Angliya Premyer Ligasida yanvar oyining eng yaxshisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.
Yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun Pep Gvardiola (“Manchester Siti”, 3 g‘alaba va bitta durang), Yurgen Klopp (3 g‘alaba va bitta durang), Brunu Laje (“Vulverhempton”, 3 g‘alaba) va Din Smit (“Norvich”, 2 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat) kabi murabbiylar kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola bo‘lgan edi.
Shuningdek, liga o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini ham e’lon qildi. Bular: David de Xea (“Manchester Yunayted”, 4 o‘yin va 4 o‘tkazib yuborilgan gol, 22 ta seyv), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, 3 o‘yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatma), Jerrod Bouen (“Vest Hem”, 4 o‘yinda 3 ta gol), Jek Harrison (“Lids”, “Vest Hem”ga qarshi o‘yinda het-trik), Joau Moutinyo (“Vulverhempton”, 3 o‘yinda 2 ta gol va bitta golli uzatma) va Jeyms Uord-Prouz (“Sauthempton”, 3 o‘yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatma).
Dekabr oyida mazkur sovrinni “Manchester Siti” vingeri Rahim Sterling qo‘lga kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)