• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Olmaotadagi aeroport namoyishchilar tomonidan egallab olindi. Qozog‘istonda katta zavod va korxonalar faoliyati ham to‘xtab qoldi

    Olmaotada boshlangan norozilik namoyishi ommaviy tartibsizliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi, olomon shahar hududidagi aeroportni egallab oldi, deya xabar qilgan “Orda.kz”.

    Olmaota aeroporti

    Olmaota aeroporti
    Foto: “Vlast.kz”

    “Ma’lumotlarga ko‘ra aeroport hududida 50 ga yaqin bosqinchilar yuribdi. Ular aeroport xodimlari hududdan ketganidan keyin ichkariga kirgan. Aeroportda yo‘lovchilar yo‘q. Biz tezkorlik bilan ularni xavfsiz joyga evakuatsiya qildik”, – deya ma’lum qilgan aeroport matbuot xizmati.

    Shuningdek, aeroport rasmiylari bosqinchilar hududni egallashidan avval harbiylarning noma’lum yerga g‘oyib bo‘lganini qayd etgan.

    Olmaotadan tashqari Aqtaudagi aeroport ham faoliyatini to‘xtatgan. Avval Olmaotadagi namoyishchilar shahar hokimiyati binosi va prezidentning shahardagi rezidensiyasini egallagan. Ikkala binoda ham yong‘in kuzatilgan.

    Qozog‘istondagi bir qancha zavod, fabrika va korxonalar ham faoliyatini to‘xtatgan, xususan, Qorag‘anda viloyati Balxash shahridagi Metallurgiya zavodi ham yopilgan. Zavod ishchilari namoyishchilarga qo‘shilib ketgan.

    Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari avtomobillar uchun yonilg‘i hisoblanuvchi neftdan olinadigan gaz narxining ko‘tarilgani oqibatida 2-yanvarda boshlandi. Narxlar 1 litr uchun 50-60 tengedan birdaniga 120 tengega ko‘tarildi. Hukumat buni 1-yanvardan boshlab gaz narxini belgilash erkin bozor shartlari asosida amalga oshirilishi va talab hamda taklif munosabatlariga asoslanishi bilan izohladi.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham narxlar pasayishi haqida Twitter’da tvit qoldirdi. Aqto‘be ma’muriyati ham narx 50 tengega tushganini bildirdi. To‘qayev “noxolis shaxslarning da’vatlariga uchmaslikka” chaqirdi. U ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega talablar alohida o‘rganilishi haqida ijtimoiy tarmoqda yozdi.

    Keyinchalik Qosim-Jo‘mart To‘qayev namoyishchilarga yana bir marta murojaat qildi. Qozog‘iston prezidenti namoyish o‘tkazayotganlardan provokatsiyaga uchmaslikni so‘ragan, miting o‘tkazishning ham o‘z qonun-qoidalari borligini, ayniqsa hissiyotga beriladigan yoshlar qaltis va qonunga zid harakatlar bilan o‘z kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Olmaota shahri va Mangistay viloyatida 19-yanvarga qadar favqulodda holat tartibi joriy qilindi.

    Ammo baribir vaziyat keskinlashishda davom etdi va Qozog‘iston prezidenti hukumat iste’fosini qabul qildi. 5-yanvarning ikkinchi yarmida To‘qayev Qozog‘iston xalqiga yana videomurojaat yo‘lladi va Xavfsizlik kengashi raisining vakolatlarini ham qabul qilib olgani, mamlakatdagi namoyishlar ortida moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotgan fitnachilar turganini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklar oqibatida halok bo‘lganlar borligini ma’lum qildi

    Olmaota politsiyasi shaharda 120 dan ortiq avtomobil, jumladan, 33 ta politsiya mashinalari yoqib yuborilgani, 120 ta do‘kon, 180 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 100 ga yaqin idora vayron qilingani haqida xabar bergan. “Xabar 24” telekanali Jamoat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib, Olmaotada 190 kishi shifokorlarga murojaat qilgani, ulardan 40 nafari kasalxonaga yotqizilgani, yana yetti nafar jabrlanuvchi reanimatsiyadaligi, yaralanganlar orasida 137 nafar politsiya xodimi va 53 nafar tinch aholi vakillari borligi haqida xabar bergan.

    05.01.2022, 23:11   Izoh (0)   42036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklar oqibatida halok bo‘lganlar borligini ma’lum qildi

    05.01.2022, 22:12

    Xitoyda dasturlarning xavfsizlik va sotsialistik qadriyatlar qoidalariga mosligi tekshiriladi

    05.01.2022, 21:11

    Afrikalik onalar, diniy fundamentalizm va meros qolgan qashshoqlik: Parij gettosi bo‘yicha yo‘riqnoma

    05.01.2022, 20:44

    Afg‘onistonning eng keksa fuqarosi 144 yoshida vafot etdi

    05.01.2022, 19:59

    Pentagon Yevropadagi harbiylarining sonini oshirishni rejalashtirmayapti

    05.01.2022, 19:28

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev: “Qozog‘istondagi namoyishlar ortida moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotgan fitnachilar turibdi”

    05.01.2022, 18:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.