Daryo

Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

Ushbu lavozimni adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Akbar Toshqulov egalladi

1 daqiqa o‘qish78 032 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hukumatning 10-dekabrdagi qarori bilan Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov iyul oyida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Akbar Toshqulov 1971-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 1-darajali adliya maslahatchisi, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni sohibi.

Mehnat faoliyatini 1994—1995-yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan Akbar Toshqulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar 2017-yil apreldan buyon adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar