga yopishib olishimizga yo‘l ochgan.

    Oldingi ona tili darsliklarimizga e’tibor qilsak, jarangli va jarangsiz undoshlar degan yoki ot so‘z turkumi degan mavzu bo‘lardi-a? Hozir unaqa mavzular yo‘q. O‘rniga aytganimdek, “Jurnalist bo‘lib qolsam”, uy hayvonlari yoki bir “Maktabim gazetasi muharriri bo‘lib qolsam, “O‘zim savdo qilaman”, “Bozor qilishni bilasizmi?” degan mavzular bo‘ladi.

    Shokir Yo‘ldosh

    Respublika ta’lim markazi metodisti, “Ona tili va o‘qitish savodxonligi” darsligi muallifi

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    – 2017-yilda boshlab O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga ona tili o‘qitish metodikasini yangilash topshirig‘i berilgan. O‘sha topshiriq asosida laboratoriya tashkil etilgan. O‘zim ham laborant sifatida u yerda ishlaganman. Turli davlatlarning, xususan, qardosh davlatlar yoki bizga begona uzoq mamlakatlarning ona tili o‘qitish metodikasini o‘rganib chiqqanmiz.

    Bizga birmuncha yangi soha bo‘lgan psixolingvistika va neyrolingvistika sohalari yordamga kelgan. Oldingi yondashuvimiz ham xato emasdi. Faqat tilga boshqacha qarardik. Ya’ni biz tilni grammatik qoidalar jamlanmasi, ma’lum bir struktura, konstruksiya, bitta bino qurish mumkin va hamma bir xil qurishi kerak, deyilgan qarash bilan o‘qitganmiz. Bu noto‘g‘ri demayman. Agar hammani filolog qilmoqchi bo‘lsak, butun jamiyatni filologiya sohasidagi chuqur bilimga ega inson qilmoqchi bo‘lsak, bu eng to‘g‘ri yo‘l. Lekin unaqa qilmoqchi emasmiz. Biz ijtimoiy faol fuqaroni yaratishimiz kerak.

    Mavzuga oid fikrlarning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Charos Nizomiddinova tayyorladi.

    Tasvirchi va montajchi — Ilhom Xursanaliyev

     

    16.02.2022, 15:59   Izoh (0)   38271
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Milliy rassomlik va dizayn institutini bitirgan mutaxassislarga maktablarda tasviriy sanʼat fanidan dars o‘tishga ruxsat beriladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:15

    “O‘zbekistonda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilanmoqda” — Akmal Primkulov

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:00

    Jizzaxda 40 sotix yerni 19 ming dollarga o‘zganing nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:10

    Zelenskiy Rossiya bilan bo‘lgan mojarolar fonida Aliyev bilan suhbatlashdi

    Dunyo | 1 iyul, 20:55

    Kaliforniyaliklarning 44 foizi shtatning AQSHdan ajralishini xohlashi ma’lum qilindi

    Dunyo | 1 iyul, 20:44

    Rasman: Kepa Arrisabalaga “Arsenal” bilan shartnoma imzoladi

    Sport | 1 iyul, 20:34

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    Toshkentda KIA va BMW ishtirokida poyga uyushtirgan blogerlarga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 20:30

    Sport bo‘yicha nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari oliy harbiy taʼlim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 20:26

    O‘zbekistonda nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.