Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi, 3—4-yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq atrofida va me’yorga yaqin bo‘ladi.
3—4-yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.
Izoh (0)