• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chernyayevka”ning qiltanog‘i kam, buxanka bilan yeyiladigan qаrsildoq baliqlari haqida reportaj

    Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2021-yil 27-noyabr kuni chop etilgan va e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda
    O‘zbekistonda baliq mavsumi davom etmoqda. Avvalroq butunligicha pishiriladigan Yallama baliqlari haqida maqola tayyorlagandik. An’anani davom ettirgan holda bu safar aholi orasida “Chernyayevka” nomi bilan mashhur bo‘lgan hudud yemakxonalarining qarsildoq baliqlari haqida reportaj tayyorladik.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Toshkent shahri va Toshkent viloyatini bog‘lovchi “Uch qahramon” postidan 10 kilometr yurilganda, “G‘ishtko‘prik” (sobiq “Chernyayevka”) chegara punkti yaqinidagi “Sirg‘ali” mahallasiga kelasiz. Ushbu mahalla hududiy jihatdan Toshkent viloyatining Toshkent tumaniga qaraydi.

    Bu yerlar Qozog‘iston bilan chegarada joylashgani bois vaqt oralig‘i o‘zgarib qoladi. (iPhone rusumli telefonlarda vaqt bir soat oldinga surilib, Qozog‘iston vaqti bilan ko‘rsata boshlaydi.)

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Mahallaga kirishingiz bilanoq bir nechta xonadonlar oldida baliq rasmi tushirilgan peshtaxtalarga ko‘zingiz tushadi. Bu yerda baliq pishirib sotuvchi xonadon egalari uyining yarmidan ko‘pini yemakxonaga aylantirgan. Yallamadagi yemakxonalardan farqli o‘laroq, ushbu mahallada ko‘cha boshida turib, mijoz chaqiruvchi ayollarga duch kelmaysiz. Ko‘chaga ilingan peshtaxtalarga qarab baliq pishiruvchi xonadonni o‘zingiz tanlab kiraverasiz. Biz ham hamkasblarimiz bilan ko‘chasida ko‘proq mashinalar “to‘planib” turgan uylardan biriga kirdik.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Xonadon ikki qavatdan iborat bo‘lib, xonalar, so‘rilar va tashqarida stol-stullar xo‘randalar kelishiga taxt qilib qo‘yilgan. Hovlidagi joylar sovuqdan himoyalash uchun sellofan bilan to‘silgan. Mijozlar xohishiga qarab, istagan joyni egallashi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Hamkasblarimiz bilan uyning ikkinchi qavatidagi xonaga joylashdik. Xonaga kirib joylashganimizda soat 14:00 dan o‘tgandi. Reportaj qilayotgan baliqlarimiz haqida, avvalo, o‘zimizda yaxshiroq taassurot bo‘lishi uchun jamoamiz bilan baliq buyurtma qildik. Ikkita baliq besh kishiga bemalol yetdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Baliq tanovulidan so‘ng yemakxona rahbari Rahima opani suhbatga tortdik. U intervyu berishdan oldin baliq pishirish sirini aytmolmasligini va oshxonani suratga olishga oshpazlari ruxsat bermasligini aytdi. Oshpazlar “Daryo” fotografini o‘z oshxonasiga kiritib, baliq pishirish jarayonini suratga olinishiga rozi bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Rahima opa yemakxonaning ochilish tarixini so‘zlab berdi:

    Besh yil oldin ovsinim Sapura opa bilan birgalikda ish boshlaganmiz. Boshida 4—5 ta baliq pishirardik. Hozir esa sotadigan baliqlarimiz soni 300 tadan oshgan.

    Ishni boshlagan vaqtimizda baliqlarni o‘zimiz pishirardik. Qo‘l ostimda uch kishi ishlardi, hozir esa sakkiz kishini ish bilan ta’minlaganman. Hammasi qo‘ni-qo‘shnilar, begona odam yo‘q.

    Tadbirkor Rahima opa

    Tadbirkor Rahima opa
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Rahima opa qanday baliq pishirishi va uning narxi haqida ham to‘xtaldi:

    Faqat sazan balig‘ini dasturxonga tortamiz. Asosan bo‘laklarga bo‘lib pishiramiz. Agar mijozlar so‘rasa, butunligicha ham tayyorlab berishimiz mumkin.

    Baliqlarning donasi 70 ming so‘mdan sotiladi. Bitta baliqning o‘rtacha og‘irligi 1—1,2 kilogramm atrofida bo‘ladi. Mijozlarning so‘roviga qarab, sousli baliq ham tayyorlab beriladi. Faqat narxi 10 ming so‘mga qimmatroq bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Mijoz kam paytlari baliqlar o‘rtacha 20 minutda tayyor bo‘ladi. Kechga yaqin bu muddat 40 minutga ham cho‘zilishi mumkin. Tig‘iz paytlari mijozlarni ko‘p kuttirib qo‘ymaslik uchun baliqlarni oldindan kesib tayyorlab qo‘yishadi.

    Rahima opaning aytishicha, mijozlar asosan shanba, yakshanba va oylik beriladigan kunlari keladi. Aksariyat xo‘randalar soat 17:00 dan so‘ng kelgani bois kechki mahal keladigan mijozlar xonalarni oldindan band qilib qo‘yadi.

    Sapura opa o‘zining sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmagani uchun uch yil oldin kassa va ish boshqaruvchilikni kelini Nodiraga topshirgan. Kelinining bizga aytishicha, uning asl ismi Jadira, ammo o‘zbeklar uni Nodira deb chaqiradi.

    Yemakxona ish boshqaruvchisi Jadira (Nodira).

    Yemakxona ish boshqaruvchisi Jadira (Nodira).
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Tadbirkor ayoldan daromadi haqida so‘raganimizda topgan puli uyni ta’mirlashga ketishi, hali bundan orttirib mashina ham ololmagani haqida gapirdi.

    Maydan avgustgacha ishlamaymiz. Uch oy davomida uylarni ta’mirlatamiz. Yildan yilga yangilik kirgizyapmiz. Daromadga kelsak, barakasini bersin. Kelgan odam uy-joyga qaraydi deyishganidek, topganimizni uyni yaxshilashga, joylarimizni kengaytirishga sarflayapmiz. Masalan, ikki yil oldin xonadonning ikkinchi qavatini qurdik. U yerda mijozlar uchun oltita xona bor. Shuningdek kameralar ham o‘rnatdik, chunki yeb, indamay chiqib ketib qoladiganlar ham bo‘lyapti. Endi yemakxonaga har xil odamlar keladi. Ichvolib o‘zini bosolmaydiganlar ham bo‘lgan.

    Boshida sigaret chekishiga ham qarshi bo‘lganman. Ammo busiz ish bo‘lmas ekan. O‘zim spirtli ichimliklar sotmayman, lekin o‘zlari ko‘chadan olib kelishiga qarshilik qilmayman. Chunki erkaklar juda ko‘p keladi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Sirg‘ali” mahallasida yana to‘rtta yemakxona bor ekan. Barchasi birin-ketin joylashgan. Biz Rahima opadan qo‘shnilari bilan raqobati va munosabatlari haqida so‘radik.

    “Barchamiz bir xil uslubda baliq tayyorlaymiz. Chunki boshida o‘zim kirib qanday pishirishni ko‘rsatib berganman. Qo‘shnilarim bilan aloqamiz yaxshi. Baliqlar yetmay qolsa bir-birimizdan olib turamiz. Hech qanday kelishmovchilik yo‘q.

    Bu yil katta kuyovim bilan yana qo‘shimcha joylar ochmoqchi edik. Ammo koronavirusdan keyin mazam bo‘lmay qoldi. Sog‘lig‘imni tiklab olib, nasib qilsa, keyingi yil ochishni rejalashtiryapman”, — deya Rahima opa so‘zini yakunladi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Rahima opa bilan intervyumizni tugatib, xo‘randalarning baliqlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

    O‘zini Shahnoza deb tanishtirgan ayol Shayxontohur tumanidan bu yerga 4—5 yildan buyon oilaviy kelishi, ularga baliqlarning mazasi yoqishi, narxi esa shahardagi joylardan arzonligini aytdi.

    “Chernyayevka”ga baliq yeyish uchun ilk bor kelgan Gulira’no ismli qiz “Baliq sizga yoqdimi?” deb bergan savolimizga quyidagicha javob berdi:
    Baliqni menga yoqqan tomoni uni KFC uslubida pishirilgani bo‘ldi. Baliqni sanchqi bilan yeyishning imkoni yo‘q, qo‘lda bemalol yeyish uchun esa alohida xonalar tashkil qilingan ekan. Ammo taklif sifatida bir narsa aytib o‘tmoqchi edim. Men hamisha bormoqchi bo‘lgan kafe yoki ovqatlanadigan joyni avval internetdan qarab, izohlarini o‘qiyman. Umuman iste’molchi sifatida ko‘pchilik har bir tanlovidan oldin shunday qiladi. Shundan kelib chiqib bunday tamaddixonalarning ham ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Chunki avval bu yerga kelmagan odam qanday borish, qulayliklari haqida birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlardan ma’lumot olmoqchi bo‘lishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Bizning keyingi manzilimiz suhbatdoshimiz Gulira’no xohlagandek Instagram’da sahifasi bor “Baliq №1” nomli yemakxona bo‘ldi. Darvoza oldidagi peshtaxtada mazkur joyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari manzili ham yozib qo‘yilgandi.

    O‘zini yemakxonaning ish boshqaruvchisi deb tanishtirgan Fahriddan Saidaliyev bizga nima uchun baliq pishirish biznesiga qo‘l urgani haqida batafsil so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Bizning mahalla baliqlari bilan tanilgan. Talab juda kuchli. Barcha mijozlarni qabul qilishga qo‘shnilarimizning imkoniyati yetmagani uchun akam bilan birgalikda biz ham o‘z  ishimizni boshladik. Dastlab, hovlimizning yarmiga mehmonlar o‘tiradigan sakkizta xona qurdik. Boshlanishiga 30 ming dollar ketdi. Dekabrda bu yerni ochganimizga bir yil bo‘ladi.

    Ishimizni boshlaganimizga hali ko‘p bo‘lmasa-da, mijozlarimiz oqimi yomon emas. Kechga borib barcha xonalarimiz to‘ladi. Joyimiz tinchligi uchun ayollar ko‘proq keladi.

    Xonalarda Wi-Fi bor, namoz o‘qish uchun sharoit yaratilgan. Mijozlarning ichkilik ichishiga yoki sigaret chekishiga yo‘l qo‘ymaymiz, chunki hidi xonada “o‘tirib” qoladi.

    Aka-uka Saidaliyevlar ochgan yemakxona

    Aka-uka Saidaliyevlar ochgan yemakxona
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Yuqorida aytganimizdek, mazkur yemakxonaning boshqalardan farqli jihati ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga ega ekani. Yemakxonaning Instagram’da 10 mingdan ortiq obunachisi bor. Mijozlarning asosiy qismi ham Instagram orqali ko‘rib keladi yoki buyurtma qiladi. Bitta baliqning narxi 70 ming bo‘lsa, obunachilar uchun esa 65 ming so‘mdan hisoblanadi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Tadbirkorning akasi Kamoliddin Saidaliyevdan “Baliq pishirish sirlarini aytasizmi?” deb so‘radik. U “Istasangiz pishirib, ko‘rsatib beraman” deb bizni oshxona tomon boshladi.

    Gazimiz bor, ammo biz baliqni o‘tinda, baland olovda pishiramiz. Bo‘lmasa baliq bo‘kib qoladi. Faqat paxta yog‘ida qovuramiz, chunki pista yog‘ida baliq qizarmaydi.

    30 litr yog‘ qizdirilsa, 70­–80 ta baliq pishirgandan keyin yangilanadi. Chunki yog‘ning sifati tushgani sari baliqning ham qisr-qisiri yo‘qolib boradi. Istasangiz ham, istamasangiz ham almashtirishga majbursiz. Ishlatilgan yog‘ni sigiri borlar olib ketadi.

    Biz pishiradigan baliqlarning og‘irligi 1,2–1,3 kilogramm. Ularni asosan maydalab pishiramiz. Agar butunligicha qozonga tashlansa, ichi pishmay qolishi mumkin. Butun pishirish uchun baliqning og‘irligi 600—700 gramm bo‘lishi kerak.

    Uning aytishicha, baliqlar mayda bo‘laklarga ajratilgandan so‘ng, o‘zining maxsus tuzi sepiladi. Boshqa ovqatlarga solinadigan tuzlar yopishib qolishi tufayli sochilib sepiladigan baliq tuzidan foydalanishar ekan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Baliq qisr-qisr chiqishi uchun uning bo‘laklari un va suv aralashgan atalaga botiriladi. So‘ngra qizigan qozonga tashlanadi. Odatda baliqlar besh daqiqada pishadi.

    Baliq pishguncha Kamoliddin Saidaliyev aslida kasbi boshqaligini, bu ishni boshlagunga qadar umuman ovqat tayyorlamaganini aytdi.

    Yozda Qozog‘istonga o‘tib, mashina tuzatish bilan shug‘ullanaman. Baliq mavsumi boshlanganda yana uyga ishimga qaytaman. Boshida pulini berib, boshqa odamga pishirtirardik. Ustida turib o‘rganib, o‘zim pishirishni boshladim. Avval hatto tuxum ham pishirmagandim. Ammo sharoit taqozosi bilan o‘rgandim. Chunki tushgan daromad ham o‘zimizga qoladi. Odamlar katta daromad qiladi deb o‘ylashi mumkin, ammo tushgan pul xarajatlardan, oiladan ortmaydi.
    Uning aytishicha, oilaning barcha a’zolari yemakxona ishiga jalb qilingan. Kimdir idish tovoqlarni yuvadi, kimdir xonalarni tozalaydi. Shu mahallada yashovchi bir necha bola mehmonlarga xizmat ko‘rsatadi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Oshxona burchagida bir-bir ovoz chiqarib turgan moslama e’tiborimizni tortdi. Moslama ekranida turli raqamlar chiqib turardi. Kamoliddin aka bizga buning nima ekanini tushuntirib berdi:

    Har bir xonada maxsus tugma o‘rnatilgan. Agar mijozga nimadir kerak bo‘lsa, ovozini ko‘tarib xizmatchilarni chaqirib o‘tirmaydi. Tugmani bosadi, bo‘ldi. Chaqiruv tugmasi bosilgan xona raqami ofitsiantning soatiga ham, oshxonaga ham ko‘rinib turadi. Bu qurilmani Qozog‘istondan olib kelganmiz.
    Aka-uka tadbirkorlar suhbat yakunida keyingi yildan ishlarini kengaytirib, yangi joylar qurmoqchi ekanini aytdi. Biz ularning ishlariga omad tilab xayrlashdik.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Mahalladagi navbatdagi yemakxonaga kirganimizda xonadon sohibasi “mijozi ham, daromadi ham ko‘pligi”ni aytib, intervyularga hushi yo‘qligini bildirdi. Vaqt kech bo‘lib qolgani uchun ortga qaytishga qaror qildik.

    Yo‘lda hamkasbim Muqaddas “Chernyayevka” baliqlarining yoqqan va yoqmagan jihatlari haqida fikr bildirdi.

    Baliqning ko‘rinishi ishtahani ochadi. Ustidagi qarsildoq qoplama eng yoqimlisi bo‘ldi. U namiqib, yumshab qolmagan. Tami ham mazali. Ichida qiltanoqlari kam, sezilarli va yirikligi ishtaha bilan yeyayotgan xo‘randaga xalaqit bermaydi. Sousining tami og‘zimda qoldi. Ayniqsa uni buxanka nonga botirib yeyish... Biroq birgina yoqimsiz jihati — biz yegan baliq yog‘li ekani bo‘ldi.

    Xonalarga kelsak, o‘tirgan joyingiz tartibli, ozoda bo‘lmasa, qorin och bo‘lsa-da, ishtaha yo‘qoladi. Oldimga ovqat qo‘yilganida, birinchi bo‘lib idishlarning tozaligiga e’tibor qarataman. Bu joyda barcha yeguliklar solingan idish toza edi. Xonadonga kirishingiz bilan baliq hidi ufurib tursa-da, ishchi xodimlarning xo‘randalar ketishi bilanoq, xonalarni yig‘ib, tartibga keltirishi odamni xursand qildi.

    Baliq taassurotlari bilan manzilimizga yetib bordik. Ammo bir narsani aytib o‘tishimiz kerak, biz iste’mol qilgan baliqlar yog‘li bo‘lgani uchun ayrim hamkasblarimizning qon bosimi ko‘tarildi. Ko‘k limon choy bilan qon bosimini me’yorga keltirdik.

    Foto: Instagram

    So‘zimiz yakunida baliqning inson organizmi uchun foydali bo‘lgan jihatlarini sanab o‘tmoqchimiz.

    Xususan, baliq tarkibidagi Omega-3 yog‘ kislotalari surunkali yurak kasalliklaridan himoya qiladi. Ko‘rish qobiliyati va ko‘zning umumiy salomatligini yaxshilaydi. Xolesterin darajasini pasaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi.

    Ayniqsa, baliq tarkibidagi fosfor asab tizimining ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ishchanlikni oshirib, charchoqni yo‘qotadi. Xullas, turgan bitgani koni foyda bo‘lgan mahsulotni mavsum payti yeb qolishga ulguring!

    Muallif: Xonzodabegim A’zamovaMuharrir: Dilshod Sharipov

    02.01.2022, 15:33   Izoh (0)   50899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gulnora Karimova nevarali bo‘ldi (foto)

    02.01.2022, 15:29

    O‘zbekistonda so‘nggi sutkada koronavirus aniqlanganlar soni 2021-yilning martidan buyon ilk bor 100 kishidan kam bo‘ldi

    02.01.2022, 13:52

    “O‘rtoq kapitan, qo‘limni qo‘yib yubormang”. Sardoba toshqinida halok bo‘lgan, bedarak yo‘qolgan va omon qolgan uch gvardiyachi tarixi

    02.01.2022, 12:30

    O‘zbekistonda 3-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    02.01.2022, 11:50

    O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum qilindi

    02.01.2022, 11:08

    IIV YHXBB boshlig‘i Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bo‘ldi

    02.01.2022, 10:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.