“Paxtakor”ning sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze Angliya klubi bilan shartnoma imzoladi.
48 yoshli mutaxassis “Hall Siti” bilan ikki yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Arveladzening so‘nggi klubi “Paxtakor” bo‘lgandi.
Gruziyalik murabbiy Toshkent klubini 2017-yildan 2020-yilga qadar boshqargan va ikki martadan O‘zbekiston chempionligi (2019, 2020) hamda O‘zbekiston Kubogini (2019, 2020) qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, Arveladze “Kayserispor”, “Qosimposho” va “Makkabi” jamoalarida ham faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, “Hall Siti” Chempionshipning (nufuzi bo‘yicha Angliyada Premyer Ligadan keyingi o‘rinda turuvchi musobaqa) 27 o‘yinidan so‘ng 29 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)