• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sun’iy ko‘z yoshlar: Jahon kinosi yulduzlari suratga olish maydonchasida “yig‘lash” uchun qanday usullardan foydalanadi?

    Har qanday aktyor uchun juda kerak bo‘ladigan mahorat — bu rejissor xohlaganda yig‘lay olish qobiliyatidir. Axir, qahramonlarning ko‘z yoshlari tomoshabinlarga ta’sir qiluvchi juda keng tarqalgan tasviriy vosita hisoblanadi. Aytaylik, qahramon kuchli jismoniy yoki ruhiy og‘riqni, qayg‘uni, umidsizlikni yoki aqlbovar qilmaydigan zavqni boshdan kechirmoqda — bu sahnalarning barchasida aktyordan “yig‘lash” talab qilinishi mumkin. Albatta, buning uchun maxsus yordamchi vositalar mavjud — masalan, sun’iy ravishda ko‘z yosh keltirib chiqaradigan qalamlar (yoki maxsus “tomchilar”). Ammo professional artistlar orasida bu faqat havaskorlar tomonidan qo‘llaniladigan insofsiz usul degan fikr mavjud. Zudlik bilan yig‘lash kerak bo‘lganda ular qanday yo‘l tutadi?

    Sabr va mashq — suratga olish maydonchasida yig‘lash muammo emas

    Brays Dallas Hovard

    Brays Dallas Hovard
    Foto: Getty Images

    Bu eng keng tarqalgan usul emas, lekin ba’zi aktyorlar borki, ular faqat o‘z kuchlari bilan haqiqiy yig‘ini keltirib chiqarishi mumkin. Albatta, bu maxsus tayyorgarlikni talab qiladi, ammo bunday mahoratga ega bo‘lgandan so‘ng, aktyor uchun talab bo‘yicha ko‘z yosh to‘kish muammo bo‘lmay qoladi. Buning yorqin misoli “Qora oyna” serialidagi jamoatchilik fikriga qaram qiz Leysi Pound rolini o‘ynagan aktrisa Brays Dallas Xovard. Televizion intervyulardan birida Konan O’Brayen — shou boshlovchisi undan yig‘lab berishni so‘raydi. Aktrisa undan nima haqida bo‘lsa ham gapirib turishi kerakligini aytadi. Konan mahalliy qurilish materiallari do‘koniga qilgan xayoliy sayohati haqida gapira boshlaydi, Braysning ko‘zlari asta-sekin yoshga to‘ladi. Ikki daqiqa ham o‘tmay, u boshlovchi ta’mirlash asboblari haqidagi gapirayotganda oilasini umrbod ko‘rmaydiganday yig‘lab yuboradi.

    Keyinchalik aktrisa yana shou muhitiga qaytadi va bu mahorat genetik emasligini tushuntiradi. “Bu texnik holat. Bu o‘rganish va o‘rgatish mumkin bo‘lgan narsa”, deydi u o‘z uslubining tafsilotlari bilan o‘rtoqlashishdan oldin. Ma’lum bo‘lishicha, Brays o‘zini boshqalarga sezdirmay esnashga o‘rgatgan. Og‘iz ichidagi yumshoq tanglayning yengil ko‘tarilishini sun’iy ravishda kuchaytirish orqali u kichik esnashlarni keltirib chiqaradi, bu esa ko‘z yoshlarini ishlab chiqarishga yordam beradi. “Siz buni bir muncha vaqt qilishingiz kerak va hatto gaplashayotganda ham”, — deb tushuntiradi u. Aktrisa, shuningdek, ushbu texnikada muhim nuqta oddiy suv ekanini qo‘shimcha qildi, uni ichish kerak. Tanada namlik yetishmasa, ko‘z yoshlarni keltirib chiqarish oson bo‘lmaydi.

    Ba’zi aktyorlar sun’iy ko‘z yosh uchun sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishga tayyor

    Jeymi Blekli

    Jeymi Blekli
    Foto: Getty Images

    “Agarda qolsam” filmi yulduzi Jeymi Blekli ham Brays Dallas Xovard singari kerak bo‘lganda yig‘lash uchun tanaga asoslangan usullardan foydalanishini aytadi. Faqat yumshoq tanglayni ko‘tarish o‘rniga, u o‘zi uchun boshqa texnikani tanlagan, bu hatto g‘alati tuyuladi va ehtimol biroz xavfli ham. 2014-yilda “Agarda qolsam” filmi namoyishiga bag‘ishlangan intervyusida u buni shunday tushuntiradi: “Tanangizdagi barcha qonni boshingizga o‘tkazishingiz kerak”. Bu usul nafaqat muhim jismoniy kuch ishlatishni o‘z ichiga oladi, balki uning salomatlikka ta’siri haqida ham savollar tug‘diradi. Tasavvur qiling-a, aktyor qonni miyaga quyadigan harakatlarni amalga oshiradi. Bu o‘z san’ati uchun azob chekishga tayyor ijodkorlar ham borligini ko‘rsatadi, deb hisoblasak ham bu usulga o‘ylamay ergashish xavfli bo‘lishi mumkin. Ammo Jeymi aygan ko‘z yoshlarini qo‘zg‘atishning yana bir usuli ancha xavfsizroq ko‘rinadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zida “ko‘chadagi bechora kuchukchaning zorlanib akillashi”ni tasavvur qilib, qayg‘u holatiga tushib qoladi. 2014-yilgi mashhur romantik dramada suratga olish vaqtida u necha marta yig‘lashiga to‘g‘ri kelganini hisobga olsak, yosh aktyorning ikkinchi usulni birinchisidan ko‘ra tez-tez ishlatganiga umid qilamiz.

    Boshqalar ilhom olish uchun xotiralarga sho‘ng‘ishadi

    Emi Adams

    Emi Adams
    Foto: Getty Images

    Emi Adams ham har qanday vaqtda yig‘lashi mumkin. Ammo u hech qanday jismoniy hiyla-nayranglarga tayanmaydi, balki xotirasining imkoniyatlaridan foydalanadi. Mashhur aktrisa turli mashhur teleko‘rsatuvlarda, jumladan, The Tonight Show va The Graham Norton Show’da o‘z uslubi qanday ishlashini bir necha bor namoyish etgan. Misol uchun, Emi bir marta qizi yangiliklarda eshitgan voqeani aytib, uning yig‘lashiga yordam bergani haqida gapirib bergan. Yangilik  Kaliforniya shaharlaridan birida chilining achchiq hididan bezovta bo‘lgan aholining shikoyati tufayli Sriracha sous ishlab chiqaruvchi zavodni yopish haqida edi. Ko‘rinishidan, aktrisa achchiq sousni shunchalik yaxshi ko‘radiki, ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqidagi xabar uning ko‘zlariga yosh olib kelgan. Endi u zudlik bilan yig‘lashi kerak bo‘lganda, bu qayg‘uli xabarni eshitgan kuniga xayolan qaytadi. Adams usuli qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu uning uchun haqiqatan ham ishlaydi.

    Aktyor vaziyatni o‘z hayoti bilan parallel olib borsa, yanada yaxshi chiqadi

    Deniyel Redkliff

    Deniyel Redkliff
    Foto: Getty Images

    Qayg‘uga sherik bo‘lishб albatta, ajoyib fazilat. Ammo ba’zida aktyor o‘z hayotiy tajribasidan foydalanib, suratga olish maydonchasida rostakamiga yig‘lashi mumkin (bu, shubhasiz, sahnani yaxshiroq his qilishga yordam beradi va ko‘proq tabiiy ko‘z yoshlarini keltirib chiqaradi). Garri Potter haqidagi filmlar yulduzi Deniyel Redkliff “Yaxshi ko‘rganlaringni o‘ldir” biografik dramasida shoir Allen Ginzberg rolini o‘ynagan. Filmni suratga olish undan ko‘p ko‘z yosh to‘kishni talab qildi, bu uning hayotidagi oson rol emasdi. “Ba’zi odamlarda bo‘ladigan sun’iy yig‘lashga o‘zingizni qanchalik ko‘p majburlasangiz, bu shunchalik noqulay va beo‘xshov bo‘ladi ... xuddi men anglagandek”, deb tan oladi aktyor Britaniyaning Vancouver Sun gazetasiga vergan intervyusida. Natijada Deniel bu his-tuyg‘ularni soxtalashtirishga bo‘lgan behuda urinishlardan voz kechdi va aktyor Gari Oldman bergan foydali maslahatlarga quloq soldi: “Shaxsiy hayotingdan foydalanishdan qo‘rqma, chunki tomoshabinlar baribir voqealar personajning emas, sening hayotingda shunday bo‘lyapti deb o‘ylashadi”. Redkliff bu roli uchun hayotidagi qaysi voqealardan foydalanganini aytmagan, lekin bunday uslub unga katta yordam berdi. “Uchta nazorat qilib bo‘lmaydigan, yurakni ezuvchi sahna... O‘shanda haqiqiy ko‘z yosh to‘kkanman. Bu birinchi marta odamlar bilan to‘la suratga olish maydonchasida sodir bo‘lgandi ... Agar hamma narsani qahramoningiz nomidan qilsangiz ham, lekin aynan o‘sha lahzada o‘zingiz bo‘lasiz”, — deb tushuntiradi u.

    Hatto Gollivudning eng mashhur aktyorlari ham qiynaladi

    Jennifer Lourens

    Jennifer Lourens
    Foto: Getty Images

    Agar san’atkorlar sun’iy ko‘z yosh to‘kish qobiliyatini rivojlantirishga ulgurmagan bo‘lsa, ba’zida ular suratga olish boshlanishidan biroz avval, kerakli vaqtda yig‘lay olishlariga umid qilishadi. “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan yosh aktrisa Jennifer Lourens buni bevosita tajribadan o‘tkazgan. Masalan, u “Ochlik o‘yinlari” filmining suratga olish maydonchasida yig‘lashiga to‘g‘ri kelganda (qizcha Ru uning qo‘lida vafot etgan sahna) motam tutayotgan odamga tashqi tomondan taqlid qilganidan keyingina haqiqiy ko‘z yoshlari paydo bo‘lganini aytadi. Ya’ni u to‘g‘ri pozitsiyani egallaydi va yig‘layotgan odamga xos bo‘lgan tana harakatlarini qila boshlaydi. “Albatta, yig‘lashim aniq bo‘lgan sahnadagina ko‘z yoshlarim oqadi”, — deydi u MTV News bilan bo‘lgan suhbatda. “Hayotimda meni bir zumda yig‘lashga undaydigan hech narsa yo‘q. Aksariyat hollarda bu o‘ziga xos standart: ko‘zingizni katta oching va sabr qiling. Keyinchalik aktrisaning aniqlik kiritishicha, bu usul ishlashi uchun ko‘zlarni uzoq vaqt davomida katta ochib turish kerak. Lourens har yili eng nufuzli kinomukofotlarga nomzod qilib ko‘rsatilishini hisobga olsak, uning qobiliyatiga, jumladan, “buyurtma bo‘yicha” yig‘lay olishiga shubha yo‘q.

    Ba’zi aktyorlarga hamkasblarining “turtki”si kerak

    Uill Smit

    Uill Smit
    Foto: Getty Images

    Uill Smit tajribali kino yulduzi bo‘lib, u har qanday sahnani uddalay oladi deb taxmin qilish mumkin. Biroq u faoliyatini endigina boshlaganida boshqa hamkasblari kabi kamera qarshisida his-tuyg‘ularini qanday ifodalashni o‘rganishi kerak edi. Uning 1990-yillardagi “Beverli Hillzlik shahzoda” teleserialidagi roli Smit uchun aktyorlik mahorati bo‘yicha haqiqiy qo‘llanma bo‘ldi – har bir yangi epizodda u yanada ishonchli o‘ynab, o‘z qobiliyatlarining yangi qirralarini namoyon etardi. To‘rtinchi mavsumning 24-qismi aktyordan chuqur qayg‘uni ko‘rsatishni talab qilardi. Ushbu epizodda Smit ijro etgan personajning otasi uning hayotida yana paydo bo‘ladi va u bilan qolishiga umid beradigan bir lahza bor. Keyinchalik esa xuddi bolaligidagi kabi to‘satdan g‘oyib bo‘ladi. Epizod oxirida Uill qahramoni nafrat, qat’iyat va kuchli hissiy og‘riqni o‘zida mujassam etgan yurakni ezuvchi monolog aytadi. O‘smirning aytishicha, otasi shu paytgacha uning hayotidagi muhim g‘alabalarga guvoh bo‘lmagan, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklamagan, muvaffaqiyati bilan qiziqmagan – endi yigit usiz ham muammolarni yengib o‘tishda davom etadi: u yaxshi inson bo‘ladi, oila quradi va yangi g‘alabalarga erishadi. Ehtimol, yosh aktyor bu sahnani ishonarli o‘ynamaganida, uning ko‘zlarida haqiqiy ko‘z yoshlar paydo bo‘lmaganida, unda bu lahza kulgili tuyulishi mumkin edi (serial komediya bo‘lgan). Ammo Smit aktyor sifatida o‘zini ko‘rsata oldi va buni uning dastlabki faoliyatidagi eng yorqin voqealardan biri deb hisoblash mumkin.

    Keyinchalik Uill Smitning o‘zi filmda amakisi rolini o‘ynagan Jeyms Averi suratga olish jarayonida unga ko‘p yordam berganini aytadi. Bu sahnada u ham ishtirok etgan. Smit shunday deb eslaydi: “Jeyms Averi meni rolimga kirishishimga tinimsiz majbur qildi. U hech qachon mening rayimga qaramasdi. Men aytgan hamma narsa, men qilgan hamma harakat Jeys Averi nazdida yetarli darajada emasdi. U: “Sening o‘z pozitsiyang bor, qayerda ekanligingga qara, qanday qobiliyatli ekaningni bil”, derdi. Shundan keyin esa: “Kechirasan-u, lekin men sendan mukammallikdan boshqa hech narsani qabul qilmayman”, degan. Smitning so‘zlariga ko‘ra, katta hamkasbining bunday “turtki”si unga kuchli his-tuyg‘ularini ko‘rsata olishiga yordam bergan.

    Ba’zilar uchun bu kasbining bir qismi xolos

    Meril Strip

    Meril Strip
    Foto: Getty Images

    Shunday aktyorlar borki, ular suratga olish maydonchasida o‘zlarining hissiyotini ko‘rsatish uchun qandaydir hiylalar, metodikalar va texnik nayranglarga murojaat qilishlari shart emas. Eng iqtidorli aktrisalaridan biri sifatida tanilgan Meril Strip ana shundaylardan biri. Texas universiteti talabalari bilan suhbatda u o‘z vaqtida yig‘lash zarurligiga o‘z ishining boshqa qismi kabi munosabatda bo‘lishini aytgan — bu o‘z vaqtida qilinishi kerak bo‘lgan vazifa xolos. “Eng qiyin narsa — o‘zing xohlamagan narsani qilishdir, — deydi u. — Umuman xursandchilik his qilmagan paytda o‘zingni quvnoq qilib ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Hayotingning eng yaxshi kunida esa yig‘lashing kerak. Haqiqatdan uzoq bo‘lgan narsani tasvirlash g‘alati va qiyin. Lekin bizga aktyorlar kerak. Ular bizga o‘z his-tuyg‘ularimizni anglashimizga yordam beradi. Ular bizga tasalli berishadi. Ularga rahmat, biz yolg‘iz emasligimizni tushunamiz”.

    Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, Meril Strip har safar suratga olish paytida ko‘z yosh to‘kishi kerak bo‘lganda, u qilayotgan ishining muhimligini eslaydi. Ehtimol, bu e’tiqodlar uning o‘z sohasida yuqori toifali mutaxassis bo‘lishiga katta hissa qo‘shgandir. Uning 90 ga yaqin rollari, 21 ta “Oskar” nominatsiyasi bor — shulardan uchtasi unga oltin haykalchalarni olib kelgan.

    Mavzuga doir:

    • Meril Strip, Emma Stoun va mashhur filmlar uchun kastingdan o‘ta olmagan boshqa Gollivud yulduzlari (foto)
    • Gollivudning uzoq yillar davomida baxtli yashab kelayotgan yulduzli juftliklari (foto)
    • “Bu ham taqdirning bir sovg‘asi”: Tom Xenks, Sheron Stoun va qandli diabet bilan yashayotgan boshqa yulduzlar
    • Orol, aksiya va aql tishi: Mashhurlarnig tug‘ilgan kunida olgan eng g‘ayrioddiy sovg‘alari (foto)

    11.02.2022, 19:56   Izoh (0)   30938
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yulduz Usmonovadan Lobodagacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarning chipta narxi qancha?

    11.02.2022, 11:41

    Instagram: Londonga ko‘chib ketayotgan Munisa Rizayeva, Toshkentga qaytgan Ra’no Shodiyeva, yosh iste’dodlarni kashf etadigan Alisher Uzoqov

    09.02.2022, 22:22

    “Akamning janozasi kuni beshta to‘y o‘tkazganman”. Yaqin insoni vafot etgan kunda ham kasbi taqоzo etadigan vazifasini ado etgan mashhurlar

    09.02.2022, 19:24

    70 yil taxtda: Yelizaveta II ning so‘nggi yarim asrda yaratgan eng chiroyli obrazlari (foto)

    09.02.2022, 13:41

    Otabek Mutalxo‘jayev yuqori lavozimda ishlaydigan amaldorning to‘yiga bormagani uchun salkam bir yil “zapret”ga tushgani haqida so‘zlab berdi (video)

    09.02.2022, 11:39

    Instagram: Yangi uyli bo‘lgan “VIA Marokand”chi Asal, unashtirilgan Marjona Mirzaaliyeva, internetni “portlatgan” psixologga parodiya

    08.02.2022, 22:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 18:51

    Rossiya Ukrainaga rekord miqdorda dron uchirdi

    Dunyo | 18 may, 18:23

    IFFHS: Barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

    Sport | 18 may, 18:10

    Jeff Bezosning qallig‘i Parijda dabdabali qiz bazmini o‘tkazdi

    Layfstayl | 18 may, 17:55

    Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.