O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida, shuningdek, poytaxt Toshkent shahrida ham ayni vaqtlarda tumanli ob-havo kuzatilmoqda.
Yo‘llarda ko‘rinuvchanlik qisqarganini inobatga olib, YHXBB haydovchilarni tezlik me’yoriga rioya qilgan holda, oraliq masofani saqlab va o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘gidromet” 9-yanvar kuni Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishini ma’lum qilgandi. 10-yanvarda ham tumanli ob-havo kuzatilishi mumkin.
Izoh (0)