• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘iz-tojik chegarasida navbatdagi nizo kuzatildi. Asosiy ma’lumotlar

    Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududlaridan birida ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma yuz berdi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasining davlat chegara xizmati axborotiga tayanib, “TASS” xabar qilgan.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    “Qirg‘iz-tojik chegarasida keskin vaziyat hukmronlik qilmoqda. Qirg‘iziston va Tojikiston chegara xizmatlari olib borgan muzokaralar yakuniga ko‘ra Botken–Isfara yo‘nalishida Tojikiston fuqarolari tomonidan to‘sib qo‘yilgan To‘rt-Ko‘cho qishlog‘i yo‘li yana qayta ochilgan”, – deyiladi chegara xizmatining xabarida.

    “Ammo mahalliy vaqt bilan soat 19:35 da (Toshkent vaqti bilan 18:35) Botken tumanining Chir-Dobo qishlog‘i yaqinida tojik tomoni o‘qotar quroldan foydalangani va qirg‘iz chegarachilariga o‘q uzgani tufayli vaziyat yana yomonlashgan. To‘rt-Ko‘cho va Chir-Dobo qishloqlari hududida Qirg‘iziston va Tojikiston chegara qo‘shinlarining askarlari ishtirokida o‘zaro otishmalar kuzatilgan. Tojik tomoni minomyotlar va granatomyotlardan foydalangan”, – deyiladi xabarda. Halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

    Tojikiston chegarasiga yaqin hududdagi qishloqlarda yashovchi aholi keskin vaziyat tufayli o‘z xonadonlarini tark etgan, deyiladi “24.kg” xabarida.

    “Chegarachilar o‘rtasidagi nizo sodir bo‘lgan hududga yaqin qishloqlarda yashaydigan odamlar xonadonlarini tark etmoqda”, deyiladi xabarda. Shuningdek, agentlikning yozishicha qirg‘iz-tojik chegarasi uchastkalaridan biridagi otishma hanuz davom etmoqda.

    Qirg‘izistonning Botken viloyati ma’muriyati bergan ma’lumot bo‘yicha konflikt kuzatilgan hududda avvalo ayollar, bolalar va keksa yoshli kishilar xavfsiz joyga o‘tkazilgan.

    Voqea joyiga Botken viloyati davlat xavfsizlik xizmati qo‘mitasi chegara xizmati boshlig‘i Qiyalbek To‘lanbayev va Botken chegara otryadi rahbari Rustam Mirshakirov yetib kelgan. “Mazkur hududdagi Botken viloyatining chegara bo‘linmalari kuchaytirilgan tartibga o‘tkazilgan”, – deyiladi idora bayonotida.

    Tojikiston chegara xizmati xodimlari ham Qirg‘iziston bilan chegarada sodir bo‘lgan hodisa tufayli kuchaytirilgan tartibga o‘tkazilgan va bu haqda mamlakat maxsus xizmatlaridagi manba “TASS”ga ma’lum qilgan.

    “Tojik-qirg‘iz chegarasida yuzaga kelgan keskinlik sababli Tojikiston chegara xizmati xodimlari xizmatni o‘tashning kuchaytirilgan tartibiga o‘tkazilgan”, – deya agentlikka ma’lumot bergan Tojikiston hukumatidagi manba.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkala tomonning ham mahalliy hokimiyat vakillari nizoni hal etish yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirmoqda.

    Keyinroq yana Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasining chegara xizmati yana bir bayonot bilan chiqish qildi va tojik chegarachilari otishmani to‘xtatishni istamayotgani, ular tomonidan ikki tomonlama kelishuvlar, xalqaro huquq me’yorlariga zid bo‘lgan Tojikiston Qurolli kuchlarining qurollari ishlatilayotganini qayd etdi. Tojikiston minomyotlardan muayyan nishonga aniq o‘t ochayotgani, asosan, chegara zastavalari va elektr tarmoq liniyalariga hujum qilinayotganini bildirdi.

    Asia-Plus nashri Isfara shahri yaqinidagi Somoniyon qishlog‘ida chegaradagi nizo tufayli yaralanganlar soni 11 nafarga yetganini xabar qildi. Xabarga ko‘ra, o‘qotar quroldan yaralangan 8 nafar harbiy va uch nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan. Ularning holat barqaror va jabrlanganlarga travmatologiya bo‘limlarida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. “AKIpress” esa Qirg‘iziston tomonda 4 nafar harbiyga jarohat yetganini bildirgan. Ular Ko‘k Toshdan Botkendagi viloyat shifoxonasiga olib ketilgan. Harbiylar oskolka, ya’ni minomyot zarbasidan keyin uchib kelgan parcha tegishi oqibatida yaralangan.

    Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Stanislav Zas tojik va qirg‘iz tomonlarini jangovar harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirgan. Bu haqda KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov ma’lum qilgan. Zas Tojikiston xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzoda hamda Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imankulov bilan telefon orqali suhbatlashgan.

    Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bu kabi nizolar 1990-yillardan buyon kuzatiladi, ularga ikki davlat o‘rtasida 950 kilometr chegara hududi belgilab olinmagan va unda ikki tomon kelisha olmayotgan bahsli joylar juda ko‘p. Chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish yuzasidan muzokaralar 2002-yilda boshlangan va shu kunga qadar ikki yuzdan ziyod komissiya yig‘ilishlari o‘tkazilib, ishchi guruhlar tuzilgan. Ayni vaqtda delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha chegaraning 550 kilometrga yaqin liniyasi tartibga solinishi boshlangan. Biroq ikki mamlakat o‘rtasida vaqti vaqti bilan goh aholi, goh chegarachilar o‘rtasida nizolar, otishmalar sodir bo‘lishi to‘xtagani yo‘q.

    27.01.2022, 23:01   Izoh (0)   53686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kataloniyada jodugarlikda ayblanib, qatl qilingan yuzlab ayollar afv etildi. Shahar hokimiyati ular xotirasiga ko‘chalar nomini o‘zgartirishni taklif qildi

    27.01.2022, 21:24

    Turkiyadagi qor deyarli besh mingta yo‘lni yopib qo‘ydi (video va foto)

    27.01.2022, 20:38

    Putin xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida bu yil ham ishtirok etmaydi

    27.01.2022, 20:08

    Peru poytaxtida jinoyatchilik ortib ketgani sabab shaharda favqulodda holat joriy etiladi

    27.01.2022, 19:07

    Osloda “Tolibon” va G‘arb diplomatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

    27.01.2022, 18:51

    NATO va AQSh Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflariga javob berdi

    27.01.2022, 16:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.