Toshkent viloyatida sudyalik qasamyodini buzgan sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar qildi.
Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi Oybek Toshpo‘latov lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Shuningdek, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:
- Oliy sudining sudyasi V.Sattorova;
- Andijon viloyat ma’muriy sudining raisi M.Salimov;
- Andijon viloyat sudining raisi T.Meliboyev;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining raisi S.Rahmatullayev;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi B.Qutliyev intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Izoh (0)