• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Styuardessalik uchun chiroyli qad-qomat, pul va tanish-bilish bo‘lsa bas, degan qarashlar mutlaqo noto‘g‘ri. Hammasi bilim va mahoratingizga bog‘liq”. Bort kuzatuvchilarining sermashaqqat kasbi sirlari

    Bu kasb bir qaraganda jozibali, o‘ta zavqliga o‘xshaydi. Ayniqsa, bolalikdagi “Styuardessa bo‘laman” degan orzu hammasidan shirin. Lekin ezgu tilak vaqt o‘tib yo ushaladi, yoki yo‘q. Bunga sabablar turlicha. Kimdir soha bo‘yicha ma’lumot topolmasligi, qayerga murojaat qilishni bilmasligi, turfa qiyinchilik va imtihonlardan cho‘chib, yarim yo‘lda qolib ketishi mumkin. Ammo ahdida sobit, maqsadi yo‘lida past-balandlardan qo‘rqmaydiganlargina orzusiga erishishini qahramonlarimiz isbotlab bergan. “Daryo” ko‘pchilikka qizig‘-u, lekin sirlari ko‘p bort kuzatuvchilarining osmondagi hayoti, parvoz mashaqqatlari haqida batafsil ma’lumot beradi.

    Sitora Karimova, 23 yoshUzbekistan Airways aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi

    Foto: Sitora Karimovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Sitora Karimovaning shaxsiy arxividan

    – Hech qachon bort kuzatuvchisi bo‘laman, deb o‘ylamaganman. Aeroportga shunchaki, qandaydir ish bormi, yo‘qmi, deb bilishga kelganman. Chunki avvaldan qiziqardim. Samolyotlarni ko‘rganimda havasim kelardi, juda boshqacha bo‘lsa kerak derdim.

    Birinchi kelganimda maxsus kiyim-boshdagi bo‘ylari baland, chiroyli styuardessalarni ko‘rib, ulardan murojaat qilishimni so‘raganman. Yo‘l-yo‘rig‘ini tushuntirishgan. Keyin aytilgan hujjatlarni topshirib, saralashdan o‘tdim. Mana, hozir bort kuzatuvchisiman.

    Lekin birinchi martadayoq emas. Saralashning ikkinchi bosqichida ingliz tilidan bilimim yetarli darajada bo‘lmagani uchun “yiqilganman”.

    Odamda motivatsiya-ishtiyoq bo‘lishi kerak. Shu ishni egallashni o‘zi xohlasin. O‘zim ham bort kuzatuvchisi bo‘laman, demaganman. Shunchaki, aeroportda ishlayman, samolyotlarni ko‘rib yuraman, ularni oldida bo‘laman, deb orzu qilardim, xolos.

    Sabinaxon Nazirova, 29 yoshAsiana Airlines aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi

    Foto: Sabinaxon Nazirovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Sabinaxon Nazirovaning shaxsiy arxividan

    – Yoshligimda orzu qilardim-u, kun kelib, shu sohada ishlayman deb jiddiy o‘ylamasdim. Uch yil dasturchi bo‘lib ishladim. Negadir bu soha meniki emasligini sezdim. Zerikdim. Bir joyda o‘tirib, faqat kompyuterga termulib ishlash men uchun emasligini tushundim. Keyin boshqa ish qidira boshladim. Facebook tarmog‘i orqali tanlov bo‘layotganini ko‘rib, ma’lumotnomamni yubordim. Suhbatga chaqirishdi. Aytilgan kuni bordim. Ko‘pchilik edik, taxminan, 320 nafar qiz to‘plangandi. Hammaga bir daqiqadan vaqt berildi. Belgilangan vaqtda o‘zingiz haqingizda ingliz tilida batafsil gapirib berishingiz kerak edi. O‘shanda tilni bilardim-u, onalik ta’tilidan chiqqanimdan so‘ng sal sustlashib qolgandim.

    Imtihondagi holatimdan ko‘nglim to‘lmay, “Bo‘ldi, o‘tmadim”, degan xulosaga keldim. Sal o‘tib, pochtamga 1-bosqichdan o‘tganim to‘g‘risida xat keldi. Kutmagandim. Birinchi suhbatdan keyin o‘zimga ishonchim so‘nib bo‘lgandi.

    Ikkinchi bosqichga bordim. Koreys aktyor, aktrisalari haqida fikrimni so‘rashdi. Nima deyishni ham bilmayman. Amallab javob berdim. Ingliz tilidan yozma imtihon o‘tkazishdi. Keyin bo‘yimiz, vaznimizni o‘lchashdi. Bo‘yingiz 160 santimetrdan yuqori bo‘lishi kerak. Bu narsani nima uchun talab qilishlarini ishga kirganimdan keyin bilganman.

    Ikkinchi suhbatdan ham o‘tdim. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqti keldi. Uchinchi bosqichda 30 nafarcha qiz qoldik, raqobat kuchli edi. Yurak, qon bosimi, eshitish, ko‘rish qobiliyatimizni tekshirishdi. Oxiri 300 dan 9 nafar qiz qoldik. Buni omad, desak ham bo‘ladi.

    Rustam Davletov, 23 yoshUzbekistan Airways aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi

    Foto: Rustam Davletovning shaxsiy arxividan

    Foto: Rustam Davletovning shaxsiy arxividan

    – Ishga 2019-yilda kirganman. Yoshlikdagi orzu shu yerga yetakladi. Tanlov e’lon qilingan, baxtimni sinab ko‘rdim. Ingliz tili, geografiya, tarixdan savollar berilgan. O‘zbek va rus tillarida suhbat bo‘lgan. Tanlovdan bittada o‘tganman, omadim kelgan. Shundan keyin o‘qishimiz boshlandi, bizga ingliz, o‘zbek va turli psixologik fanlar, metereologiya darslari o‘tilgan. Darslar qiyin emas, juda qiziqarli bo‘lgan.

    Toshkent aviasozlik kasb-hunar kollejini tamomlaganman. Uydagilarim avtomobil va yo‘llar yo‘nalishida o‘qishimni xohlashgandi. Hujjatlar qabuli tugashiga ikki kun qolganda o‘zim xohlagan yo‘nalishga topshirdim.

    – Ilk parvozingizda nimalarni his qilgansiz?

    Sitora Karimova: Birinchi sinov reysimda samolyot ichidagi narsalarni haqida so‘rashgan. Nima qayerda joylashgan, qanday xizmat ko‘rsatish kabi. Hammasini bilsangiz ham hayajondan o‘zingizni yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin. Parvozdan emas, savol-javobdan ozroq cho‘chiganman. Lekin hammasi yaxshi o‘tgan.

    Sabinaxon Nazirova: Tepalik, tog‘larga chiqishga qo‘rqsam ham, samolyotda uchishdan hech qachon qo‘rqmaganman. Ilk parvozim esimda. Kichik yo‘nalishda Xitoyga uchganmiz. Unda biz amaliyotchi bo‘lib boshqa styuardessalarning ishini kuzatganmiz. O‘zimning mustaqil, dastlabki parvozim esa Tailandga bo‘lgan. Yonimizda katta boshlig‘imiz, ya’ni menejerimiz turadi. Birinchi menejerim juda qattiqqo‘l ayol edi. Bir so‘zni xato aytganimda yo‘lovchilar oldida urishib, dakki bergan. Kayfiyatimga juda yomon ta’sir qilgan.

    Rustam Davletov: Birinchi parvozim yodimda. Hamkasbimning tug‘ilgan kuni edi. Brifingda barcha bort kuzatuvchilarining kayfiyati chog‘ edi. O‘zi har doim yaxshi, ammo o‘sha kuni boshqacha edi.

    – Eng uzoq davom etgan parvozingiz qayerga bo‘lgan va necha soat davom etgan?

    Sitora Karimova: Eng uzog‘i Vladivostokka bo‘lgan, taxminan, 7 soat uchganmiz.

    Sabinaxon Nazirova: Hozirgacha 25 dan ortiq mamlakatda bo‘ldim. Uzoq davom etadiganlari 13-14 soatlik parvozlar Yevropaga, asosan, Fransiya, Barselona, Sidney, Londonga bo‘ladi.

    – Yo‘lovchilarning noodatiy iltimoslari bo‘lganmi?

    Sitora Karimova: Bo‘lib turadi, chunki odamlar ham har xil. Bir yo‘lovchi sizlarda sushi bormi deb so‘ragan. Sushi buyurtirib, bortda yemoqchi bo‘lgan. Afsuski, samolyotda sushi bo‘lmaydi. Yana bir qiziq voqealardan biri, yo‘lovchilar chiqib ketgandan keyin biz samolyotda nimadir qolib ketdimi, yo‘qmi tekshirishimiz kerak. Tekshirayotgan vaqtimda o‘rindiqning ortida qog‘ozchaga chiroyli qilib “Kattakon rahmat!” deb minnatdorlik xatini tashlab ketishgan.

    Sabinaxon Nazirova: Eng kulgili desam ham, achinarli desam ham bo‘ladi. Bizning o‘zbeklar ko‘p Coca-Cola so‘rashadi. Boshqa davlatlarga uchganimizda 2 tagina kola ochilsa, 8 tasi qoladi. Lekin O‘zbekistonga uchganimizda umuman yetmasdi. Koreys hamkasblarim “Nima, O‘zbekistonda Coca-Cola yo‘qmi yoki qimmatmi?” deb so‘rashardi. Bu men uchun kulgili, ham uyatli savol. Bilmayman nima uchun bunday. Boshqa yaxshi ichimliklar ham bor, lekin aynan Coca-Cola so‘raydilar.

    Rustam Davletov: Samolyot uchayotgan paytda silkinish bo‘layotgandi. Bir yo‘lovchi ekonom klassda o‘tirgandi. Baqirib “Samolyotni to‘xtating, to‘xtating!”, deb hammani vahimaga soldi. Bort kuzatuvchilari ham bunday silkinish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, kamar taqib o‘tiradi, salonda yurish mumkin emas. Men ham o‘tiribman, ularni ovozini eshitib, silkinish sal pasaygach oldiga bordim. Tushunaman: qo‘rqyapti. O‘zim bilan dori oldim-da, yo‘lovchiga yuzlandim: “Nega xavotir olasiz? Yoningizdamiz. Siz bilan birgamiz. Xavotir olmang! Qo‘lingizdan ushlab olib chiqaman samolyotdan, hammasi yaxshi bo‘ladi”, deya tinchlantirdim. Shundan keyin tezda o‘ziga kelib, jilmayib qo‘ydi. Bizning ishda tinchlantirishni bilish kerak.

    – Faoliyatingiz davomida qiziqarli holatlarga ham uchrab turasizmi?

    Sitora Karimova: Ba’zan silkinishlar payti ayrim yo‘lovchilar qo‘rqishga tushadi. Vahimachilar bo‘ladi. Oldimizga kelib, menga tez yordam kerak, o‘zimni yomon his qilyapman deyishadi. Lekin ularning qon bosimini o‘lchaganimizda hammasi joyida bo‘ladi. Shunda yo‘lovchilarga chiroyli muomala qilib, yaxshi gapirib: “Qahvami yoki choy? Nima ichasiz? Shuni ichsangiz, o‘zingizga kelasiz” deb yaxshi gapirib vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz.

    Sabinaxon Nazirova: Sal aqli joyida emasmi yoki mastmi, nimadir chekib olganmi bilmadim. Shunday yo‘lovchi chiqqan. Qayerda o‘tirganini ham tushunmaydi, hatto samolyotning eshiklarini ham ochmoqchi bo‘lgan. Samolyot hojatxonasiga kirib sigaret ham chekkan. Bu juda ham xavfli holat. O‘sha parvozim qiyin bo‘lgan. Naq 7 soat shu yo‘lovchining ortidan yurganman.

    – Kasbingiz sizga nimalarni o‘rgatdi? Qanday xislatlarga ega bo‘ldim deb o‘ylaysiz?

    Sitora Karimova: Bort kuzatuvchisi bo‘lishdan oldin juda ko‘p gapirardim-u, odamlarni eshitmasdim. Styuardessa bo‘lgach, atrofimdagilarni ko‘proq eshitishni o‘rgandim. Odam nima xohlayotganini bilish uchun avval eshitishi kerak. Samolyotda, masalan, 150 yo‘lovchi bo‘lsa, 150 xarakter, kayfiyat degani. Bu hayotda ham asqatadi, chunki sabrli bo‘lishni, eshitishni va yaqinlarimga ko‘proq vaqt ajratishni o‘rgandim. Parvozlar vaqtingizni olib qo‘yadi. Shuning uchun yaqinlarimni qadrlay boshladim.

    Sabinaxon Nazirova: Hayotda juda ham yig‘loqiman. Yana ham ko‘proq sog‘inadigan bo‘ldim uydagilarni. Aksar holatlarda, bayram va to‘ylarda oilamni tashlab ketish qiyin. Sabr qilishni, har xil insonlarni ko‘rib ularni psixologiyasini o‘rgandim, deb o‘ylayman.

    – Styuardessalik uchun chiroyli tashqi ko‘rinish, pul va tanish-bilish bo‘lsa bas, deyishadi. Bunga qanday qaraysiz?

    Sitora Karimova: Bundan deb hisoblamayman. Chunki aviatsiya sohasiga o‘zim kirib kelganman. Birov yordam bermagan. Saralashdan o‘tib, bilimingizni isbotlasangiz bas. Pul va chiroyli tashqi ko‘rinish – noto‘g‘ri tushuncha. Hammasi faqat o‘zingizga bog‘liq. Bilimi bo‘lgan har bir o‘g‘il-qiz bort kuzatuvchisi bo‘lishi mumkin.

    – Bu kasbni yana “samolyotda ofitsiantlik qilish” deydi ayrimlar. Aslida ularning vazifasi nimalardan iborat?

    Sitora Karimova: Birinchi o‘rinda xavfsizlik. Xizmat ko‘rsatish keyingi o‘rinda. Bizga turli vaziyatlarda, avariya holatlarida qanday qilib yo‘lovchilarga yordam berish, evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishlarni o‘rgatishgan. Parvoz payti hatto tug‘uruqni ham qabul qilishga tayyormiz.

    Sabinaxon Nazirova: Styuardessalarning ilk vazifasi yo‘lovchilarning manziliga yetib borgunigacha xavfsizlikni ta’minlash. Xizmat ko‘rsatish bu oxirgi o‘rinlarda. Samolyotda har xil vaziyat bo‘lishi mumkin. Kimningdir sog‘lig‘i yomonlashsa, tug‘uruq holatlarida birinchi tez yordam ko‘rsatishni bilish kerak. Odamlar aytganidek, bu faqat ofitsiantlik degani emas. Mas’uliyati katta. Favqulodda holatlarda yerga, suvga qo‘nishga to‘g‘ri keladi. Shunday vaziyatda birinchi navbatda yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish, qutqarish kerak.

    Rustam Davletov: Hamma odamni hurmat qilish kerak. Qiz bolami, o‘g‘il bolami, ofitsiantmi, farroshmi va bu ishda kim xohlasa, ishlashi mumkin.

    Suhbatning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Sevara Mirzarahimova suhbatlashdi. 

    Tasvirchi va montajchi – Ma’murjon Obrahmatov. 

    Suratga olish ishlarida yaqindan yordam bergan “Marmaristour.uz” tur agentligiga minnatdorlik bildiramiz.

    01.02.2022, 21:45   Izoh (0)   111291
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “El-Klasiko”lar tarixida o‘ziga xos seriya qayd etildi

    Sport | 12 may, 08:48

    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

    Reklama | 12 may, 09:00

    Polsha Rossiyani savdo markazini yoqib yuborganlikda aybladi

    Dunyo | 12 may, 08:38

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.