Daryo

Toshkent arxitektura-qurilish institutiga yangi rektor tayinlandi

Institutning avvalgi rektori Ravshan Hakimov mazkur lavozimda 2016-yildan buyon faoliyat yuritayotgan edi

1 daqiqa o‘qish57 272 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent arxitektura-qurilish instituti

Vazirlar Mahkamasining 21-avgustdagi qarori bilan Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar bermoqda.

Foto: Toshkent arxitektura-qurilish instituti

“Gazeta.uz”ning ma’lum qilishicha, u bundan oldin Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritgan. Erjan Kaxya 1980—1984-yillarda Istanbul texnika universitetining bakalavriatini, 1988-yilda Nyu-Yorkdagi Politexnika universitetida magistraturani bitirgan.

Institutning avvalgi rektori Ravshan Hakimov mazkur lavozimda 2016-yildan buyon faoliyat yuritayotgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar