“Toshkent metropoliteni” poytaxt metrosi o‘z faoliyatini to‘liq tiklaganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 26-yanvar kuni tonggi soat 05:00 dan metro belgilangan reja jadvali asosida yo‘lovchilarni doimgidek o‘z manziliga yetkazishni boshladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning qator viloyatlarida 25-yanvar kuni soat 11:00 larda elektr energiyasi ta’minoti uzilgani sabab Toshkent metropoliteni faoliyati vaqtincha to‘xtagandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro vagonlari ichida qolib ketgan fuqarolar olib chiqilganini ma’lum qildi. Jumladan, “Mashinasozlar” (135 nafar), “Bodomzor-Minor” (70 nafar) va “Amir Temur” (210 nafar) bekatlari oralig‘ida (vagonlar ichida) qolib ketgan jami 415 nafar yo‘lovchi olib chiqilgan.
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, 26-yanvar soat 02:00 ga kelib Toshkent shahrida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
Izoh (0)