• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12646.56
    • RUB160.88
    • EUR14461.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zbek boks maktabi asoschisi Sidney Jekson xotirasiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi

    Toshkentning Alisher Navoiy nomidagi Cinema Palace kinosaroyida O‘zbekiston boks faxriysi Sidney Jekson xotirasiga bag‘ishlangan film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov, Sidney Jeksonning qizi Paina Jekson-Kats, AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum so‘zga chiqib, bokschining bosib o‘tgan yo‘li, o‘zbek sportiga qo‘shgan hissasi, o‘zbek boks maktabiga asos solgani haqida so‘zladi. Shundan so‘ng Sidney Jekson fenomeni hujjatli filmi namoyish etildi.

    Sidney 1886-yil Nyu-Yorkda tavallud topgan. Bolaligidanoq ko‘p mehnat qilishiga to‘g‘ri kelgan. Ammo boks bilan shug‘ullana boshlagach, hayotini ushbu sport turiga bag‘ishlashga qaror qilgan.

    1914-yilda amerikalik bokschilar jamoasi tarkibida Sidney boks vatani Buyuk Britaniyaga jo‘naydi. U yerda ingliz bokschilari bilan bir qator janglar o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Janglardan birida Jekson qo‘lidan og‘ir jarohat oladi va mahalliy kasalxonada davolanadi. Amerikalik sportchilar o‘z yurtiga qaytib ketgach, Sidneyning do‘sti, chikagolik tadbirkorning o‘g‘li uni Rossiyaga sayohatga va biznes qilish uchun taklif qiladi. Shu tariqa bokschi Sankt-Peterburgga borib qoladi. Birinchi Jahon urushining boshlanishi ularga Yevropa orqali ortga qaytishga imkon bermadi. Amerika konsuli unga Turkistonga borishni va u yerdan AQShga ketishni maslahat beradi. Sidney O‘zbekistonga tashrif buyuradi va umrbod shu yerda qolib ketadi.

    Foto: Turizm va sport vazirligi

    Foto: Turizm va sport vazirligi
    Otam bosib o‘tgan yo‘l juda qiyin kechgan. Oila qurguniga qadar bu yerda (Toshkentda) uning hech qanday qarindoshlari bo‘lmagan. Onamning oilasi uni yaxshi ko‘rardi. Lekin uning o‘zida o‘sha payt iliq so‘z ayta oladigan qarindoshi yo‘q edi. Axir bu dahshat emasmi?

    Bir kuni dadamga savol berdim: siz juda mehribon odamsiz, nima uchun sport turlari ichida aynan boksni tanlagansiz? Axir, meni nazdimda boks faqat mushtlashuvdan iborat edi-da. Dadamning javobini esa bir umrga eslab qoldim. Nazarimda, dono javob edi. “Bu juda aqlli o‘yin. Unda birinchi navbatda bosh ishlash kerak. Sen uni mushtlashuv deb o‘ylab adashyapsan, qizim. Tasavvur qil, o‘lchovli makon, unda ikki kishi uchrashib qoldi. Ular xuddi ikki sarkardadek. Ular o‘z munosabatlarini shunday qurishi kerakki, pirovardida raqibini yengishi lozim. Shuning uchun birinchi navbatda, bosh ishlashi kerak. Oyoqlari ideal darajada ishlashi, mushtdan qocha olish, chap berish uchun. Eng oxiri juda kuchli zarba bo‘lishi lozim. Shuning uchun bu aqlli o‘yin. Bu xuddi ikki admiralning jangiga o‘xshab ketadi. Hech qayerga qochib keta olmaysan, nahotki buni mushtlashuv deb atasang?”, — degan edi.

    Paina Jekson-Kats, Sidney Jeksonning qizi

    Boks bo‘yicha birinchi O‘zbek Jahon chempioni Rufat Risqiyev ham birinchi murabbiyi Sidney Jekson haqida iliq fikrlar bildirdi.
    Sidney Lvovich mening birinchi murabbiyim edi. Bolalar bilan akrobatikaga bordik. Ular ketdi, men esa qoldim. Keyin esa ular boksga, Jeksonning oldiga bordi. Men ham ularga qo‘shilib oldim. Yana ular ketdi, men qoldim. Boksdagi ilk ta’limni Jeksondan, o‘rta ta’limni Baranovdan, oliy maktabni esa Granatkindan oldim. Sidney Lvovich keksayib qolgan, bir guruh bolalarga bilim berardi. Turish, musht urish, nafasni to‘g‘ri olishni o‘rgatardi. Zarba berayotganda, burunda nafas olinsa, o‘pkada havo aylanadi. Jekson bunga alohida e’tibor qaratardi. Ochig‘ini aytish kerak, ko‘p bokschilar noto‘g‘ri nafas oladi va juda tez charchab qoladi.

    Rufat Risqiyev, bokschi

    Foto: Turizm va sport vazirligi

    Foto: Turizm va sport vazirligi

    Foto: Turizm va sport vazirligi

    Foto: Turizm va sport vazirligi

    Sidney Jekson fenomeni nomli hujjatli filmi “Shayxontohur-film” kinostudiyasi tomonidan Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda tasvirga olingan. Filmning ssenariy muallifi va prodyuseri Boris Babayev, rejissor – Navro‘za Biynazova.

    13.01.2022, 23:10   Izoh (0)   18592
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Osiyo Chempionlar Ligasi 2023-yildan “kuz-bahor” tizimiga o‘tadi

    13.01.2022, 20:55

    Krishtianu Ronaldu: Rangnik “Manchester Yunayted”da juda ko‘p narsani o‘zgartirdi

    13.01.2022, 18:08

    Konor Makgregor 2021-yilda oktagondagi har bir daqiqasi uchun 8,6 mln dollar ishlab topdi, Ronaldu esa maydonda daqiqasiga 18 ming dollar ishlagan

    13.01.2022, 17:03

    “Paxtakor” faqat hujumkor futbol ko‘rsatadi, bunga va’da beraman — Slavche Voyneski. “Sherlar”ning yangi ustozi ishtirokida dastlabki matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi...

    13.01.2022, 15:05

    Saidyoqub Qahramonovning UFC’dagi 2-jangi bekor qilindi, o‘zbekistonlik yakkakurashchida koronavirus aniqlandi

    13.01.2022, 14:21

    “Barselona” 3 yildan beri “Real”ni yuta olmayapti. Madrid klubi o‘z tarixida 2-marta ketma-ket 5 ta “El-Klasiko”da g‘alaba qozondi

    13.01.2022, 11:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Skarlett Yoxansson yangi filmdagi roli uchun imijini tubdan o‘zgartirdi

    Kino | 12 iyun, 15:55

    “Yana Rossiyaga ketamanmi degan qo‘rquv paydo bo‘ldi”. Haydovchilar hamma o‘z viloyatida taksichilik qilishi kerakligi haqidagi qarorni qanday qarshiladi?

    O‘zbekiston | 12 iyun, 15:50

    Eng ko‘p obunachiga ega klublar: “Real” yetakchi, “Barselona” ikkinchi pog‘onada

    Sport | 12 iyun, 15:45

    UzAuto Motors’ga yangi direktor tayinlandi

    O‘zbekiston | 12 iyun, 15:40

    “Quloqchin orqali gapirar edi”: Bryus Uillisning og‘ir kasalligi suratga olish vaqtida qanday yashirilgani oshkor bo‘ldi

    Kino | 12 iyun, 15:35

    Rossiya ichki ishlar vaziri “foydasiz” migrantlarni chiqarib yuborishga chaqirdi

    Dunyo | 12 iyun, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.