Qirg‘izistonning Bishkek shahrida 16-yanvar kuni WEF musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
MMA oqshomining ikkinchi asosiy jangi O‘zbekiston vakili Mashrabjon Ro‘ziboyev (13-4-1) ishtirokida kechdi. O‘zbekistonlik yakkakurashchiga mezbon sportchi Janish Zalimbek uulu (0-3) raqib bo‘ldi.
Jang bor-yo‘g‘i 15 soniya davom etdi. Ro‘ziboyev bellashuvni faol boshladi va 15-soniyada raqibiga kuchli oyoq zarbasi yo‘llagan holda muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)