Jaloliddin Usmonov 8-fevral kuni Xalqaro press-klub raisi etib saylandi, deb xabar bermoqda press-klub matbuot xizmati.
U 2021-yilning 13-iyulidan buyon Markaziy saylov komissiyasi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. 2020-yilning 17-martidan Oliy Majlis Senati raisining matbuot kotibi bo‘lgan, unga qadar Xalqaro press-klubda bo‘lim boshlig‘i, ijrochi direktor sifatida mehnat qilgan.
Xalqaro press-klubning avvalgi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ketgan Firdavs Abduxoliqov o‘rniga O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi etib saylangandi.
Izoh (0)