• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxorodagi kar va zaif eshituvchilar maktabi direktori poraxo‘rlikda ayblanib, bo‘shatilgandi. Sud qarori bilan uning ishga qaytishi 30 nafar o‘qituvchiga xush kelmayapti

    Buxoroda o‘qituvchidan 300 dollar pora so‘raganlikda ayblanib, ishdan bo‘shatilgan maktab direktori sud orqali ishiga tiklandi. Maktabdagi 30 nafar o‘qituvchi esa bundan norozi. “Daryo” muxbiri shikoyatchilar va pora olganlikda ayblangan maktab direktorini suhbatga tortdi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yildan beri Buxoro shahridagi 123-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internatini boshqarib kelgan Hamza Sobirov Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi taqdimnomasi bilan pedagog o‘qituvchilar va tarbiyachilarga dars soatlarini bir oylik ish haqi evaziga sotganlikda ayblanib, 2021-yilning 13-oktabr kuni lavozimidan olingan. Mazkur ishni ko‘rib chiqqan fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudi esa boshqarma boshlig‘ining direktorni ishdan olish to‘g‘risidagi buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topgach, direktor 2022-yil 5-yanvar kuni lavozimiga qaytgan.

    Sudning mazkur qarori va direktorning ishga qaytishidan norozi bo‘lgan o‘qituvchilardan biri Nafosat Hamroqulovaning aytishicha, u oliy ma’lumotga ega bo‘lsa-da, 11 yildan buyon to‘liq ish stavkasi bilan ta’minlanmagan.

    Foto: “Daryo”

    “2012-yilda yarim ‘stavka’da tarbiyachi vazifasiga tayinlanganman. O‘n yildan buyon dars soatim ko‘paymadi. Hamza Sobirov direktor bo‘lib kelgach, dars soatlarimni ko‘paytirib berishini iltimos bilan qabuliga kirdim. Ammo evaziga mendan 200 dollar so‘radi. Sharoitim yo‘q deyishimga qaramay, pulni avgust oyi maoshidan to‘g‘rilab berishimni talab qildi. Afsuski, o‘shanda uning so‘zlarini yozib olmaganman va bu xayolimga ham kelmagan. Shundan so‘ng vaziyat haqida huquq-tartibot idoralariga murojaat qildim. Huquq-tartibot idorasi mas’ullari 2021-yilning sentabr oyida menga ovoz yozish moslamasini berdi va direktorning ovozini yozib berishimni so‘radi. Diktofonni olib, direktor qabuliga kirdim va menga dars soatlarimni ko‘paytirib, alohida xona ham berilishini so‘radim. Direktor avvalgi so‘ralgan 200 dollarga qo‘shimcha yana 100 dollar berishimni aytdi. Buni yozib olib, DXX xodimlariga berdim. Menga maxsus ishlov berilgan pullarni berishib, tadbir o‘tkazishdi. Uyushtirilgan jarayon esa samarasiz bo‘ldi. Direktor o‘zi talab qilgan 300 dollarni olmay, meni xonasidan chiqarib yubordi”, — deydi Nafosat Hamroqulova harakati haqida ma’lumot berar ekan.

    O‘qituvchining aytishicha, u tadbir tashkil qilinishi uchun ketgan bir hafta vaqt davomida ikki nafar hamkasbiga reja haqida gapirgan.

    “Direktorni shu hamkasblarim ogohlantirgan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan tadbir amalga oshmadi. Men DXXni eng kuchli organ, deb murojaat qilgandim. Shundan buyon menga tinchlik yo‘q”, — deydi u.

    O‘qituvchi tomonidan “Daryo”ga, shuningdek, huquq tartibot idoralariga taqdim etilgan audioyozuvda dars soatlarini ko‘paytirish hamda o‘ziga alohida xona ajratilishi uchun o‘qituvchining pora taklif qilgani anglashiladi.

    Foto: “Daryo”

    Audioda o‘qituvchi ayol direktorga “O‘sha siz aytgan pulga 100 dollar qo‘shib beraman”, desa, direktor “Qancha qolgandi sizdan?”, deya suhbatni davom ettirgan. Nafosat Hamroqulova esa “200 dollar qolgan”, degach, direktor Hamza Sobirov “Uch qiling, hay, shuni”, deydi.

    Mazkur suhbat va ayblovga ishongan Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga taqdimnoma kiritadi. Boshqarma esa maktab-internet kasaba uyushmasi qo‘mitasining bildirgisini asos qilib olib, direktorni 2021-yil yil 13-oktabr kuni ishdan oladi.

    “Tergov-surishtiruv harakatlari o‘qituvchi Nafosat Hamroqulovaning murojaati yuzasidan maktab-internatda faoliyat yuritayotgan 125 nafar pedagog va ishchi-xodim o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, 23 nafar xodim ishga kirish, dars soatlarini oshirish kabi masalalarda direktorga pul berganini bildirgan. Biroq bu maktab-internat direktorining poraxo‘rlik jinoyatini sodir qilgani yoki ish beruvchiga nisbatan ishonchni yo‘qotishga olib kelganini isbotlamaydi. Demak, maktab direktorining mehnat intizomini bir marta qo‘pol ravishda buzgani mehnat shartnomasini bekor qilish uchun yetarli hisoblanmaydi”, — deydi fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudi sudyasi Saidov.

    Direktor sud qarori bilan lavozimiga qayta tiklanib, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasidan 2 million so‘m ma’naviy zarar va 810 ming so‘m davlat boji undirilishiga erishgan.

    Foto: “Daryo”

    “Maktab-internatda har kim o‘z ishini qilmaydi. Vaholanki, har bir yo‘nalishning o‘z rahbari bor. Bo‘lim rahbarlariga muhim masala bilan kirsangiz, ‘direktordan ruxsat olasiz’, deydi. Eng oddiy masalalar ham direktor orqali hal bo‘ladi. Yashirmayman, ishga qabul qilinishim evaziga men ham aynan shu direktor talab qo‘ygan miqdorda pul berishga majbur bo‘lganman. Afsuski, direktorning qonunga xilof xatti-harakatlarini isbotlash va o‘sha paytdagi suhbatlarni huquq-tartibot idoralariga taqdim etish uchun asosimiz yo‘q.  Faqat menmas, juda ko‘pchilik o‘qituvchilar ushbu masalada aziyat chekishgan. Yolg‘onchi rahbar bilan ishlashni istamaymiz”, — deydi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Elyor Muyassarov.

    Bosh tarbiyachi Rustam Tursunov maktab-internat direktori qo‘pol ekanini aytmoqda.

    “Qo‘l ostidagilarga nisbatan hurmatsiz va bepisand. Sen darding bilan kirsang-u, u qo‘l telefonidan bosh ko‘tarmay, seni eshitmasa. Pedagogga xos fe’l-atvormas-ku, bu axir! To‘g‘risi, oxirgi paytlar o‘z talabim va taklifim bo‘lsa ham direktor qabuliga kirmay qo‘ydim”, — deydi bosh tarbiyachi Rustam Tursunov.

    Foto: “Daryo”

    O‘qituvchi va tarbiyachilarning aytishicha, direktor shu ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Jamila Safarovani o‘zining “o‘ng qo‘li”ga aylantirgan. 2011-yildan buyon shu maktabda ishlab kelayotgan va ism-sharifi ochiqlanishini istamagan o‘qituvchining so‘ziga ko‘ra, direktor 2020-yilning avgust oyida 2020/2021-o‘quv yili uchun uning dars soatlarini oshirish evaziga Jamila Safarova orqali undan 300 dollar olgan. O‘qituvchi 2021/2022-yil o‘quv yili uchun ham 400 dollar pul berishga majbur bo‘lganini qo‘shimcha qilmoqda.

    Aytilishicha, maktab-internat direktori faoliyati davomida o‘qituvchi, tarbiyachi va farroshlar mehnati evaziga yetishtiriladigan ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lgan bog‘ va issqixonalardagi meva, poliz ekinlarini sotib, o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida sarflagan.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan maktab o‘qituvchilaridan biri Feruz Sharipov esa hamkasblarining fikrini rad etib, boshqacha fikr bildirmoqda.

    “Jamoaning direktorga nisbatan qarshiligi yo‘q. Direktor juda talabchan, o‘z fikri, qarashiga ega. Joriy o‘quv yilida maktab-internatimiz tarixida ilk bor o‘quvchilarimiz oliy ta’limga o‘qishga kirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan munosabatimni bildiradigan bo‘lsam, direktor bilan o‘zaro kelisholmay yurgan o‘qituvchilar direktorning qayta ishga tiklanib, xonasiga kirganda, unga qarshilik ko‘rsatishgan. Janjal ko‘tarishga urinishgan. Shundan so‘ng Milliy gvardiya xodimlarini chaqirishga majbur bo‘ldik. Ichki nizo va kelishmovchiliklar, asosan, bir shtat birligidan ko‘proq dars soatlariga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning noroziligidan kelib chiqqan. Vaholanki, bir shtat birligidan ortiq dars soatlari oliygohlarni tamomlab kelayotgan yosh kadrlarga ham adolatli tarzda ajratilishi kerak. Undan ortig‘i bilan ta’minlab qo‘yishga maktab-internat majbur emas”, — deydi Feruz Sharipov.

    Bildirilishicha, ta’lim muassasasi jamoasi o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik hamda guruhbozlikdan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddilari ham xabardor. Bir necha oydan buyon turli idora va tashkilotlarga shikoyat va murojaatlar yo‘llangan, biroq u xatlar na o‘rganilgan, na chora ko‘rilgan.

    Hamza Sobirov.

    Hamza Sobirov.
    Foto: “Daryo”

    “2017-yilda ish faoliyatimni boshlaganman. Maktab juda achinarli ahvolda edi. Birgina xatoyim holatni avvalgi ko‘rinishida suratga olib qo‘ymaganim. Na issiqlik tizimi, na suv ta’minoti, na maktab ta’mirlash ishlari joyida edi. Tevarak-atrofni ko‘rkam qiyofaga keltirish uchun ham o‘z cho‘ntagimdan, ham homiylik hisobidan mablag‘ sarfladim. Bog‘ va issiqxonalardagi meva va poliz mahsulotlaridan tushgan daromadni o‘z manfaati yo‘lida sarflagan, degan iddaolarga qo‘shilmayman. Ularning bank ko‘chirmalari hamda qanday maqsadlarga sarflangani yuzasidan dalolatnomalar bor”, — deydi dalolatnomalar nusxasini taqdim etgan maktab-internat direktori.

    Hamza Sobirov har bir o‘qituvchi va tarbiyachi o‘z mehnati va faoliyati natijasiga qarab rag‘batlantirib kelinayotganini bildirar ekan, o‘zining ham e’tirozlari borligini tushuntirdi.

    “Ishdan bo‘shatilishimga sabab bo‘lgan 200 va 300 dollar haqidagi ovozli yozuvning zarur o‘rinlari o‘chirib yuborilganini anglash qiyinmas. Nafosat Hamroqulova shaxsiy ishi uchun xona ajratilishi vaji bilan qabulimga kirganda, unga muassasaning chetki blogidagi ta’mirga muhtoj xonalardan birini o‘z mablag‘lari hisobiga ta’mirlab olishi mumkinligi bildirganman. Va bu haqda u bilan birinchi suhbatimiz jarayonida men taklif qilgan xonaning ta’mirlash ishlariga kamida 200-300 dollar sarflanishi va bu jarayonni o‘zi amalga oshirishi mumkinligini bildirganman”, — dedi Hamza Sobirov.

    Foto: “Daryo”

    Ushbu maktab-internatda uzoq yillardan buyon faliyat yuritib kelayotgan Saodat Muxtorova yuqori sinf o‘quvchilarining direktor tomonidan bir necha bor kaltaklangani qulog‘iga chalinganini aytmoqda. Bir nechta o‘qituvchilar tomonidan “Daryo”ga taqdim etilgan videotasvirlarda maktab-internat o‘quvchilari “Sobirov yomon, u faqat uradi. Xonasiga ‘shvabra’ qo‘ygan. Bir marta meni ‘shvabra’ singuncha urdi va hozir u mening maktab-internatdan ketishimni aytyapti”, deydi.

    “Hech qachon bunday holat bo‘lmagan, tarbiyasi sho‘xroq, oz muncha tartibbuzar o‘quvchilarga tanbeh berganman, lekin o‘quvchilarni hech qachon urmaganman. Bu yolg‘on va yasama holatlar jamoa o‘rtasida yanada nosog‘lom vaziyatni keltirib chiqarishgagina xizmat qiladi, xolos”, — dedi Hamza Sobirov.

    26.01.2022, 08:18   Izoh (0)   16527
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metrosi o‘z faoliyatini tikladi

    26.01.2022, 08:17

    O‘zbekistonning 7 ta hududida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Jumladan, Toshkent shahrida ham

    26.01.2022, 02:41

    O‘zbekiston hududlaridagi elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

    26.01.2022, 00:52

    “Svet”siz qolgan O‘zbekiston, fonarda ishlayotgan hokim, Toshkentni qoplagan tuman. 25-yanvar suratlari

    26.01.2022, 00:19

    O‘zbekistondagi OTM, litsey va kollejlarda elektr energiyasi uzilishi sabab qoldirilgan imtihonlar boshqa kuni o‘tkaziladi

    25.01.2022, 23:29

    O‘zbekiston hududlarida soat 22:30 holatiga ko‘ra elektr energiyasi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ma’lumot berildi

    25.01.2022, 23:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.