Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

7-yanvar kuni erta tongda kuchli tuman sabab samolyotlar Namangan aeroportiga uchish-qo‘nishni amalga oshira olmadi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports. Shuningdek, tuman Andijon va Navoiy aerportlarini ham qoplagan.

Foto: Uzbekistan Airports

Foto: Uzbekistan Airports

Namangan aeroportidagi kuchli tuman tufayli — ko‘rish masofasi 150 metr atrofida — “Aeroflot” aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan parvoz qilgan AFL602 reysi soat 07:05 da belgilangan aeroportga qo‘na olmay, Toshkentdagi zaxira aerodromga yo‘naltirilgan. Ayni vaqtda aviakompaniya yo‘lovchilarni mehmonxona va yeguliklar bilan ta’minlagan. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 18:40 da Toshkentdan Namanganga uchadi.

Shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent—Namangan—Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha soat 10:35 da uchishi kerak bo‘lgan HY3669/69 reysi ushlanib qolgan.

Kuchli tuman Andijon (ko‘rish masofasi 400 metr) va Navoiy (ko‘rish masofasi 50 metr) aeroportlarida ham kuzatilgan. Bu vaqtda ushbu aeroportlarda jadvalga muvofiq reyslar bo‘lmagan. Hozirga kelib, tuman tarqalgan, aeroportlar reyslarni qabul qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, 24-dekabr kuni Toshkentdan uchadigan samolyot tuman tufayli Andijonga qo‘na olmagan, 29-dekabr kuni esa  Namangan va Andijon aeroportlarida ko‘rish imkoniyati yomonligi sababli samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmagandi. 3-yanvar kuni Urganch va Nukus aeroportlarida ko‘rish imkoniyati yomonligi sababli samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmagan edi. 6-yanvar kuni Toshkentdan uchgan ikkita samolyot tuman sabab belgilangan aeroportlarga qo‘na olmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi