Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda 3-yanvar soat 08:00 dan 4-yanvar soat 08:00 gacha qor ko‘chishi xavfini mavjudligini e’lon qildi.
Vazirlik fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘ragan.
Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 3—4-yanvar kunlari respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)