Tailandda yoz mavsumi boshlangani va jazirama kuzatilayotgani tufayli zaharli kobra iloni ayollar hojatxonasiga kirib joylashdi. Bu haqda Newsflare xabar bergan.
3-fevral kuni sudralib yuruvchi zaharli hayvon jaziramadan qochib Saraburu provinsiyasidagi salqin xonaga kirib olgan.
Uy egasining qizi ilonni suv turgan chelaklar atrofida kulcha bo‘lib o‘ralib yotganini ko‘rgan.
Darhol qutqaruvchilar hodisa joyiga chaqirilgan va ular ilonni uydan tashqariga olib chiqqan.
Xonadon egasi qizining baqirganini eshitib xonaga otilib kirgani va ichkarida qora ilonni ko‘rganini aytdi.
“Men qizimga darhol ko‘chaga yugurib chiqishimizni aytdim va tashqariga chiqqanimizdan keyin yordam so‘radik”, – deydi u.
Qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib kelgach, maxsus vositalarda ilonni tutib qopga solishgan va ma’lum vaqt o‘tgach kobra tabiiy sharoitga qo‘yib yuborilgan.
Tailandda havo harorati yil davomida Selsiy shkalasi bo‘yicha 30 darajadan oshadi. Dekabr oyi oxirida va yanvar boshida yillik tropik yomg‘irlar tufayli nisbatan salqinroq iqlim kuzatiladi, shuningdek, iyuldan noyabrgacha davom etadigan yomg‘irlar mavsumida ham havo iliqlashadi.
Izoh (0)