• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘istonda gaz narxining oshirilishiga qarshi namoyishlarda odamlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar kuzatildi. Hukumat internetni blokladi

    Qozog‘istonda politsiya hamda gaz narxining keskin oshganiga qarshi chiqayotgan namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar kuzatildi. Bu kabi noxush holatlar Olmaota, Taraz, Aqtau va boshqa shaharlarda sodir bo‘lgan. Atirauda namoyishchilar o‘z oldilariga chiqqan hokim Mahambet Do‘smuhamedovni qurshab olgan va uning ketishiga to‘sqinlik qilgan. Poytaxt – Nur-Sultonda yuzlab odamlar, xususan “Radio Svoboda”ning qozoq tilidagi versiyasi xodimi, jurnalist Darxan Umirbekov ham hibsga olingan. Olmaotada minglab odamlar ko‘chalarga chiqib norozilik bildirmoqda va u yerda ham hibsda ushlab turilganlar soni ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shaharda Qozog‘iston demokratik partiyasi (rasman ro‘yxatdan o‘tmagan partiya) rahbari Janbo‘lat Mamay ham hibsda ushlanmoqda.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    https://www.instagram.com/p/CYURrVRsBPh/

    Mamlakatda internetning ishlashida uzilishlar kuzatilgan. “Mediazona. Qozog‘iston” bergan axborotga ko‘ra Qozog‘istonda Telegram, WhatsApp hamda Signal yaxshi ishlamayapti. Beeline aloqa operatori rasmiylari mobil internetning uzilishlar bilan ishlayotgani va bunga kompaniyaga aloqasi bo‘lmagan sabablar mavjudligini qayd etgan. Kcell operatori esa mazkur muammolar hukumatning xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan ko‘rgan choralari oqibatida yuzaga kelganini tushuntirgan. Avvalroq ikki qozoq nashri — KazTAG hamda “Orda.kz” — internet bloklangani haqida xabar bergan va mazkur taqiqlarga norozilik namoyishlarining ijtimoiy tarmoqda keng yoritilgani sabab ekanini taxmin qilgandi.

    Qozog‘iston g‘arbidagi norozilik namoyishlari Yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Namoyishlarning boshlanishiga hududdagi asosiy avtomobillar uchun yonilg‘i hisolanuvchi neftdan olinadigan gaz narxining ko‘tarilgani sabab bo‘ldi. Narxlar 1 litr uchun 50-60 tengedan birdaniga 120 tengega ko‘tarildi. Hukumat buni 1-yanvardan boshlab gaz narxini belgilash erkin bozor shartlari asosida amalga oshirilishi va talab hamda taklif munosabatlariga asoslanishi bilan izohladi. Narxlarning oshganiga qarshi namoyish 2-yanvar kuni Janao‘zen shahrida yashaydigan aholi tomonidan o‘tkazildi. Keyinchalik boshqa hududlar va shaharlarda ham mitinglar boshlanib ketdi.

    3-yanvarda hukumat namoyishchilarning avvalgi narxni qaytarish yuzasidan talablarini to‘liq bajarishning imkoni yo‘qligini, bu harakat bozor qonuniyatlariga zidligini bildirdi. Ammo 4-yanvar kuni hukumatning maxsus komissiyasi norozilik namoyishlari boshlangan Mangistay viloyatida siqilgan gaz narxini litr uchun 50 tengega tushirilishi kelishib olinganini ma’lum qildi. Keyinchalik Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham narxlar pasayishi haqida Twitter’da tvit qoldirdi. Aqto‘be ma’muriyati ham narx 50 tengega tushganini bildirdi. Biroq shunga qaramay mamlakatdagi namoyishlar to‘xtagani yo‘q.

    To‘qayev “noxolis shaxslarning da’vatlariga uchmaslikka” chaqirdi. U ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega talablar alohida o‘rganilishi haqida ijtimoiy tarmoqda yozdi. Ammo shunga qaramay namoyishlarda dastlabki kunlarning o‘zida siyosiy shiorlar ham paydo bo‘lib ulgurgandi: norozilik bildirayotgan olomon hukumat iste’fosi va Qozog‘istondagi eng katta siyosatchi, xavfsizlik kengashi rahbari sifatida katta vakolatlarga ega, mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ketishini talab qildi. Namoyishlarning birinchi kunlarida voqealar epimarkaziga aylangan Aqtauda hukumat vakillari namoyishchilar keyinchalik ta’qibga uchramasligini va’da qilgan.

    https://www.instagram.com/p/CYUTJrNoVEF/

    Keyinchalik Qosim-Jo‘mart To‘qayev namoyishchilarga yana bir marta murojaat qildi. Qozog‘iston prezidenti namoyish o‘tkazayotganlardan provakatsiyaga uchmaslikni so‘ragan, miting o‘tkazishning ham o‘z qonun-qoidalari borligini, ayniqsa hissiyotga beriladigan yoshlar qaltis va qonunga zid harakatlar bilan o‘z kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    Aqto‘be va Uralsk shahri aholisi tunda ham markaziy maydonlarda qoldi. Namoyishchilar ma’muriy binolar oldida gulxan yoqib, ovqatlanish uchun o‘ziga xos nuqtalar tayyorlagan. Olmaotada minglab odamlar shahar markazi tomon harakatlandi. Ular orasida Oyan, Qazaqstan (Uyg‘on, Qozog‘iston) kabi mamlakatda siyosiy hayotning demokratlashuvini talab qiluvchi guruhlarning faollari ham bor. Olmaotadagi Respublika maydonida to‘plangan namoyishchilarga qarshi kuchishlatar tizim xodimlar yorug‘lik chiqarib, shovqin soluvchi granatalar qo‘llagan, olomon politsiya mashinalariga hujum qilib, ularni yoqib yuborgan. Sputnik’ning qayd etishicha, shahar hokimiyati binosi qurshab olingan. Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra namoyishchilar bir nafar politsiyachi kaltaklagan. Maydonga mingga yaqin odam to‘plangan. Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaota shahri va Mangistay viloyatida 19-yanvarga qadar favqulodda holat tartibini joriy qildi.

    https://www.instagram.com/p/CYUa-4WFwnn

    05.01.2022, 07:11   Izoh (0)   26045
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Theranos startapi asoschisi Elizabet Xolms investorlarni aldaganlikda aybdor deb topildi. U 20 yilga qamalishi mumkin

    04.01.2022, 19:12

    Kanada sudi Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot yo‘lovchilarning oilalariga 107 mln dollar tovon puli undirish haqida hukm chiqardi

    04.01.2022, 18:26

    “Tolibon” Afg‘onistonda 3,5 mln nafarga yaqin giyohvand borligini ma’lum qildi

    04.01.2022, 17:54

    Turkiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 5-dozasi bilan emlanishga ruxsat berildi

    04.01.2022, 17:10

    Afg‘on-turkman chegarasida “Tolibon” va turkmanistonlik chegarachilar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi

    04.01.2022, 16:09

    Noma’lum erkak Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasini ikki marta kesib o‘tdi: noyabrda u KXDRdan qochib kelgan, yanvarda esa yana ortga qaytgan

    04.01.2022, 15:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.