O‘zbekistonning qator viloyatlarida 25-yanvar kuni soat 11:00 larda elektr energiyasi ta’minoti uzilgani xabar qilingandi. Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti qisman tiklangan.
“Ayni paytda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta’minotini bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)