• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    A Seriyada to‘xtash nimaligini bilmayotgan “Inter” finallarda toblangan “Yuventus”ga qarshi. Milanda o‘tadigan Italiya Superkubogi haqida

    Italiya Superkubogi doirasida “Inter” va “Yuventus” jamoalari 12-yanvar, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keladi. Mavsumdagi ilk sovrinni qo‘lga kiritishda jamoalarning imkoniyati qanday?

    “Inter” 2020/21-yilgi mavsumda Antonio Konte qo‘l ostida A Seriyada chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Turinning “Yuventus” klubi Italiya Kubogi bosh sovrinini o‘ziniki qildi. Italiya Superkubogi hisob bo‘yicha 34-bor o‘tkazilmoqda, “Inter” unda besh marta, “Yuventus”esa 9 marta g‘alaba qozongan.

    Italiya Superkubogi

    12/13-yanvar, Italiya, Milan

    “Inter” — “Yuventus” | 01:00

    Foto: Getty Images

    “Inter”

    “Inter” “Juzeppe Meatssa” stadionida Italiya Superkubogini besh urinishdan to‘rttasida qo‘lga kiritgan

    Milanning “Inter” jamoasi Italiya Superkubogida besh marta g‘olib bo‘lgan va bu sovrinlarning to‘rttasi “Juzeppe Meatssa”da qo‘lga kiritilgan. “Nerazzurilar” ishtirokidagi eng birinchi o‘yin 1989-yilda “Sampdoriya”ga qarshi bo‘lib o‘tgan va unda milanliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Undan so‘ng uydagi Superkubok finallarida “Inter”ga faqat “Roma” raqiblik qilgan. “Bo‘rilar” har safar sovrinni qo‘lga kiritishga yaqin kelardi, ammo faqat bir marta ushbu vazifani uddalash nasib etgan: 2007-yilda rimliklar 90-daqiqada Daniele de Rossi tomonidan penaltidan urilgan gol evaziga g‘olib bo‘lgan. Undan bir yil avval “Inter” qo‘shimcha bo‘limlarda “Roma”ni 4:3 hisobida mag‘lub etgandi. 2008-yilgi Superkubokda esa jamoalar penaltilar seriyasiga qadar yetib borgan, unda “nerazzurilar” g‘alaba qozongan. 2010-yilgi Superkubokda esa milanliklar “Roma”ni 3:1 hisobida taslim etgan.

    “Inter”ning har bir futbolchisidan xavf kutish mumkin

    “Inter” Antonio Konte davri bilan solishtirganda hozirgi kunda hujumkorroq o‘yin namoyish etyapti, Inzagi qanot himoyachilariga ham to‘p bilan oldinga chiqishga imkon beryapti. Ayniqsa bu gap “Latsio”ga qarshi o‘yinda (2:1) o‘z hisobiga gol va golli uzatma yozdirib qo‘ygan Alessandro Bastoniga tegishli. Italiyalik yosh futbolchi ikki yildan so‘ng gol urishga muvaffaq bo‘ldi va joriy mavsumda “Inter” safida gol urgan 16-futbolchiga aylandi. “Nerazzurilar”ning asosiy yetakchilari Lautaro Martines (11 ta gol) va Edin Jeko (8) hisoblanadi. Umuman olganda milanliklarning istalgan futbolchisidan, albatta Samir Handanovichdan tashqari, darvozaga tahdid kutish mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xoqon Chalxono‘g‘luning diskvalifikatsiyasi tugab, maydonga qaytmoqda

    Simone Inzagi Xoqonni asosan markaziy yarim himoyachi sifatida maydonga tushiradi va u chap qanotga yaqinroq o‘ynaydi. Aynan Chalxono‘g‘lu jamoaning ijodkor futbolchisi va u hujumlarga tezkorlik qo‘shib turadi. “Latsio”ga qarshi bahsda Xoqon yetishmadi, Galyardini esa uning o‘rnini bosa olmadi. Turkiyalik futbolchi hisobida joriy mavsum 6 ta gol va 8 ta golli uzatma mavjud.

    “Yuventus”

    “Yuventus” Federiko Kyezani mavsum so‘nggiga qadar yo‘qotdi

    “Yuventus”ning “Roma”ga qarshi dramatik uchrashuvi (4:3) nafaqat Kyeza va turinliklar uchun, balki Roberto Manchini uchun ham ko‘ngilsiz tugadi. “Keksa sinyora”ning hujumkor yarim himoyachisi 32-daqiqada jarohat oldi va mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi. Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun Portugaliyaga qarshi o‘yinda Kyezaning xizmatidan foydalana olmaydi. Superkubok bahsida “Yuventus” Kyezaning o‘rniga boshqa bir Federiko — Bernardeskini sinab ko‘radi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Massimiliano Allegri bitta o‘yinga 4-4-2 sxemasiga qaytadimi? 

    “Yuventus” murabbiyi uchun faqatgina Federiko Kyezaning jarohatigina boshog‘riq emas. Diskvalifikatsiya sabab Xuan Kuadrado va Matteys de Ligt ham ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Aaron Remzida koronavirus aniqlangan, Leonardo Bonuchchi esa jarohatda. Aleks Sandro va Danilo allaqachon mashg‘ulotlarga qo‘shilgan, ammo ularning ilk daqiqalardan maydonga tushishi so‘roq ostida. Oxirgi o‘yinlarda Allegri 4-2-3-1 sxemasini qo‘llab ko‘rayotgan edi. Kyezaning jarohati va Kuadradoning yo‘qligi murabbiyga 4-4-2 sxemasini yana bir bor sinab ko‘rishiga sabab bo‘lishi mumkin. “Inter” qanotlardan ko‘proq hujum qiladi, ularni to‘xtatish uchun Makkenni va Rabyoni qurbon qilish ehtimoli bor. Chalxono‘g‘lu va Barellaga erkin zona yaratish imkonini bermaslik uchun Lokatelli va Bentankur yarim himoya markazida harakat qiladi.

    Murabbiylarning o‘yin oldi fikrlari

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Biz tajovuzkorroq va qat’iy o‘yin ko‘rsatishimiz lozim. “Yuventus” bizga muammolar tug‘dirishi mumkinligini bilamiz. Avgust oyida ular chempionlik uchun asosiy da’vogar edi, “Inter” va boshqa jamoalar unga raqobatchi sifatida ko‘rilgandi. Lekin barchasi maydonda hal bo‘ladi. Hozir biz birinchi o‘rindamiz va poyga oxirigacha davom etadi.

    “Yuventus” — raqobatbardosh jamoa, Kyellini va Bonuchchi o‘ynaydi, Federiko Kyezaga esa omad tilayman. Uni shaxsan bilmayman, ammo otasi bilan “Latsio”da birga o‘ynaganman. Federiko esa Italiya futboli davomchisi hisoblanadi.

    Bu final va unda favoritlar yo‘q. “Yuventus” 8 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayapti va “Roma”ga qarshi o‘yinda juda katta ishni bajardi. Ular finallarga o‘rgangan, tarkibida tajribali futbolchilar bor, ammo biz hozir yaxshi davrni boshdan o‘tkazmoqdamiz.

    Simone Inzagi, “Inter” bosh murabbiyi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Uzatmalar sifatini oshirishimiz va xotirjam bo‘lishimiz lozim, himoyadan hujumga o‘tishda shoshqaloqlik qilyapmiz, ammo bunday bo‘lmasligi kerak.

    “Inter” — yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan jamoa, biz har bir epizoddan maksimal foydalanishimiz lozim. O‘yinda g‘alaba qozonishga urinamiz.

    Bitta uchrashuvda har narsa bo‘lishi mumkin, asosan yaxshi o‘ynagan jamoa g‘olib bo‘ladi.

    Massimiliano Allegri, “Yuventus” bosh murabbiyi

    Italiya Superkubogiga oid qiziqarli ma’lumotlar

    • Superkubok to‘purari — Paulo Dibala. “Yuventus” futbolchisi 5 ta o‘yinda 4 ta golga mualliflik qilgan;
    • “Inter” bosh murabbiyi Simone Inzagi “Latsio” bilan birga ikki marta Italiya Superkubogida zafar quchgan (2017, 2019);
    • Superkubokda eng ko‘p ishtirok etgan murabbiylar: Marchello Lippi va Massimiliano Allegri. Ikkala mutaxassis hisobida 6 tadan o‘yin mavjud. Joriy final esa Allegri uchun yettinchisi bo‘ladi.
    “Inter”—“Yuventus” uchrashuvi 12-yanvardan 13-yanvarga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

    Mavzuga doir: Xavi boshchiligida qayta qurilayotgan “Barselona” Karlo otaning yengilmas “Real”iga qarshi. 2022-yildagi ilk “El-Klasiko” haqida

    12.01.2022, 21:40   Izoh (0)   18521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    40 yoshli Ibrahimovich top-5 ligalarda 80 xil jamoaga gol urdi. Faqat Ronaldu bu ko‘rsatkichni qayd eta olgan

    12.01.2022, 20:01

    Xavi boshchiligida qayta qurilayotgan “Barselona” Karlo otaning yengilmas “Real”iga qarshi. 2022-yildagi ilk “El-Klasiko” haqida

    12.01.2022, 15:44

    Karlo Anchelotti “Barselona”ga qarshi uchrashuv oldidan: “Bizga bunday o‘yinlar yoqadi”

    12.01.2022, 13:35

    “Mash’al”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Klub barcha legionerlar bilan xayrlashdi

    12.01.2022, 12:42

    “Bavariya” va Robert Levandovski yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti

    12.01.2022, 12:10

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanesda koronavirus aniqlandi

    12.01.2022, 10:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.