• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “G‘olib bo‘lish va raqobat qilish uchun bu yerdaman”. Krishtianu Ronaldu katta intervyu berdi

    “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ESPN Brazil nashriga intervyu berdi. Unda futbolchi jamoadagi hozirgi holati, tanqidni ko‘tara olmaydigan  yoshlar va boshqa qator masalalarga to‘xtaldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ralf Rangnik haqida

    U besh hafta avval keldi va ko‘p narsani o‘zgartirdi. G‘oyalarini futbolchilarga singdirish uchun unga vaqt kerak. Rangnik o‘z ishini yaxshi uddalashiga ishonaman. Eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etmayotganimizni bilaman, ammo vaziyatni o‘nglash uchun oldinda hali o‘yinlar bor.

    Futbolchilarning ruhiyati, o‘yin uslubi, tizimini o‘zgartirish oson emas. U buni uddalaydi deb o‘ylayman.

    Ole-Gunnar Sulsher haqida

    Murabbiyning ketishi har doim qayg‘uli. U bilan birga o‘ynagan davrlarimiz, keyin u mening murabbiyimga aylangani haqida gaplashdik. U ajoyib inson. Sulsher ketganida hammamiz xafa bo‘ldik, ammo bu hayotning bir qismi. Barchasi o‘xshamayotgan bo‘lsa, klub va muxlislar xohlaganidek nimanidir o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Juda xafa bo‘ldim, shu o‘rinda qarorni ham to‘g‘ri tushundim. Hayot to‘xtab qolmaydi.

    Yangi murabbiyning g‘oyalariga ko‘nikish uzoq vaqt olishini bilardik. Dastlab, Sulsherning o‘rniga Kerrik keldi, endi esa yana yangi murabbiy. Buncha ko‘p o‘zgarishlarga moslashish qiyin. Shunday bo‘lsa ham yaxshi mavsum o‘tkazishga qodirligimizga ishonaman.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Kuchli to‘rtlikka kirish uchun ruhiyatni o‘zgartirish kerakligi haqida

    Menimcha, ruhiyat — eng muhimi. Bizning maqsadimiz minimum kuchli uchlikka kirish bo‘lishi lozim. Boshqasiga ko‘nmayman.

    Nimadir yaxshi narsa qurish uchun nimanidir buzishga to‘g‘ri keladi, deb o‘ylayman. Shunday ekan, nega yo‘q bo‘lsin — yangi yil, yangi hayot… “Manchester Yunayted” muxlislar orzu qilgan darajaga chiqa oladi, deb hisoblayman. Ular bunga haqli. Hozir biz o‘zgarishga qodirmiz. Buni qanday sodir bo‘lishini bilaman, lekin aytmayman, agar aytsam bu men tomonimdan qilingan axloqsizlik bo‘ladi. Biz yaxshiroq o‘ynay olishimizni ayta olaman, xolos. Hozirgi holatimizni o‘zgartirishimiz darkor.

    Oltinchi, yettinchi yoki beshinchi o‘rinni egallashni istamayman. Men g‘olib bo‘lish, raqobat qilish uchun bu yerdaman. Raqobat taklif qilishga qodirmiz, lekin hali o‘zimizning eng yaxshi darajamizga chiqmadik. Hali ko‘p narsalarni qo‘shishimiz kerak. Biz hammamiz jamoa eng yaxshi bo‘lishi uchun shu yerdamiz. Shunday ekan bu bilan shug‘ullanish kerak.

    Yangi yil kirib keldi, yangi sahifani varaqlayapmiz. Bizda g‘alaba qozonish uchun ko‘p narsa bor. Bunga ishonishimiz lozim, aks holda — bu dahshatli ko‘rinish oladi.

    Jismoniy holati haqida

    Genetik jihatdan o‘zimni 30 yoshdek his qilaman. O‘z tanam va aqlim haqida diqqat bilan qayg‘uraman. Yaqinda insonning tanasi 33 yoshdan keyin istalgan vazifani bajarishi mumkinligi, aql jangi esa haqiqiy urush ekanligini tushundim.

    Eng qiyini — shuncha qiyinchiliklardan so‘ng bitta maqsadga diqqatni qaratish, yuqori darajada qolish. Oxirgi yillarda aynan shu bilan shug‘ullanyapman. Aqlim bilan ko‘proq ishlayman. Tanam taklif qilgan narsamni qabul qilishini bilaman, chunki unga hurmat bilan munosabatda bo‘laman va uning ogohlantirishlariga quloq solaman.

    Hayotda turli lahzalar bo‘ladi, yaxshi va yomon, ammo yiqilgandan so‘ng o‘rningdan turishga kuch bo‘lishi kerak. Baxtliman va futbolda qolishni istayman, ko‘ramiz, bu nimaga olib boradi. 40, 41, 42 yoshgacha futbol o‘ynay olamanmi, yo‘qmi, bilmoqchiman. Lekin eng asosiysi — bo‘layotgan narsalardan lazzatlanish.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    Jamoaga yordam berishi haqida

    Bunga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish lozim. O‘zimga qarayman va o‘ylayman: “Krishtianu, o‘z darajangni oshirish va jamoaga yordam berish uchun nima qilishing kerak? Ha, men biror narsada yaxshiroq bo‘lishim mumkin”. O‘yin davom etar ekan, ba’zi joylarda aqlliroq va ayyorroq bo‘lish kerak.

    Barcha o‘yinlar turli xil, futbolchilar har xil, barcha o‘zi xohlagan sxemada o‘ynaydi, stadionlar ham turlicha. O‘yin vaqtida omad kelmagan paytlarda azoblanishga tayyor bo‘lish kerak, jamoaviy o‘ynash uchun barcha birdam bo‘lishi lozim. Aynan shuning uchun jamoa nomi “Manchester Yunayted”. Biz birdam bo‘lishimiz kerak.

    Yoshlar tanqidni ko‘tara olmay qolgani haqida

    Yoshi katta va yetuk futbolchilar doim yoshlarga yordam berishi mumkin. To‘g‘ri, istisno holatlar bo‘lishi mumkin. Masalan, men maslahat berdim, lekin uni hayotimga tatbiq etmaganman, bu masalada unga maslahat berish qiyin bo‘ladi. Inson bilan kun bo‘yi gaplashib o‘tirish mumkin. Agar ichida hech nima bo‘lmasa, barchasi bekor. 18, 19, 20 yoshimda kattalar men bilan suhbatlashganini eslayman.

    O‘zimga o‘zim shunday derdim: “Krishtianu, senga rivojlanish zarurligini bilasan. Ular sendan tajribali, ko‘p narsani biladi”. Ular boshidan ko‘p yomon vaziyatlarni o‘tkazgan. Boshqalar esa tanqidni tushunmaydi. Buni jamoamdagi futbolchilarga nisbatan emas, umumiy aytmoqdaman. Farzandlarim bor, ularga nima deyayotganimni bilaman. Ba’zida qattiqqo‘l bo‘lsang ular aksini qiladi. Suhbatda oraliqni topa olish muhim.

    Fikrimcha, hamma narsa ichingdan chiqishi kerak. O‘zingdan faxrlanishing, oynaga qarab, o‘zing uchun hamma narsani berganingni aytishing lozim. Hammamiz shunday qilishimiz kerak, deb o‘ylayman. Shaxsiyat — eng muhimi. Biz yordam berish uchun shu yerdamiz. Kimgadir yordam, qo‘llab-quvvatlash yoki maslahat kerak bo‘lsa men birinchilardan bo‘lib berishga tayyorman. Agar yordamim kerak bo‘lmasa, o‘z ishingni qil, o‘zingni izla va jamoaga yordam berish uchun barcha imkoniyatingni ishga sol.

    JCh—2022 o‘tish o‘yinlari haqida

    Agar biz Jahon Chempionatiga chiqa olmasak, juda achinarli bo‘ladi, lekin u yerga borishimizga hamon ishonaman. Futbolda ham, hayotda ham og‘ir damlar bo‘ladi, lekin yiqilganingda o‘rningdan turishing kerak.

    Portugaliyaning Jahon Chempionatida ishtirok etishiga ishonaman. Oldinda bizni bir yoki ikkita qiyin jang kutib turganini bilamiz. Ishonaman bunga.

    Mart oyida biz tayyor bo‘lamiz, haqiqiy jang kechadi. Hayot o‘zi shunaqa, mukammal ssenariy yo‘q. Biz uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishimiz kerak. Martda biz tayyor bo‘lamiz.

    Krishtianu Ronaldu, “Manchester Yunayted” hujumchisi

    16.01.2022, 11:48   Izoh (0)   32716
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Liga 1. Messi va Neymar qatnashmagan o‘yinda “PSJ” qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi

    16.01.2022, 03:36

    A Seriya. “Yuventus” Turinda ishonchli g‘alabaga erishdi

    16.01.2022, 03:14

    APL. “Manchester Yunayted” ikki to‘p farqi bilan oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    16.01.2022, 00:37

    Bundesliga. “Bavariya” safarda yirik g‘alabaga erishdi, Levandovskidan het-trik

    15.01.2022, 22:01

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi

    15.01.2022, 21:26

    APL. Turning markaziy uchrashuvida “Manchester Siti” “Chelsi”ni kichik hisobda mag‘lub etdi

    15.01.2022, 19:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.