• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Akamning janozasi kuni beshta to‘y o‘tkazganman”. Yaqin insoni vafot etgan kunda ham kasbi taqоzo etadigan vazifasini ado etgan mashhurlar

    Odatda san’atkorlar muxlislar quvonchiga sherik bo‘lishadi. Muxlislar ham sevimli ijodkoridan faqat pozitiv kayfiyat kutishadi. Ammo mashhurlar ham hamma qatori oddiy  inson. Ularning ham o‘ziga yarasha tashvishlari, dardlari bor. Quyida sizga hayotida og‘ir judolikka uchraganiga qaramay, kulib xalq xizmatida bo‘lishga majbur bo‘lgan san’atkorlar haqida hikoya qilmoqchimiz.

    Xosiyat Husanova onasi vafot etganini Samarqanddagi to‘yda eshitgan

    Foto: Instagram / @xosiyat_xusanova

    Foto: Instagram / @xosiyat_xusanova

    Aktrisa Xosiyat Husanova onasi vafot etganini Samarqanddagi to‘yda eshitgani va shoshib Andijondagi ota hovlisiga kelgani haqida so‘zlab berdi.

    Onam ketma-ket infarkt va insult xastaligiga chalinib, davolangach, ahvoli biroz yaxshilangandi. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay yana xastalik qaytaladi. Onamni ko‘rgani borsam, “Men o‘laman, tayyor tur. Faqat bir iltimos o‘lganimdan keyin ham uyimga kelib, jigarlaringni to‘plab Qur’on tilovat qilgin. Keyin yaqinlaringga beradigan moddiy yordamingni to‘xtatmagin”, dedi.

    Aksiga olib ertangi spektaklda ishtirok etishim kerak edi, dublyorlarim esa o‘rnimga chiqishga vaqtlari yo‘qligini aytishgan. Aksiga olib, o‘sha vaqt teatrdan tinmay qo‘ng‘iroq qilishdi.O‘shanda onam ‘Qachon o‘lishim noma’lum, ishdan qolma’, deb poytaxtga ketishimga ko‘ndirdi. Spektaklda rol o‘ynab, ertasi kuni tongda Samarqanddagi to‘yga ketganman. To‘y avjida, biror xabar kelsa deb telefonimni qo‘limdan qo‘ymayman. Shu payt uydan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va onam omonatini topshirganini aytishdi. Mikrafonni yordamchi hofizga berib, ichkari xonaga kirdim va chuqur nafas oldim. Ortimdan to‘y egalari kirib, nima bo‘lganini so‘rashdi. Onam o‘lganini bilishgach, to‘yni tugatmasdan ketishimga ruxsat berishdi. Haq olmayman, deyishimga qaramay, pulni ochiq mashina eshigidan tashlab, ‘Sizning haqqingiz, biz rozimiz’, deyishgandi. Samarqanddan Andijonga kelguncha ichimdan nimalar o‘tganini tasvirlab berolmayman”, — deydi aktrisa.

    Hosila Rahimova otasidan judo bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, konsert bergan

    Foto: Instagram / @hosila_singer

    Foto: Instagram / @hosila_singer

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimovaning otasi Ibrohim hoji 2006-yilning 10-mart sanasida vafot etgan. Xonanda oradan hech qancha vaqt o‘tmay, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida yangi konsert dasturini namoyish etgan.

    “Otamning o‘limi oilamiz uchun og‘ir zarba bo‘lgan. Ko‘nglimga hech nima sig‘maydigan ahvolda bo‘lsam ham bayram dasturlarida ishtirok etishga majbur bo‘lganman. Eng yomoni yakkaxon konsert dasturimga ham hech qancha vaqt qolmagandi. Uni ortga sursammikan, deb o‘yladim, ammo atrofimdagi insonlar ko‘nishmadi. Ko‘nglimga qil sig‘maydigan paytda konsertda qo‘shiq aytib kuylaganman. Ota haqidagi qo‘shiqni aytganimda butun zal yig‘lagan, ammo sahna etikasiga xilof ish qilmaslik uchun o‘zimni qo‘lga olganman. Sahnada kulib, konsertdan keyin rosa yig‘laganman”, — deydi xonanda.

    Otabek Mirzaxolov: “Otam vafot etganida konsertda chiqish qilishga Jahongir Poziljonov ko‘ndirgan”

    Foto: Instagram / @otabekmirzaholov

    Foto: Instagram / @otabekmirzaholov

    “Bravo” jamoasining a’zosi Otabek Mirzaxolov uchun 2018-yilgi konsert juda qiyin kechgan. Chunki konsert boshlanishidan bir kun avval Otabekning padari buzrukvori vafot etgan.

    “U kunlarni eslash men uchun juda og‘ir. Konsertga tayyorgarlik avjida edi, 10-sentabr kuni tongda otam vafot etdi. Yig‘lab turib, odamlarni kuldirish oson emas. Shu bois, konsertga chiqmayman, dedim. Ammo bir kun qolganda konsert rejasini o‘zgaritirish hamkasblarim uchun noqulaylik tug‘dirishini ham yaxshi bilardim. O‘shanda ustozim Jahongir Poziljonov kelib, onam bilan uzoq vaqt suhbatlashgandi. Keyin meni chaqirishdi. O‘shanda men qabristondan endigina qaytgandim. Xullas, ular menga bu vaziyatda o‘zimni qo‘lga olishim kerakligini va ko‘plab san’atkorlarning boshiga xuddi shunday musibat tushganini aytishdi. Kechga yaqin ustozim hamrohligida Toshkentga yo‘l oldik. O‘sha yilgi konsert dasturidagi ishtirokim nihoyatda qiyin kechgandi”, — deydi Otabek Mirzaxolov.

    Mavluda Asalxo‘jayeva: “Otam ularga atab aytgan qo‘shig‘imni eshitishga ulgurmagan”

    Foto: Instagram / @mavludauz

    Foto: Instagram / @mavludauz

    O‘zbekisonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevaning otasi Abdurahmon hofiz ham qizining yakkaxon konsert dasturi kuni vafot etgan.

    “U kun sahnaga chiqishim juda og‘ir kechgan. Eng alam qilgani o‘sha yilgi dasturda ilk marta otamga bag‘ishlab qo‘shiq aytishni rejalashtirgandim. Bir kun avval ukalarim qo‘shiqni dadamga aytib bering deyishganda, yo‘q ertaga konsertda eshitadilar, degandim. Dadam konsert uchun atayin Toshkentga kelgandi. Necha kun bo‘lasiz deganimda, konsertining besh kunida ham yoningda bo‘laman degandi. Afsuski, konsertning ilk kunida — erta tongda jonlari uzildi. Konsertni qoldirishning iloji bo‘lmagani uchun ko‘zlarim shishib katta sahnaga chiqishga majbur bo‘lganman. Ayniqsa, otamga bag‘ishlangan qo‘shiqni aytganimda butun zal yig‘lagandi. Eng qizig‘i, ilk konsert kunida ko‘rinish bergan kapalak konsertning beshinchi kuniga qadar uchib ketmagan. Armonim haqida ko‘p so‘rashadi, men o‘sha yilgi konsertda xalqqa otamni tanishtirib, unga atalgan qo‘shiqni aytishni reja qilgandim. Afsuski, bu menga ushalmas armon bo‘lib qoldi. Ulg‘ayganimda yetim bo‘lib qoldim”, — deydi xonanda.

    Shukurullo Isroilov: “Onam vafot etganini to‘yda eshitdim”

    Foto: Instagram /@shukurullo_isroilovoriginal

    Foto: Instagram /@shukurullo_isroilovoriginal

    Ikki yoshida otasidan ayrilgan qiziqchi Shukurullo Isroilov 2015-yilda onasidan ham ayrildi. O‘sha kuni u Buxoroda to‘yda edi.— 2015-yili 27-mart kuni onam rahmatli 80 yoshni qarshilagandi. Onamni sanatoriyaga davolatgani yotqizgandim, ammo ertalab u yerga borib tabrikladim. Tandir go‘sht va shirinliklar buyurtma qilib, dasturxon yozdik. Ammo uzoq qololmadim. Chunki shu kuni kechqurun Buxoroda to‘yim bor edi. To‘y qizigan paytda ‘Onangiz vafot etdi’ degan sovuq xabar keldi. Amallab to‘yni tugatib Toshkentga qaytdim. 28-mart kuni peshinda onamga janoza namozi o‘qildi. O‘sha kuni ‘Mirzo’ teatrining navbatdagi konsertiga start berilardi. Mirzabek akaning oldiga kelib, konsertda chiqolmasligimni aytdim. Hammaning boshi qotgan bir necha soatdan keyin konsert, sahnalarning barchasi bir-biriga uzviy bog‘liq. Tomoshani qoldiraylik desak, chiptalar to‘liq sotilgan. Shunda ustozlar menga qanchalik og‘ir bo‘lsa ham, konsertda chiqishim kerakligini aytishdi.Konsert boshlandi, odamlar kulaman deb kelgan men esa ich-ichimdan yig‘layman. Ammo muxlislarga musibatda ekanimni bildirganim yo‘q. Ammo Mirzabek aka konsert so‘nggida ‘Shukurullo bugun onasidan ayrildi, ammo sizlarni hurmat qilib konsertga keldi’, deganda butun zal qarsak chalgandi”, — deydi Shukurullo Isroilov.

    Dilshod Musabekov: “Yig‘lab turib, odamlarni kuldirish qiyin”

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    Foto: Instagram / @dilshodbek_musabekov_dizayn

    “Dizayn” kulgi jamoasining a’zosi Dilshodbek Musabekov 2012-yil otasi vafot etgan kunning ertasiga konsert dasturida ishtirok etishiga to‘g‘ri kelgan. Afsuski, kasb mas’uliyati sabab, u dardini ichga yutib, xalqni kuldirishga majbur bo‘lgan.“Dadamni yo‘qotish juda og‘ir bo‘lgan. Ertasi kuni konsert bo‘lishi kerak, ammo ko‘nglimga qil ham sig‘maydigan holatda edim. Jamoadagi yigitlar kelib, ‘Istasangiz konsertni qoldiramiz. Hech qanday muammo bo‘lmaydi, havotir olmang’, deyishdi. Chunki ularning ham ahvoli u qadar yaxshi emasdi. Biz avvaldan oilaviy do‘st bo‘lganimiz uchun bir-birimizning quvonch-u, g‘amimizga sherik edik. Shunda onam nima bo‘lgan taqdirda ham sahnaga chiqishib kerakligini va belgilangan konsertni qoldirishga haqqim yo‘qligini tushuntirdi. Xo‘p, deb konsertda ishtirok etdim. Yig‘lab turib odamlarni kuldirish naqadar og‘ir ekanini o‘shanda bilganman”, — deydi Dilshodbek Musabekov.

    Yulduz Usmonova: “To‘yga chiqib ketayotganimda ‘akangiz o‘tib qoldi’, degan xabar kelgan”

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova kasb mas’uliyati sabab katta akasi vafot etganda, to‘ylar sabab janozaga kechikib borgani haqida so‘zlab bergandi.

    “Kiyinib, to‘yga chiqib ketyapman, ‘Akangiz vafot etdi’, degan xabar keldi. Qotib qoldim. Nima bo‘lgan taqdirda ham ishimni tugatishim kerakligini his qilib, xizmatimni ko‘ngildagidek ado qilganman. Faqat oxirgi to‘ydagi so‘nggi qo‘shiqni aytayotganimda yig‘lab yuborganman. Ungacha muxlislarni dardimga sherik qilishni istamaganman. Janozaga biroz kechikib bo‘lsa-da, yetib borganman. Chunki bizda hozirgi ba’zi xonandalarda yo‘q kasb mas’uliyati bor. San’atkor bunday vaziyatlarga hamisha tayyor bo‘lishi kerak”, — deydi Yulduz Usmonova.

    Mavzuga doir: 

    • Bolaligida duduqligi sabab kamsitilgan, rafiqasi va ikki farzandidan ayrilgan AQSh prezidenti — Jo Bayden hikoyasi
    • Infarkt, xotira yo‘qolishi, zaharlanish. Og‘ir kasalliklarni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • Mudhish yo‘l-transport hodisalariga uchrab, omon qolgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    09.02.2022, 19:24   Izoh (0)   187309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    70 yil taxtda: Yelizaveta II ning so‘nggi yarim asrda yaratgan eng chiroyli obrazlari (foto)

    09.02.2022, 13:41

    Otabek Mutalxo‘jayev yuqori lavozimda ishlaydigan amaldorning to‘yiga bormagani uchun salkam bir yil “zapret”ga tushgani haqida so‘zlab berdi (video)

    09.02.2022, 11:39

    Instagram: Yangi uyli bo‘lgan “VIA Marokand”chi Asal, unashtirilgan Marjona Mirzaaliyeva, internetni “portlatgan” psixologga parodiya

    08.02.2022, 22:28

    Amerikalik xonanda Billi Aylish konsertida tiqilinchda qolib ketgan muxlisining hayotini saqlab qoldi (video)

    08.02.2022, 20:39

    “Jigarimning 60 foizini olib tashlashdi”. Aktrisa Ra’no Shodiyeva ilk marta qanday kasallikka chalingani haqida so‘zlab berdi (video)

    08.02.2022, 16:29

    Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan modeli Kayli Jenner ikkinchi marta ona bo‘ldi

    08.02.2022, 11:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tashabbusli byudjet”ning navbatdagi ikki mavsumida 823 ta mahalla ishtirok etmaydi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 08:45

    Vladimir Zelenskiy Ukraina mudofaa vazirini o‘zgartirish niyatida

    Dunyo | 15 iyul, 08:25

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.