“Portu” himoyachisi Pepe “Sporting”ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun jazolanishi mumkin.
Portugaliya chempionati doirasidagi “Portu” va “Sporting” o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng (2:2), jamoalarning futbolchi va xodimlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuzaga kelgandi. Hakamning o‘yindan keyingi hisobotida 38 yoshli Pepe “Sporting” direktoriga zarba bergani ham qayd etilgan.
Liganing intizom qoidalariga ko‘ra, endilikda futbolchi ikki oydan ikki yilgacha bo‘lgan muddatga futboldan chetlatilishi mumkin.
Xuddi shunday jazo “Sporting” futbolchisi Bruno Tabatani ham kutmoqda. U “Portu” direktorini turtib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, chempionatning 22-turidan o‘rin olgan “Portu” va “Sporting” o‘yini yakunlangandan so‘ng ikkala klubning deyarli barcha futbolchilari o‘rtasida janjal yuzaga kelgandi. Natijada hakam to‘rtta qizil kartochka ko‘rsatishga majbur bo‘lgan edi. “Portu” safida Agustin Markesin va Pepe, “Sporting” safida esa Joau Palinya va Tabata maydondan chetlatilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)