O‘zbekistonning aksar hududlarida 25-yanvar kuni elektr energiyasi ta’minoti uzilishlar kuzatilgani sabab oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlari va yakuniy imtihonlar o‘tkazilmay qoldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 25-yanvar kuni oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda rejalashtirilib, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabab o‘tkazilmagan dars mashg‘ulotlari, yakuniy imtihonlar har bir ta’lim muassasasining qo‘shimcha ishlab chiqilgan reja-grafiklari asosida o‘tkaziladi. Bu orqali odatiy dars rejalariga yetkazib olinadi.
O‘zbekistonda kuzatilgan elektr energiyasining yirik nosozligi xronologiyasi
25-yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati ham to‘xtagan, Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda. Toshkent shahar IIBB esa tibandliklarning oldini olish maqsadida ko‘chaga zarurat bo‘lmasa, shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Hojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.
Mavzuga doir: “Toshkentda svet o‘chganiga hayron qoldim”. Poytaxt aholisi va mehmonlari elektr energiyasidagi uzilishlar haqida (video)
Energiya tanqisligi ortidan O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi. Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.
SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Energetika vazirligi 25-yanvar, soat 22:30 holatiga ko‘ra, respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Izoh (0)