• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hammomdan chiqmoqchi bo‘lib turganimizda portlash bo‘ldi, keyin bilsam, ikki sherigim vafot etibdi”. Farg‘onadagi portlashdan jabrlanganlar voqea haqida

    Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 2021-yilning 31-dekabr kuni hammomdagi gaz portlashi oqibatida uch kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. “Daryo” muxbiri ushbu hodisaga guvoh bo‘lgan fuqarolar va mas’ullar bilan suhbatlashib, voqea joyidan reportaj tayyorladi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, portlash sodir bo‘lgan Uchko‘prik tumanining “Navro‘z” MFY Qorayantoq qishlog‘idagi binoda umumiy foydalanishdagi hammom, oshxona hamda choyxona faoliyat ko‘rsatgan. Bino tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan va “Hududiy gaz ta’minoti” korxonasining Buvayda tumani filiali tomonidan gaz bilan ta’minlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 31-dekabr kuni, taxminan, soat 17:00 da hammomda gaz-havo aralashmasi chaqnashi yuz berib, binoning tom qismi qulab tushgan. Hodisa oqibatida uch kishi voqea joyida halok bo‘lgan, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “2021-yilning 31-dekabr kuni soat 17:00 larda Uchko‘prik tumani Qorayantoq qishlog‘ida joylashgan hammomda gaz-havo aralashmasi chaqnashi yuzaga kelgan. Chaqnash oqibatida hammomning tom qismi qulab tushgan. Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan jalb etilib, tongga qadar qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hodisa oqibatida uch nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to‘rt kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Hozirda favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, prokuratura va boshqa tegishli xizmatlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deydi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ahliddin Alijonov.

    Foto: “Daryo”

    Portlash oqibatida binoning tomi va devorlari qulaganini, eshik va romlari ko‘chib tushganini, oynalari butunlay singanini ko‘rish mumkin. Shu mahallada yashovchi Iminjon Razzoqovning aytishicha, u portlash ovozini eshitgan va hammom tomondan tutun chiqayotganini ko‘rib, hodisa joyiga birinchilardan bo‘lib yetib kelgan. Yordam so‘rab baqirayotgan bir kishini qutqargan va bino ichkarisiga yo‘l ochish uchun maxsus texnikalarni olib kelishga ko‘maklashgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hodisa, adashmasam, soat 16:00 lar atrofida sodir bo‘ldi. Uyimizda mehmonlar bor edi. Ularga ovqat tashkillashtirib, hovlida turgandim. Birdaniga kuchli ovoz eshitildi va hammom tomonda tutun ko‘rindi. Shunda bu yerga qarab yugurib keldim. Hammomning orqa tarafida bir yigit yordam so‘rayotganini ko‘rib, uni qutqarishga harakat qildim. Hammomning tomi tushib ketgan ekan, qulagan plitalarni qo‘l bilan olish va bino ichkarisiga yo‘l ochishning iloji bo‘lmadi. Shuning uchun men kran chaqirgani ketdim. Qaytib kelib, bir kishi halok bo‘lganini ko‘rdim”, — deydi Iminjon Razzoqov.

    Foto: “Daryo”

    Samsung maxsus texnikasi haydovchisi Bekzod Qodirovning ma’lum qilishicha, u tungi soat ikki yarimgacha bino ichkarisiga yo‘l ochish va qidiruv-qutqaruv ishlarida favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlariga yordam bergan.

    “Qo‘shni qishloqda yashayman, Samsung maxsus texnikam bor. Hammomda shunaqa ish bo‘ldi, deb yordamga chaqirishdi. 17:30—18:00 larda keldim. Binoning orqa tomoni qulab tushgan, hamma narsa sochilib, maydalanib ketgan ekan. Kechasi soat ikki yarimgacha katta kranga ichkariga kirishi uchun yo‘l ochib berdik”, — deydi Bekzod Qodirov.

    Foto: “Daryo”

    Portlash vaqtida bino ichkarisida bo‘lgan, tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan bemorlar bilan suhbatlashish uchun Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasiga bordik.

    Bahodir Ergashev.

    Bahodir Ergashev.
    Foto: “Daryo”

    “Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga 31-dekabr kuni Qorayantoq qishlog‘ida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlangan ikki nafar fuqaro murojaat qildi. Ularga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatib, bo‘limga joylashtirdik. Hozirda bemorlar — Shukrullo O‘sarov va Murodjon Abdulhamidovning holati yaxshi, ularda jiddiy tan jarohatlari yo‘q. Qo‘l va yuz sohalarida tilingan va lat yegan joylari bor, shifokorlar nazoratida belgilangan tibbiy muolajalarni olishyapti. Ikki-uch kunda uylariga ketishga ruxsat beriladi”, — deydi Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi travmatolog-shifokori Bahodir Ergashev.

    Portlash oqibatida jarohatlangan Murodjon Abdulhamidovning aytishicha, u 31-dekabr kuni 15:30 da uch nafar tanishi bilan hammomga borgan. Ikki sherigi hodisa joyida vafot etgan, o‘zi esa yengil tan jarohati olgan.

    Murodjon Abdulhamidov.

    Murodjon Abdulhamidov.
    Foto: “Daryo”

    “O‘sha kuni 15:30 larda o‘rtoqlarim bilan hammomga cho‘milishga borgandik. Cho‘milib bo‘lib, chiqmoqchi bo‘lib turganimizda portlash yuz berdi. Hushimdan ketib, yiqilib tushdim. O‘sha yerda 5-10 daqiqa yotdim. O‘zimga kelib, o‘rnimdan turib, tashqariga yugurib chiqdim. Boshida nima bo‘lganini tushunmadim. Tezda odamlar to‘plandi. Men shifoxonaga keldim. Keyin bilsam, men bilan birga hammomga borgan ikki sherigim vafot etibdi. Xudoga shukur, hozir ancha yaxshiman. Qolgan o‘rtoqlarim ham yaxshi ekan. Bir-ikki kunda tuzalib, chiqib ketamiz”, — deydi Murodjon Abdulhamidov.

    Shukrullo O‘sarov ham hodisa yuz bergan vaqtda hammom ichida bo‘lgan.

    Shukrullo O‘sarov.

    Shukrullo O‘sarov.
    Foto: “Daryo”

    “31-dekabr kuni soat 15:30—16:00 lar atrofida cho‘milgani hammomga bordim. U yerga kirdim, 10 daqiqacha cho‘mildim. Cho‘milib bo‘lib, tashqariga chiqib, kiyinayotgan paytimda orqadan bir narsa gumburladi. O‘shanda yiqildim. Turib qaraganimda portlash bo‘lganini bildim. Keyin tashqariga yugurib chiqdim. Tashqariga chiqib qo‘limdan qon ketayotganini ko‘rdim. Birinchi yordamni ko‘rsatib, qo‘limni bilak qismidan bog‘lab, qonni to‘xtatishga harakat qildim. Keyin o‘zimning mashinamda shifoxonaga keldim. Hammomning men kirgan xonasida yana uch kishi bor edi”, — deydi Shukrullo O‘sarov.

    Tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlarining ma’lum qilishicha, hozirda tan jarohati olgan uch nafar bemorning holati yaxshi, bir kishining holati esa o‘rta og‘ir darajada, ayni paytda u jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

    Mavzuga doir: 

    • “Qonga belangan bir ayol va erkak baqirib yordam so‘rardi”. Denovdagi dahshatli portlash joyidan reportaj
    • “Gaz hidi chiqsa, sezardik”. Denovdagi kuchli portlash jabrlanuvchilari bilan suhbat
    • Denovdagi portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi

    03.01.2022, 15:26   Izoh (0)   184305
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    FVV Chimyonda qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi

    03.01.2022, 15:10

    Qashqadaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

    03.01.2022, 14:55

    O‘zbekistonda 2022-yilda 14 ta faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi

    03.01.2022, 14:24

    “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    03.01.2022, 14:09

    Jizzaxda 2 mlrd so‘mdan ortiq qarzini qaytarmagan korxona rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    03.01.2022, 13:23

    O‘zbekistonda fuqaroni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibi bekor qilinadi

    03.01.2022, 13:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.