• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    O‘zbekistondagi eng “qimmat” aktyorlar: ularning bir kunlik gonorari qancha?

    Har bir ijodkor kino san’atidagi reytingi va mehnatiga yarasha haq oladi. Bundan tashqari, gonorar miqdorini belgilashda, rolning katta-kichikligi va murakkablik darajasiga ham alohida e’tibor beriladi. Xo‘sh, o‘zbek aktyorlari orasida kimlar ko‘p gonorarga loyiq ko‘riladi?

    Kino yo‘q, serialchilarning esa oshig‘i olchiBir necha yil avval kinochilarining davri kelgandi. Kinoijodkorlarning topishi ham u qadar yomon emasdi. Afsuski, keyingi yillarda xususiy kinolarga bo‘lgan talab anchayin sustlashdi, kinoteatrlardagi namoyishlar ham kamaydi. Ayrimlar bu holatga uzoq davom etgan pandemiya davri sabab bo‘ldi, deyishadi. Boshqalar esa internet tarmog‘ining jadal sur’atda rivojlanishi kino va teatr san’ati faoliyatiga sezilardi darajada ta’sir etganini vaj qilib ko‘rsatishadi.— Ilgari kinoaktyorlarining davri kelgandi. Seriallarda suratga tushadigan ijodkorlarga past nazar bilan qarashlariga ham guvoh bo‘lganman. Hozir esa aksincha, serialchilarning oshig‘i olchi. Shu bois ba’zan aktyorlar o‘ziga yoqmasa-da, serialda rol ijro etishga majbur bo‘lyapti. Chunki O‘zbekistonda davlat filmidan tashqari, kino olinayotgani yo‘q, — deydi aktrisa Bahora Arslonova.

    Javohir Zokirov

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Hozirgi kunda o‘zbek kinosidagi eng qimmat aktyor Javohir Zokirov hisoblanadi. Uning bir ijodiy kuni 500 AQSh dollariga baholanadi. Ammo aktyorni rolga ko‘ndirish, u bilan hamkorlik qilish oson emas. Ijodkorning o‘ziga xos fe’l-atvori va prinsiplari bor.

    Bobur Yo‘ldoshev

    Foto: Instagram / @boburyuldash

    Foto: Instagram / @boburyuldash

    Keyingi o‘rinni Bobur Yo‘ldoshev band etgan. Uning kunlik gonorar miqdori 400-500 AQSh dollarini tashkil etadi. U bilan ishlash u qadar qiyin emas. U suflyorga zarurat tug‘ilmasligi uchun ssenariyni yod oladi va suratga olish maydonchasiga o‘z vaqtida keladi.

    Yigitali Mamajonov

    Foto: Instagram / @alimamadzhanov

    Foto: Instagram / @alimamadzhanov

    Yigitali Mamajonovni odatda jang sahnalari bor filmlarga taklif etishadi. Chunki u yaxshi aktyor bo‘lishi bilan birga, kaskadyorlik vazifasini ham bajara oladi. Shu bois uning gonorari u qadar kam emas: kuniga 300-400 AQSh dollarini tashkil etadi.

    Muhammadiso Abdulhairov

    Foto:Instagram / @muhammadiso_abdulhairov

    Foto:Instagram / @muhammadiso_abdulhairov

    Komik aktyor Muhammadiso Abdulhairov suratga tushgan filmlar o‘z tomoshabinini topadi. Shu bois ijodkor mehnatiga yarasha haq berishlarini so‘rab, kunlik gonorarini 300 AQSh dollari etib belgilagan. Chegirmalar deyarli yo‘q!

    Adiz Rajabov

    Foto: Instagram / @adiz_radjabov

    Foto: Instagram / @adiz_radjabov

    O‘zbek kinolarida ancha kamnamo bo‘lib qolgan aktyor Adiz Rajabov qirg‘iz va yapon kinoijodkorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari, ayni kunlarda “Qora quti” nomli serialda ham suratga tushmoqda. Uning kunlik gonorari 200-300 AQSh dollarini tashkil etadi.

    Azamat Ahrorov

    Foto: Instagram / @azamat_axrorov

    Foto: Instagram / @azamat_axrorov

    Aktyor Azamat Ahrorov o‘zga rejissorlar bilan hamkorlik qilishni istamaydi. Shu bois rejissor sifatida film va seriallar yaratib, bosh rolni o‘zi ijro etadi. Ssenariy ma’qul bo‘lgan filmlarga esa 200 AQSh dollaridan kamiga rol o‘ynamaydi.

    Umid Iskandarov

    Foto: Instagram / @umidiskandarov

    Foto: Instagram / @umidiskandarov

    Aktyor Umid Iskandarovning kunlik gonorari 200 AQSh dollarni tashkil etadi. Bu narx kliplarga biroz qimmatlashishi mumkin.

    Shohruh Hamdamov

    Foto: Instagram / @shoxruxkhamdamov

    Foto: Instagram / @shoxruxkhamdamov

    Keyingi paytlarda film, serial va kliplarda yetakchilikni qo‘lga olgan aktyor Shohruh Hamdamovning gonorari ham havas qilgudek. Uning ijodiy kuni 100-150 AQSh dollariga baholanadi.

    Shahzod Sultonov

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov

    O‘zi film va seriallar suratga oladigan aktyor Shahzod Sultonovning kunlik gonorari 100 AQSh dollarini tashkil etadi. Ammo u kamdan kam hollarda boshqa ijodkorlar bilan hamkorlik qiladi. U ijrochi ijodkor bo‘lishdan ko‘ra, ularni boshqarishni ma’qul ko‘radi.

    Alixon

    Foto: Instagram / @alikhanofficial

    Foto: Instagram / @alikhanofficial

    Sportchi aktyor Alixon ham filmlarda ancha faol. Uni, asosan, salbiy rollarga taklif etishadi, o‘ziga xos ko‘rinishi sabab uning gonorari ham qat’iy belgilangan. U 100 AQSh dollardan kamiga suratga tushmaydi.

    Bu ro‘yxatga Ulug‘bek Qodirov va Alisher Uzoqov ham kiritilishi kerak edi. Chunki ular bir necha yillardan buyon eng “qimmat” o‘zbek aktyorlari safida peshqadam bo‘lishgan. Afsuski, Ulug‘bek Qodirovning AQShga ko‘chib ketgani va Alisher Uzoqovning filmlarda suratga tushmayotgani sabab bugungi ro‘yxatga kiritolmadik.

    Gonorar borasida aktyorlarning fikrini bilishga harakat qildik. Afsuski ular berilayotgan gonorarlardan qoniqmasliklarini yashirishmadi.

    Javohir Zokirov: “Bu borada gaplashishni istamayman!”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Xafa bo‘lmang-u, o‘zbek xalqi o‘z aktyorlarini “ko‘tarish”ni yomon ko‘rishadi. Agar aktyor juda katta pul oladigan bo‘lsa, yana narxini oshiraveradi, deb hisoblashsa kerak. Menimcha, aktyorlarga nisbatan bunday munosabat faqat bizda bo‘lsa kerak. Chunki boshqa mamlakatlarda aktyorning ishiga qarab, pul to‘lashadi. Rossiyada shartnomalar bilan shug‘ullanadigan agentim bor, u hammasini o‘zi hal qiladi. O‘zbekistonda ham agent yollamoqchi bo‘ldim. Ammo o‘ylab qarasam, oladigan pulim agent yollashga arzimaydi. Gonorarlar juda kam, bizda o‘z aktyorlariga emas, boshqalarga ishonch bildirishni yaxshi ko‘rishadi, — deydi aktyor Javohir Zokirov.

    Bobur Yo‘ldoshev: “Rossiyadagi gonorarim ancha baland”

    Foto: Instagram / @boburyuldash

    Foto: Instagram / @boburyuldash

    — Gonorar nisbiy tushuncha, shu bois hech qachon uni qat’iy belgilamayman. Davlat filmlarida saviya ancha yuqori, ularda miriqib ijod qilish mumkin. Shu bois davlat filmlarida gonorarga talashib-tortishmayman. Ammo xususiy film yoki seriallarga taklif etishsa, o‘z talabimni qo‘yaman. Chunki men ishimga mas’uliyat bilan yondashadigan, rol uchun tayyorgarlik ko‘radigan ijodkorman. “Suflyor aytib tursin, so‘zimni yodlamaganman”, deyishga uyalaman. Rol uchun tayyorgarlik ko‘rgandan keyin shunga yarasha haq ham olishimiz kerak.Ishonchim komilki, O‘zbekistonda aktyorlarga beriladigan gonorar miqdori ancha kam. Masalan, rossiyalik agentim bir kunlik syomka uchun 1 500-1 700 AQSh dollariga shartnoma qiladi. Chunki agentlar qancha ko‘p pulga shartnoma qilishsa, o‘zi ko‘proq manfaat topadi. Bizda esa bu tizim hali yo‘lga qo‘yilmagan. Sho‘rlik aktyorlar rol o‘ynash bilan birga, moliyaviy masalalarni ham hal qiladi, — deydi Bobur Yo‘ldoshev.

    Yigitali Mamajonov film olayotganlarning “o‘yini”ni biladi

    Foto: Instagram / @alimamadzhanov

    Foto: Instagram / @alimamadzhanov

    — Beriladigan gonorar kimni ham qoniqtiradi?! Ammo qo‘limizdan nima ham keladi, deb qanoat qilyapmiz. Bu aktyor qimmat, deb gap tarqatadiganlarning o‘zida ayb. Chunki ular harakat qilib, yaxshi film olishsa, aktyorga to‘lanadigan puldan 100 barobar ko‘proq daromad olishlari mumkin. 2011-yili “Yozsiz yil” filmida “eshakdek” sovuqda ishlab 870 ming so‘m gonorar olganman. Hozir esa avvalgidan gonorarim ancha baland. Ammo hali ham bitta filmda ishlab 400 AQSh dollari topadigan aktyorlar ham yo‘q emas. O‘z qadrini bilgan va film olayotganlarning “o‘yini”ni bilgan aktyor o‘z gonorarini belgilab qo‘yadi. Chunki aktyorlik ba’zilar o‘ylagandek, oson ish emas.

    Mavzuga doir:

    • Ularning kunlik gonorarini boshqalar bir oyda topadi: O‘zbek kinosining “eng qimmat” aktrisalari reytingi (foto)
    • “Kuniga 750 dollar topardim”. 20 dan ortiq Gollivud filmida suratga tushgan Alixan Green Card’i bo‘la turib, Amerikaga ketmayotgani sababi haqida (video)
    • Tom Holland, Endryu Garfild yoki Tobi Maguayr: Qahramoni uchun eng ko‘p haq to‘langan “O‘rgimchak odam” kim?
    • “Unchalik boy emasman”. 900 million dollar daromad keltirgan “Kalmar o‘yini” rejissoriga qancha pul to‘langan?

    21.01.2022, 15:46   Izoh (0)   247870
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2021-yilning kattalarga va bolalarga birdek yoqadigan eng yaxshi multfilmlari

    21.01.2022, 11:28

    Antarktidada ilk marotaba film suratga olindi. Unda bosh rolni Entoni Xopkins ijro etdi (video)

    20.01.2022, 15:40

    “Alloh menga sinov berdi”. Ra’no Shodiyeva operatsiyani boshdan kechirgani hamda Turkiyada davolanayotgani haqida

    20.01.2022, 13:44

    “Zita va Gita” filmidagi aktyor Rupesh Kumarning taqdiri qanday kechdi? (foto)

    19.01.2022, 16:37

    “Ular gapirayotganida maymun ko‘z oldimga keladi”. Bahora Arslonova labini kattalashtirayotgan aktrisalar haqida (video)

    19.01.2022, 14:35

    Mashhur aktyorlarni nafaqat muxlislari, balki onasi ham tanimaydigan darajada o‘zgartirgan obrazlar (foto)

    17.01.2022, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21

    Jizzaxda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

    O‘zbekiston | 9 may, 19:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.