Abbosjon Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” xabar qildi.
Qayd etilishicha, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Nodirbek Sayfullayev ushbu lavozimdan ozod qilingan.
Abbosjon Mirzorahimov 1997—2001-yillar Termiz davlat universiteti (bakalavr), 2001—2003-yillar O‘zbekiston Milliy universiteti (magistr), 2006-yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (aspirantura), 2011—2012-yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Tarix fanlari nomzodi.
2016-yilda u O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. Abbosjon Mirzorahimov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishidan avval Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot resurs markazlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Izoh (0)