• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Xavi boshchiligida qayta qurilayotgan “Barselona” Karlo otaning yengilmas “Real”iga qarshi. 2022-yildagi ilk “El-Klasiko” haqida

    Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Ispaniya Superkubogining yarim finalida “Barselona” va “Real” 12-yanvar, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib boradi. Quyida mazkur uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    12-yanvardan 16-yanvarga qadar Ispaniya Superkubogining yangicha formati ketma-ket uchinchi marta bo‘lib o‘tadi. Musobaqada “Atletiko” (Ispaniya chempioni), “Barselona” (Ispaniya Kubogi sohibi), “Atletik” (Ispaniya Superkubogi sohibi va Kubok finalchisi) va “Real” (Ispaniya vitse-chempioni) ishtirok etadi. 12 va 13-yanvar kunlari yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar 16-yanvar kuni Ispaniya Superkubogi finalida ishtirok etadi.

    Ispaniya Superkubogi — “Barselona” uchun joriy mavsumda hech bo‘lmaganda bitta sovrin qo‘lga kiritish imkoniyati

    Xavi uchun bu murabbiylik faoliyatidagi ilk “El-Klasiko” bo‘ladi. Mutaxassis Ispaniya Superkubogi joriy mavsumda hech bo‘lmaganda bitta sovrin qo‘lga kiritish uchun imkoniyat ekanligini tushunib turibdi. Ispaniya chempionatida “Real” va “Sevilya”ga yetib olish qiyin (kataloniyaliklar “Real”dan 17, “Sevilya”dan 12 ochko ortda qolmoqda), Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi, Yevropa Ligasida esa “ko‘k-anorranglilar” bilan bemalol kurasha oladigan jamoalar yetarli. Kubok musobaqalari zaxira bo‘lib qolmoqda. Ispaniya Kubogi 1/8 finalida “Barselona” “Atletik” bilan bahs olib boradi va bu uchrashuv ham oson kechmasligi aniq.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2022-yilning boshida “Barselona” uchta qiyin o‘yinda ishtirok etdi. La Liga doirasida “Malyorka” ustidan 1:0 hisobida bazo‘r g‘alaba qozondi. Ispaniya Kubogida esa uchinchi divizion vakili “Linares” qiyinchilik bilan 2:1 hisobida taslim etildi. “Granada”ga qarshi mehmondagi uchrashuvda esa 1:0 hisobini ushlab qololmadi, 89-daqiqada raqiblar muvozanatni tiklab, kataloniyaliklarning 3 ochko olishiga to‘sqinlik qildi.

    Mavsumni a’lo darajada o‘tkazayotgan “Real” 

    Madridliklar Ispaniya Superkubogining asosiy favoriti hisoblanadi. Karlo Anchelotti qo‘l ostida jamoa mavsumni a’lo darajada o‘tkazmoqda. To‘g‘ri, kuchsizroq jamoalarga qarshi o‘yinlarda omadsizliklar bo‘ldi, ammo hozirgi tig‘iz taqvimda istalgan klub ham yuz foizlik natija ko‘rsata olmaydi.  “Real” “Inter”, “Sherif” va “Shaxtyor”ni ortda qoldirib, guruhda birinchi o‘rinni egallagan holda Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqdi. Ispaniya chempionatida ham 49 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ammo 2022-yil “Real” uchun ko‘ngilsiz boshlandi. Madrid jamoasi “Xetafe”ga yutqazib qo‘ydi. Undan so‘ng Ispaniya Kubogida “Alkoyano” taslim etildi. La Liganing so‘nggi turida “Valensiya” yirik hisobda mag‘lub etildi. Uchrashuvda Vinisius Junior va Karim Benzema ikkitadan golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

    “Barselona” va “Real” haqida qiziqarli faktlar

    • Jamoalarning o‘zaro oxirgi 20 o‘yinida tenglik yuzaga kelgan. 8 ta o‘yinda kataloniyaliklar zafar quchgan bo‘lsa, 8 ta o‘yinda madridliklarning qo‘li baland kelgan. Yana 4 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan;
    • “Barselona” barcha musobaqalarda so‘nggi 5 o‘yinining 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 tasida durang natija qayd etgan;
    • “Real” barcha musobaqalarda so‘nggi 5 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va bitta durangga erishgan;
    • Jamoalarning o‘zaro so‘nggi 4 o‘yinida “qirollik klubi” vakillari g‘alaba qozonmoqda.
    Murabbiylarning o‘yin oldi fikrlari

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Bu finalga chiqib, sovrin uchun kurashishga bo‘lgan chaqiriq. Ushbu o‘yin burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin. O‘zimizni ko‘rsatish va himoyada ishonchli o‘ynashga harakat qilamiz.

    “Real” ajoyib formada, musobaqa jadvalidan kelib chiqsak, balki, ular hozir Ispaniyada eng yaxshisidir. Biz esa o‘zimizning kuchli tomonlarimizni ko‘rsatib, kurashishimiz lozim. Ularga muammo tug‘dira olamiz. Oxirigacha kurashamiz.

    Juda ko‘p “Klasikolar”da maydonga tushganman. Ba’zan favorit hisoblanib, g‘alaba qozona olmaganmiz, ba’zan esa teskarisi. “Barselona”da hozir qayta qurilish ishlari ketmoqda, shunday bo‘lsa-da kurashga tayyormiz. Qiyin bo‘lishi tabiiy, axir “Real” La Ligadagi eng ajoyib formada bo‘lib turgan jamoa.

    Xavi, “Barselona” bosh murabbiyi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Biz o‘yinga yaxshi holatda keldik. Superkubokni uyga olib ketishni istaymiz. Bu mavsumdagi ilk sovrin bo‘ladi.

    O‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin. G‘alaba ham, mag‘lubiyat ham. Lekin durang bo‘lmaydi, g‘olib aniqlanishi kerak. Bu mavsumda bizdan ko‘ra ko‘proq muammolarga duch kelgan kuchli raqib bilan qo‘limizdan kelganicha o‘ynashimiz kerak, ammo har ikkala jamoada ham maqsad bitta — finalga chiqish.

    “Klasiko” har doim teng o‘yin bo‘ladi. Raqamlar va La Ligadagi holat muhim emas. Bu Ispaniya Superkubogi yarim finali. Uchrashuv 0:0 hisobida boshlanadi.

    “Barselona”da har doim jamoaga yordam beradigan Pike, Buskets, Xordi Alba kabi faxriy futbolchilardan tashqari, yosh futbolchilar ham ajralib turadi: Gavi va Niko Gonsales. Ularni yorqin kelajak kutmoqda deb o‘ylayman.

    Karlo Anchelotti, “Real” bosh murabbiyi

    “Barselona”—“Real” uchrashuvi 12-yanvardan 13-yanvarga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi. Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin — “Atletiko” — “Atletik” bahsi 13-yanvar sanasiga belgilangan.

    12.01.2022, 15:44   Izoh (0)   23971
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Karlo Anchelotti “Barselona”ga qarshi uchrashuv oldidan: “Bizga bunday o‘yinlar yoqadi”

    12.01.2022, 13:35

    “Mash’al”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Klub barcha legionerlar bilan xayrlashdi

    12.01.2022, 12:42

    “Bavariya” va Robert Levandovski yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti

    12.01.2022, 12:10

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanesda koronavirus aniqlandi

    12.01.2022, 10:47

    Afrika Millatlar Kubogi. Nigeriya qiyinchilik bilan Misrni mag‘lub etdi, Jazoir esa Serra-Leoneni yuta olmadi

    11.01.2022, 23:51

    “PSJ” futbolchilari Maurisio Pochettinoning ish uslubidan qoniqmayapti. “Real”ga qarshi o‘yin oldidan shubhalar ortib bormoqda

    11.01.2022, 20:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.