Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Chust tumanidagi madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvga Chust do‘ppisini kiyib keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Tadbirdan avval mazkur Madaniyat saroyida tadbirkor va hunarmandlarning mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tgan. Yarmarkada “Chust do‘ppilari” korxonasi rahbari Nurxon Boyboyeva tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma ham namoyish etildi.
Nurxon opa yarmarkani ko‘zdan kechirayotgan viloyat hokimiga do‘ppi kiygizib qo‘ydi.
“Shunday qilaman degan niyatim bor edi. U kishiga binoyidek yarashdi. Yechmasdan, to‘g‘ri tadbirga kiyib kirib ketdi. Birozdan keyin yordamchilari kelib, ‘boshqa do‘ppilarni ham bering, ishtirokchilarga tarqatamiz‘, dedi. Birpasda ko‘rgazmaga olib kelingan 50 ta Chust do‘ppisi qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi”, — deydi Boyboyeva.
Tadbirda viloyat hokimi Pop, Chust va To‘raqo‘rg‘on tumanlari mahallalaridagi yangi tayinlangan yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Prezidentning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Izoh (0)